Mustaqil-is pdf
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Changchilar.
Gul o ’rni —gulli novdaning uchki kengaygan qismi bo’lib,
gulning hamma qismlari shu o’rinda joylashgan poyaning bevosita gul o’rni ostida turgan va butun gulni tutib turuvchi qismiga gul band deb ataldi. Gul o ’rniga kosacha birikadi. Kosacha gulqo’rg’onning tashqi doirasini hosil qiluvchi va kosacha barg deb ataluvchi bir nechta yashil bargchalardan iborat. I-gul bandi, 2- gul o'rni, 3- kosacha bargi, 4- toj bargi, 5- changchisi, 6- urug'chisi, 7- gut tag bargchasi, 8- gul о 'qi, 9- barg plastinkasi. Kosachaning ichki tomonida gulning keyingi doirasi joylashadi. U kosachabarglardan bir muncha yirik va har xil rangli tojibarglardan tuzilgan. Tojbarglar to ’plami gultojbarglar deb ataladi. Kosacha barglar va gultoji barglar gulqo’rg’onni tashkil etadi. Gul qurg’on oddiy yoki murakkab bo’lishi murnkin. Agar gul faqat kosachabarglardan yoki tojbarglardan tashkil topgan bo’lsa oddiy gulqurg’on deyiladi. Oddiy gulqurg’on perigonium deb ataladi. Gul kosachabarg va gultojibargdan tashkil topgan bo’lsa murakkab gulqurg’on bo’ladi va periantium deb ataladi. Gul qismlaming gul o’rnida joylanishiga ko’ra siklik (doiraviy), atsiklik (spiralsimon), gemitsiklik (ham doiraviy,ham spiralisimon) bo’ladi. Murakkab gul qo'rg’onli gullar morfologik jihatidan to'g’ri va qiyshiq bo’lishi murnkin. To'g’ri aktinomorf gullar yuzasidan to'g’ri chiziq simmetriya bir necha marta o’tkaziladi, qiyshiq zigom orf gullarda faqat bitta to 'g ’ri chiziq o ’tkazilib, teng ikkiga bo’linadi. Aktinom orf gullarga olma, o ’rik, shaftoli, karam; zigom orf gullarga mavrak, yalpiz, no’xat, mosh misol bo’ladi. Ba’zi gullar yuzasidan to 'g ’ri chiziq o’tkazib bo’lmaydi, bunday gullarga assimetrik gullar deyiladi. M asalan kala, valeriana gullari. Changchilar. Gulning gulqo'rg’ondan keyingi doirasida changchilar, ya’ni otaliklar joylashgan. Otaliklar to ’plami androtsey deb ataladi. Changchilar chang ipi, changdon va changdan iborat bo’ladi. Gulda changchilar soni bir nechtadan, bir necha yuzgacha bo’lishi mumkin. Changchilar birlashgan yoki erkin bo’lishi mumkin. Bir xildagi changchilar bir guruhli changchilar deb ataladi. Ikki guruhli changchilarda esa masalan dukkakdoshlarda 10 ta changchi bo’lib, 9 tasi birlashgan, bittasi erkin bo’ladi. Androtsey (changchi) larning tiplari. A-aloxida (ayir) changchilar. 1-tog' lolasi (Tulipa greigi), 2-labguldoshlar- Labiatae oilasiga mansub yasnotka, ikki bo 'lakli changchilar, 3-karamdoshIar oilasi vakillarining to ’rt bo ’lakli changchilar. B-tutash changchilar. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling