Boshoqda - gullari uzun to ’pgul o ’qida bandsiz birikib turadi.
Zubturumning guli bunga misol bo’ladi.
Shingilda - gullari to'pgul o ’qiga bir xil uzunlikdagi bandi bilan
birlashadi (karam, rediska, ja g ’-jag’).
So’ta- boshoqqa o’xshash lekin uning o ’qi yo’g ’on va seret
bo’ladi, masalan makkajo'xori so’tasi.
Kuchala - shingilga ham o’xshaydi. Lekin asosiy gul o’qining
osilib turishi bilan ulardan farq qiladi (yong’oq, terak, tol,
oqqayin).
Qalqonda- har xil uzunlikdagi gul bandli gullar to ’pgo’l o ’qida
navbat bilan joylashadi. Bu gullaming yuqori qismi bir xil
tekislikni egallaydi. (nok, olma, gilos, olcha).
Soyabonda - to’pgulining asosiy o ’qi qisqargan gulbandlari bir
xil uzunlikda bo’lib, deyarli bir tekislikda turadi. Masalan: piyoz,
olcha.
Boshcha - gulining o’qi juda qisqargan gullari deyarli bandsiz
bo’lib, bir-biriga zich taqalib turadi.(beda, to ’ng’iz taroq,
sebarga)
Savatchada - gulo’mi juda qalinlashgan va kengaygan bo’lib,
likopchani eslatadi, unda bandsiz gullar g’uj joylashib turadi.
Savatchaning atrofi o’rama barglar bilan o’ralgan bo’ladi.
Shuvoq, bo’tako’z, sachratqi, kungaboqar, ermon kabi o’sim
liklam ingto’pguli bunga misol bo’ladi.
Monopodial oddiy
topgullar 1-shingil, 2-
qalqon, 3- boshoq, 4-
soyabon, 5- boshcha,
6- savatcha, 7- so'ta.
Murakkab to’pgullarga: murakkab shingil, murakkab boshoq,
murakkab soyabon va murakkab qalqonlar kiradi.
Murakkab shingil yoki ruvak - asosiy o ’qi uzun bo’lib, unda
ikkinchi, uchinchi tartib gul o ’qlari oddiy shingil hosil qilib
o’mashgan. Masalan sholi, nastarin, tariq.
Do'stlaringiz bilan baham: |