Mustaqil-is pdf
Xaltachali zamburug’lar -Ascomycetes
Download 0.93 Mb. Pdf ko'rish
|
mustaqil-ish3 compressed
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lishayniklar -Lichenes
Xaltachali zamburug’lar -Ascomycetes
Bu sinf zamburug’lari 35 minga yaqin turni o’z ichiga olib, mitseliysining ko’p hujayrali va sporalari maxsus asklarda(xaltachalarda) hosil bo’lishi bilan xarakterlanadi. Eng sodda turlarida xaltacha to’g’ridan-to’g’ri zigotadan hosil bo’ladi. Mitseliyning ikkita xujayrasi bir-biri bilan qo’shilib hosil bo’lgan zigota xaltachaga aylanadi. Shuning uchun xam bu sinfga kiruvchi zambrug’lar xaltachali zambrug’lar deb ataladi. Xaltachali zamburug’laming sporalari yumaloq yoki to’g’nog’ich shaklida bo’lib, xaltachalar ichida 8 tagacha ascosporalar hosil bo’ladi. Bu xaltachalar zamburug’ning meva tana ustida yoki ichida zamburug’ ipchalaming zich chigalidan iboratdir. Askomitsetlaming meva tanasi har xil shaklda va har xil kattalikda bo’ladi. Ba’zi turlarning meva tanasi yassi likopchasimon bo’lib, uning ustida juda ko’p sporali xaltachalar tutash qatlam hosil qilib joylashadi. Bu meva tana apotetsiy deb ataladi. Boshqa vakillaming meva tanasi deyarli yopiq bo’lib, kolbaga uxshaydi. Xaltachalar shu xildagi tananning uzida turadi. Sporalar etilgandan keyin meva tananing yuqorigi tor teshigi orqali otilib chiqadi. Bunday meva tanaperitetsiy deb ataladi. Lishayniklar -Lichenes Lishayniklar simbioz organizm bo’lib, ikki organizmning zamburug’ va suvo’tining birgalashib yashashidan iboratdir. Bunday birga yashash ikkala organizm uchun foydalidir. Suvo’tlar tarkibida xlorofill bo’lgani uchun organik moddalami hosil qiladi va undan zamburug’lar foydalanadi zamburug’lar esa o’z navbatida suvo’tiga suv va unda erigan minera moddlarni etkazib beradi. Lishaynik tanasi tarkibida odatda xaltachali zamburug’, ba’zi tropii lishaynik tarkibida bazidiyali zamburug’lar uchraydi. Suvo’tlardan ese ko’k-yashil yoki yashil suvo’tlar uchraydi. Lishayniklardagi zamburug’lar o’z xolicha jinssiz sporalar va jinsiy hujayralardan tashqari sorediya va izidiya hosil qilib ham ko’payadi. Sorediya juda mayda bo’lib, suvo’ti hujayrasini zamburug’ gifalari bilan o’rab oladi va ular tanadan ajralib shamol yoki yomg’ir orqali tarqaladi va mustaqil tanaga aylanadi. Izidiyalar lishaynik qattanasi ustida do’mboqchalar hosil qiladi va bu dumboqchalar ham ikki xil komponentdan tuzilgan bo’ladi. Tashqi ko’rinish jihatidan lishayniklar po’stloqsimon, bargsimon ve shoxli lishayniklarga bo’linadi. Po’stloqsimon lishayniklarning tallomi substratga: tosh, qoyalarga yopishib turgan yupqagina po’stloqchag£ o’xshaydi. Bargsimon lishayniklar xuddi o’yiqli plastinkaga o’xshab, substratga tallomning pastki qismi bilan birikib turadi. Poyali lishayniklai ko’pincha shoxlangan ip yoki ustunchaga o’xshab, substratga asosi bilar birikib turadi. Lishaynik tanasi sirtdan zamburug’ning zich va o’zgargan gifalaridar hosil bo’lgan po’st bilan o’ralgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling