O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu
Ma’no torayishiga uchragan so ‘zlar
Download 280.25 Kb.
|
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi
1.2Ma’no torayishiga uchragan so ‘zlar
So'zning leksik ma’noga egaligi uni til leksik-semantik sistemasining asosiy birligi ekanligini belgilaydi. Biroq barcha so'zlar ham leksik ma'noni ifodalamaydi. Shu bois, o‘zbek tilshunosligida leksik ma’noga ega va ega bo‘lmagan so‘zlami farqlash. til va nutq hodisalarining nomlarini ajratish maqsadida leksik ma’no ifodalaydigan so'zlarga nisbatan leksema termini qo'llanmoqda. Demak, til leksik-sematik sistemasining asosiy birligi leksik ma noli so‘z yoki leksemadir. Leksik ma'no hamma vaqt muayyan so‘zning semantik tarkibiga kiradi. So'zda grammatik ma'no ham, so‘zlovchining o‘z nutqiga bo'lgan munosabatini bildiruvchi ma'no ham bor. Biroq bularning o‘zi leksik ma’no bo‘lolmaydi. L.eksik ma’noli so‘z gap boMagi vazifasini bajaradi, shuningdek, morfologik kategoriyalar ma’nosi, emotsionalekspressiv va uslubiy ma’no ifodasini beradi. So'zning leksik ma'nosi ancha barqaror bo`lsa-da, uzoq yillar mobavnidama'lum omillarta’siridao'zgaribboradi: l)ekstralingvistik omillar - ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ong, tatakkur rivoji va boshqalar; 2) Lingvistik (lisoniy) omillar - til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Binobarin, so‘z ma’nolarining o’zgarishi xilma-xil va murakkab jarayon hisoblanadi. Jumladan, leksema ma’nosining torayishi, kengayishi va yangi sema kasb etishi uzoq davr mahsulidir. Ma’no torayishi - avval keng hajmdagi voqelikni ifodalovchi ma’noning keyinchaliktordoiradagi voqelikni anglatishgao‘tishidir. Leksik ma’noning torayishida u ifoda etgan referentning ma’lum qismlari differensiya boMib. boshqa bir nom bilan atalib ketadi. Natijada so’zning leksik ma’nosida torayish kechad . Tadqiq etilayotgan obida lug’at tarkibidagi bir qator leksemalarda ma’no torayish hodisasi yuz bergan, ya'ni so’zlarning muayyan semalari iste’moldan chiqqan. Jumladan, alp so‘zi Urxunyenisey yodnomalari, Turfon matnlari, moniy yozuv yodgorliklari hamda Mahmud Koshg‘ariyning “Devon”ida quyidagi ma’nolarda ishlatilgan: 1) “mohir mergan”: A tsar alp ertiyiz... - otishda mohir mergan edingiz; 2) "qahramon, bahodir”: alplar birld itruSma — bahodirlar bilan urushma; 3) “jasur, qo'rqmas, mard": ...Alp qagan erm is- mard hoqon erkan; 4) "jasorat. ju r’at”: Alpin erddmin el tutmis - davlatning qoidasi mardlik va jasorat bilan . “Тафсир”, Mahmud ibn Saroyining “Nahjul farodis”! hamda “Qisasi Rabg;uziy’’ asarlarida terminning faqatgina ikkinchi ma’nosi ko’zga tashianadi: Omar... dr ardi yuraklig ayyar alp ardi ; Meni alp bahatur tesunlar ; Alp yiiraklik kuciirjd kiiwdniir erdi . Tahlillar natijasida shu narsa oydinlashdiki, keyingi davrlarga kelib, leksemaning ikkinchi ma’nosi saqlanib qolgan. Dastlabki hamda hosila ma’nolar esa iste’moldan chiqib ketgan. A rtat- fe’li qadimgi turkiy til obidalari va Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida: 1) “nobud qilmoq”; 2) “vayron qilmoq, yo‘q qilmoq”; 3) “sarf qilmoq, xarjlamoq”; 4) “buzmoq”; 5) “buzib ko‘rsatmoq, noto‘g‘ri talqin qilmoq” (ko‘chma ma’noda); 6) “parchalamoq, yo'ldan ozdirmoq” semalarini ifodalagan. Leksema o‘rganilayotgan manbada o ‘zining birgina, ya’ni “buzmoq” ma’nosida ishlatilgan: Anuj iiciin kim Rasul yar/iqadi: men namaz qilurda bir dev kirdi namazi'Mni artatgal'i... . Bu o‘rinda mazkur so‘z buz- fe’li bilan ma’nodoshlik qatorini yuzaga keltirgan: Oartqa buzar mitj isni qayra liizar tilasa . Ko‘rinib turibdiki, “Qisasi Rabg'uziy” asari tilida fe’lning birgina, ya'ni to'rtinchi ma’nosi uchraydi. denotativ ma’nosi va undan o‘sib chiqqan qolgan semalari ko’zga tashlanmaydi. Binobarin, XIV asrga kelib, artaife’li aw al buz- leksemasi bilan sinonim sifatida qo'llaniigan bo'lsa. so'ngra esa ushbu sobzga o'mini butunlay bo4shatib bergan. Aq sifati ilk bor Urxun-yenisey bitigtoshlarida “kulrang. Bo`z”(ot tusi) ma’nosida ishlatilgan: Aq bisi qulimlamis - kul rang bivasi qulunladi. Mazkur leksik birlik Turfon matnlarida ko`chma ma’noda “vaxshi ta’sir ko'rsatadigan. ko'ngildagidek, ijobiy” semasini anglatgan: Mahmud Koshg'ariyning lug‘atida so4zning dastlabki ma’nosi saqlanib qolgan holda, uning yangi “oq” semasi rivojlanadi: Aq bulut . Tilning lug‘at tarkibidagi so‘zlar nutqning biror uslubiga xoslangan bo‘lishi yoki nutq uslublariga betaraf bo‘lishi mumkin. Shunga ko‘ra lug‘aviy birliklar ikki guruhga bo‘linadi: uslubiy betaraf so‘zlar va uslubiy xoslangan so‘zlar. Uslubiy betaraf so‘zlar nutq uslublarining birortasiga xoslanmay, barcha uslublarda birdek qo‘llanilaveradigan lug‘aviy birliklardan tashkil topadi: havo, suv, daraxt, bir, ikki, hamma, biz, siz, turmoq, yugurmoq kabilar shular jumlasidandir. Nutqning ayrim-ayrim ulublari uchungina xizmat qiladigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar deyiladi. Bunday maxsus so‘zlar dastavval og‘zaki nutqda yoki yozma nutqda qo‘llanishiga ko‘ra ikkiga ajraladi. Masalan, hazar qilmoq, birlashmoq, hunar, o‘rin, arzimagan (kichik) so‘zlari ko‘proq og‘zaki nutqda qo‘llansa, ularning sinonimlari bo‘lgan jirkanmoq, uyushmoq, kasb, makon, juz’iy so‘zlari ko‘proq yozma nutqda qo‘llanadi. Download 280.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling