O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu


Download 280.25 Kb.
bet5/9
Sana29.01.2023
Hajmi280.25 Kb.
#1139245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi

Frazeologiya
Ikki yoki undan ortiq so‘zdan tarkib topgan va yaxlit bir ma’no ifo-dalaydigan til birligi frazeologik ibora deyiladi. Frazeologizmlar yaxlit-ligicha yoki muayyan so‘zning ko‘chma ma’noda qo‘llanishi asosida yuzaga keladi. Masalan, og‘zi qulog‘ida iborasi tarkibidagi so‘zlar bir butun holda ko‘chma ma’noda qo‘llanib, xursand tushunchasini ifodala-gan. Biroq qo‘l ko‘tarmoq birikmasida esa ko‘tarmoq so‘zining ko‘chma ma’noda ishlatilishi iborani vujudga keltirgan. Shu bois ular nutqning erkin sintaktik birliklaridan farqli ravishda, tilning turg‘un birikmalari hisoblanadi. Frazeologik iboralarning so‘zlar singari tilning lug‘aviy bir-liklari qatoridan o‘rin egallaydi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘ladi:
1.Frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq so‘zdan tashkil topgan turg‘un birikmalar bo‘lsa ham, so‘zlar singari, odatda, yaxlit bir tushun-chani ifodalash uchun xizmat qiladi. Bu xususiyat ularni so‘zlar bilan sinonimik munosabatga kirisha olishini ta’minlaydi: Uchiga chiqqan-o‘taketgan, turgan gap-albatta, yeng ichida-xufiya, yashirin kabilar shular jumlasidandir. Shu bois ular so‘zlar singari bitta gap bo‘lagi vazifasini bajaradi: Komissiya hayron bo‘lib qoldi, ammo hech kim meni qaytarishni og‘ziga olmas edi (A.Qahhor).
2. Frazeologizmlarda ham so‘zlar singari ko‘p ma’nolilik mavjud: o‘ziga kelmoq - xushini yo‘qotgach o‘ziga kelmoq, esiga tushmoq, asabiylikdan so‘ng o‘ziga kelmoq; yerga urmoq-qimmatini pasaytirmoq, obro‘sizlantirmoq, biror narsaning qadriga yetmaslik.
3. So‘zlar singari frazeologizmlarning ham shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra quyidagi turlari mavjud: a) omonimlar: boshiga ko‘tarmoq - to‘polon qilmoq, yaxshi ko‘rmoq, e’zozlamoq; b) sinonimlar: fe’li aynimoq - avzoyi buzilmoq, yaxshi ko‘rmoq - ko‘ngil qo‘ymoq, toqati toq bo‘lmoq-sabr kosasi to‘lmoq; v) antonimlar: ko‘kka ko‘tarmoq - yerga urmoq, yuzi yorug‘ - yuzi shuvut, yuragi qinidan chiqmoq - ko‘ngli joyiga tushmoq.
Fraziolgizmlar nutqning ta’sirchan vositalaridan bo‘lib, so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda keng qo‘llaniladi.
Leksikografiya
Leksikografiya (yunoncha lexs-so‘z, grapos-yozaman demakdir) o‘z mohiyatiga ko‘ra lesikologiya bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bo‘limdir. Chunki leksikografiya tilning leksik qatlamiga mansub bo‘lgan so‘zlar, iboralarni lug‘atlarda alfavit tartibida va ba’zan uyadoshlik asosida jamlash, ularni turli tomondan izohlash bilan shug‘ullanadi. Demak, leksikografiyada lug‘at va lug‘at turlari xususida bahs yuritiladi.

Download 280.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling