O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu


Download 280.25 Kb.
bet1/9
Sana29.01.2023
Hajmi280.25 Kb.
#1139245
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TILLAR FAKULTETI OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI TAʼLIM YOʻNALISHI 301 GURUH TALABASI


KURS ISHI
Mavzu: Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi


TOSHKENT-2023
Mavzu:Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi.
Mundarija:
Kirish……………………………………………………………………………….2
I bob Tarixiy so`zlar rivojlanishi

    1. Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar vz tilining rivojalanishi…….4

    2. Ma’no torayishiga uchragan so ‘zlar……………………………………..8

II bob Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi.
2.1 “Kecha va kunduz” asari leksikasining tarixiy-etimologik tahlili (o‘z qatlam)…………………………………………………………………………………18
2.2“Muhokamatul-lug`atayn” asarining o’zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o’rni……………………………………………………………………………25
Xulosa ………………………………………………………………………….27
Foydanilgan adabiyotlar………………………………………………………28

Kirish
O’zbek tili, aytilganidek, dunyo tillari orasida eng qadimgi tillardan biri bo’lib, u turkiy tillar oilasiga mansubdir. Bu oilaga ozarbayjon, turk, turkman, tatar, boshqird, qirg`iz, qoraqalpoq, uyg`ur, qozoq va boshqa turkiy tillar kiradi. O’zbek tili o’zbek xalqining milliy adabiy tili bo’lib, u bir-biridan fonetik, morfologik va leksik xususiyatlari bilan farqlanib turadigan qarluq-chigil-uyg`ur, qipchoq va o’g`uz lahjalari hamda ko’plab katta-kichik shevalardan iborat. O’zbekiston Respublikasining 1989-yil 21-oktyabrdagi «Davlat tili haqida»gi qonuniga muvofiq, o’zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. O’zbek tili, asosan, O’zbekistonda, shuningdek, Afg`oniston, Tojikiston, Qirg`iziston, Qozog`iston, Turkmaniston, Rossiya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Amerika, Germaniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. Aytilganidek, o’zbek tili boshqa turkiy tillar, chunonchi, turk, qirg`iz va qozoq tillari bilan bevosita qardoshdir. Hozirgi davrda mazkur tillarda so’zlashuvchi aholi dunyoning turli hududlarida yashaydi. Masalan, turk tili Turkiya, Iroq, Suriya, Eron, Ruminiya, Bolgariya, Gretsiya, Rossiya, Germaniya, Niderlandiya, Fransiya, Kipr oroli, Makedoniya va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. O’tgan asr oxirlarida turk tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni ellik besh millionga yaqin kishini tashkil etgan.


Mavzuning dolzarbligi: Ma‟lumki, biror xalq tilining tashkil qilishida va shakllanishida shu vakillari tomonidan yaratilgan soʻzlar muhim oʻrin egallaydi. Shuning uchun til lugʻat tarkibini tarixiy-etimologik nuqtayi nazardan tekshirilganda, avvalo tarixan, genetik jihatdan oʻzbek tilining oʻziniki boʻlgan soʻzlar belgilab olinadi. Bunday soʻzlar oʻzbek tilida qadimdan mavjud boʻlgan turkiy soʻzlardir. Bunday soʻzlar oʻzbek tili leksikasining asosiy negizini tashkil etuvchi qadimiy qatlamdir. Soʻngra oʻzbek tili tarixan qaysi tillar bilan aloqada boʻlganligi qarab lugʻat tarkibidan oʻzga, ya‟ni chet tillarning elementlari axtariladi. Shunday ekan biz ushby kurs ishi orqali tarixiy so`zlarni ko`proq tushuinish va ulrning tag ma`nolarini asarlarda qo`llanilish o`rinlarini o`rganishimiz zarur.
Kurs ishidan maqasad: eski turkiy til va eski o’zbek adabiy tilining yodgorliklari tavsiflangan, shu tillarda bitilgan yozma manbalar, chunonchi, «Qutadg`u bilig» (Yusuf Xos Hojib), «Hibatulhaqoyiq» (Ahmad Yugnakiy), «O’g`uznoma», «Gulistoni bit-turkiy» (Sayfi Saroyi), «Muhabbatnoma» (Xorazmiy), “Qisasi Rabg`uziy” (Nosiruddin Rabg`uziy) kabi badiiy asarlar; Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi shoirlarning devonlari; Alisher Navoiyning nasriy va nazmiy asarlari tili va uslubi, ularda leksik va grammatik me’yorlarning belgilanishi, adibning dunyo va o’zbek tilshunosligi taraqqiyotidagi o’rni kabi masalalar; “Devonu lug`otit turk”, “Attuhfatuz zakiyatu fillug`atit turkiya” kabi lug`atlar tahlil qilingan; o’zbek tili tarixiga oid muhim va ahamiyatli yozma yodgorliklarning tili hamda uslubi faktik materiallar asosida ishonarli ochib berilgan; nazarda tutilgan davr o’zbek adabiy tilining leksik, qisman, fonetik hamda grammatik taraqqiyotiga doir ma’lumotlarni umumlashtirish.
Kurs ishi vazifasi : ular quydagilar: Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar vz tilining rivojalanishi,Ma’no torayishiga uchragan so ‘zlar, “Kecha va kunduz” asari leksikasining tarixiy-etimologik tahlili (o‘z qatlam), “Muhokamatul-lug`atayn” asarining o’zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o’rnikabilar orqali o`rgandik.



Download 280.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling