O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu


Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi


Download 280.25 Kb.
bet4/9
Sana29.01.2023
Hajmi280.25 Kb.
#1139245
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi

Og‘zaki nutqning uslubiy chegaralangan leksikasi. Og‘zaki nutq uchun xarakterli bo‘lgan oddiy muomaladagi so‘zlar o‘zining soddaligi, hammaga tushunarli bo‘lishi bilan yozma nutqdagi so‘zlardan ajralib turadi. Og‘zaki nutqda uslubiy bo‘yoqdor so‘zlar ko‘p ishlatiladi, unlarda soddalik, ta’sirchanlik, ba’zan esa erkinlik sezilib turadi. Og‘zaki nutq leksikasiga dialektal so‘zlar, oddiy muomalaga oid: zarar-zaral, zarur-zaril, dasturxon-dastarxon, devor-duvol,uch marta-uch matta, hech nima-hechtima, go‘zal-ketvorgan, ajoyib-quling o‘rgilsin; erkalov so‘zlari: ninicha, asalim, shakarim, girgitton, qoqindiq; dag‘al so‘zlar (varvarizmlar): papulya, mamulya, oke, xarasho, ladno, patom; haqorat so‘zlar (vulgarizmlar) juvonmarg, zantaloq, qizitaloq; jargonlar: mullajiring, xit, xarif kabi so‘zlar kiradi. Og‘zaki nutqqa oid leksika badiiy asarlarda personajlarning nutqida beriladi. Masalan: Nima qilib bu ezmachurukni sudrab yuribsiz, beti qursin! (S.Ahm.) Qizaloqlarim, qo‘llaring nuqul baraka ekan.(O.) Boy qizitaloq ham toza erinmasdan davlat yiqqan ekan. (G‘.G‘.)

Yozma nutqning uslubiy chegarlangan leksikasi kitob, jurnal, gazeta va shuning kabilarda qo‘llanadigan, umuman, yozma asarlar uchun xarakterli bo‘lgan so‘zlarning nisbatan turg‘un, barqaror, uslubiy bo‘yog‘i bo‘lgan yoki bo‘lmagan so‘zlarni taqozo etadi. Jumladan, rasmiy uslubga, poetik leksikaga, xalq dostonlariga, ommabop uslubga oid so‘zlar ma’lum darajada qo‘shimcha bo‘yoqqa ega bo‘ladi. Shu bois mazkur uslublarga xos so‘zlar og‘zaki nutqqa oid so‘zlardan ajralib turadi. Masalan, saylamoq, majburiyat, modda, farmon, jarima, izoh, isbot, mazkur, shaxsan; cheksiz, buyuk, asl, dargoh; ijozat, burch, bevosita, tabrik, boshchilik, erishmoq; zangori, ajoyib, sokin, mayin, chehra, jamol, ishq; dilovar, ajdar, dev, zo‘ravon; kapital, ozodlik, ilg‘or, qoloq, , qardoshlik, do‘stlik, tinchlik va boshqalar.
Ammo ilmiy - texnik terminlar, tarixiy so‘zlar, kasb-hunarga oid so‘zlar, asosan, his-hayajonsiz bo‘ladi. Hatto avval his-hayajonli bo‘lgan so‘z ham termin tusiga kirishi bilan his-hayajon bo‘yog‘ini yo‘qotadi. Buning o‘rniga "kitobiylik" bo‘yog‘i paydo bo‘ladi. Masalan, kichik tilcha, qorincha, miya, umurtqa kabi anatomiya sohasiga oid so‘zlar, til, lab, bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, tovush paychasi kabi tilshunoslikka oid terminlar shular jumlasidandir. Ana shu "ilmiylik", "kitobiylik", "maxsuslik" xususiyati ilmiy - texnik terminlarni va kasb-hunar so‘zlarini uslubiy jihatdan umumiste’moldagi boshqa so‘zlardan farqlanishiga va qo‘llanish doirasining cheklanishiga olib keladi.

Download 280.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling