O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti taʼlim yoʻnalishi 301 guruh talabasi kurs ishi mavzu
I bob Tarixiy so`zlar rivojlanishi
Download 280.25 Kb.
|
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar semantikasi
I bob Tarixiy so`zlar rivojlanishi
Badiiy asarda qo‘llanilgan tarixiy so‘zlar vz tilining rivojalanishi Biz bugun kecha eslashimiz mum kin bo‘lmagan ma’naviy qadriyatlarimizni xotirlashgina emas, kera bo‘lsa, qayta tiklash imkoniyatiga egamiz. Istiqlol sharofati tufayli xalqim izning ulkan m a'naviy merosi, boy tarixini xolisona o ‘rganish uchun keng yo'l ochildi. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Ajdodlarimiz tafakkuri va dahosi bilan yaratilgan eng qadimgi toshyozuv va bitiklar, xalq og'zaki ijodi nam unalaridan tortib, bugungi kunda kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan ming m nglab qo’lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, siyosat, axloq. Falsafa. tibbiyot, matematika, mineralogiya, kimyo, astronomiya. Me'morlik , dehqonchilik va boshqa sohalarga oid qimmalbaho asarlar bizning buyuk ma'naviy boyligimizdir» Shu ma’noda, m a’naviy merosimizning nodir durdonalaridan sanaigan Nosiruddin Burhonuddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg'uziy” asari lug’at tarkibini bar tomonlama chuqur va ilmiy jihatdan tadqiq etish hozirgi kunda amalga oshirilishi zarur boigan vazifalardan sanaladi. O'zbek mumtoz adabiyotining ilk nasriy asarlaridan hisoblangan “Qisasi Rabg‘uziy’ da xalq turmush tarzining turli jabbajari ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, harbiy, madanly, diniy. maishiy, kasb-hunar, jug‘rofiy sohalarga oid leksik birliklar qoMlaniigan. Bular, o‘z navbatida, xalqimizning hayoti, tili, madaniyati, urf-odati, an’analari haqida ma’lumot beradi. Demak, jamiyat va til tarixi hamda uning qadimiy holatidan boxabar bo'lishda yozma yodgorliklar katta rol o'ynaydi. Chunki til ijtimoiy hodisa sifatida hayot talablariga muvofiq takomillashib boradi va har bir davrda kishilarning o'zaro aloqa vositasi boMib xizmat qiladi. Shunday ekan, “Qisasi Rabg‘uziy” asari so‘z boyligini tadqiq etish nafaqat o'zbek xalqining uzoq o'tmishini ilmiy asosda yoritish, shuningdek, o'zbek adabiy tili tarixini o ‘rganishda g'oyat muhimdir. Akademik B.Ahmedov o’zbek xalqi O’rta Osiyoning eng qadimiy xalqlaridan biri bo’lib, deyarli uch ming yillik tarixga egaligini aytadi. Anglashiladiki, o’zbek tilining shakllanganligiga ham shuncha bo’lgan. Chunki xalq bilan uning tili bevosita bog`liq bo’ladi. O’zbek xalqi va uning tili turkiy xalqlar oilasiga va tiliga mansub bo’lib, uning shakllanishi turkiy xalqlar va tillarining shakllanish tarixi bilan o’zaro bog`liqdir. Hozirgi shakllangan o’zbek xalqi va uning tili uzoq o’tmishda ro’y bergan murakkab jarayonlarning hosilasidir. O’zbek xalqi etnik jihatdan juda ham murakkab turkiy xalqlardan biridir. Uning shakllanishida to’qson ikki turkiy va turkiy bo’lmagan urug`larning ishtirok etgani tarixiy, ilmiy va adabiy asarlarda ko’rsatib o’tilgan. 1 Turkiy tillarning genetik va lisoniy xususiyatlar jihatidan o’zaro munosabati masalasiga qiziqish juda qadimdan davom etib keladi. Bu o’rinda turkiy tillarni birinchi marta tasnif qilgan olim Maxmud Koshg`ariy ishlarini qayd etish o’rinlidir. Turkiy tillar tasnifi bilan qiziqish, ayniqsa, XIX asr oxiri va XX asrda avj oldi va hozirgacha ko’plab tasniflar vujudga keldi. Turkiy tillar o’zaro fonetik, leksik, grammatik jihatdan juda yaqin tillardir. Ular til xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan o’zaro o’xshash, biroq ayrim farqlar ham mavjud. O’zbek tilining asosiy fonetik belgilariga e’tibor qaratilsa, uning ayrim shevalarida boshqa turkiy tillarda bo’lgani kabi 8-9 unli mavjud Turk tilining fonetik o’ziga xosliklari esa shundan iboratki, so’z boshidagi t- d, k-g tovushlari jarangsiz va jarangli tarzida farqlanadi; bu tilda singarmonizm hodisasi mavjud; boshqa turkiy tillardagi «bo’l» fe’li mazkur tilda «o’l» tarzida qo’llaniladi. Qozoq tilining asosiy fonetik xususiyatlari quyidagilardan iborat: 9 unli fonemaga ega, unlilar ohangdoshligi (lab singarmonizmi) va undoshlar assimilyatsiyasi mavjud, so’z urg`usi, asosan, dinamik xususiyatga ega. Qirg`iz tilining asosiy fonetik xususiyatlari esa quyidagilardan iborat: qisqa va cho’ziq unlilar (8 ta qisqa unli fonemaga qaramaqarshi 8 ta cho’ziq unli) mavjud, singarmonizm hodisasi to’liq amal qiladi, so’z boshida y o’rnida j undoshi qo’llaniladi. Turkiy tillar oilasi uchun xos bo’lgan fonetik, grammatik va leksik xususiyatlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin: 1. Turkiy tillarda, chunonchi, o’zbek tilida ko’p bo’g`inli so’zlarning miqdori juda oz. Bir bo’g`inli (o’q, ot, oy kabi) va ikki bo’g`inli (bo’ri, yetti, tulki kabi) so’zlarning miqdori esa ko’p. 2. O’zbek tilida va boshqa turkiy tillarda so’zlar, asosan, uch tovushli bo’ladi: kun, til, bel, kel kabi. 3. Barcha turkiy tillarda bo’lgani kabi o’zbek tilidagi so’zlarning aksariyati ko’p ma’noli xususiyatga ega. Bunga misol tarzida bosh, tish, uch kabi umumturkiy so’zlarni aytish mumkin. 4. Turkiy tillarda, chunonchi, o’zbek tilida affikslar so’z oxiriga qo’shiladi: ezgulik (ezgu+lik), ko’zsiz (ko’z+siz) kabi. 5. Turkiy (o’zbekcha) so’zlarning oxirgi bo’g`inida (pastki, ostki, ustki kabi ayrim ko’makchilarni hisobga olmaganda) undoshlar yondosh kelmaydi. 6. Turkiy tillarda, chunonchi, o’zbek tilida so’z boshida undoshlar ketma-ket kela olmaydi. 7. O’zbek tilida va boshqa turkiy tillarda so’zning o’zagi deyarli o’zgarmaydi: tilni, tilga, tildan, tilsiz, tilli, tillik kabi. 8. Turkiy tillarda, chunonchi, o’zbek tilida grammatik jins kategoriyasi yuq, prefiks va old qo’shimchalar mavjud emas. 9. O’zbek tili va boshqa turkiy tillar sintaksisi sohasida gap bo’laklari o’zining muntazam joylashish tartibiga ega (aniqlovchi aniqlanmishdan, ega kesimdan oldin joylashadi). 10. Turkiy tillarda, chunonchi, o’zbek tilida bog`lovchilar deyarli yo’q (ularning aksariyati arab va fors tillaridan o’zlashgan). 11. Turkiy tillarning lug`at tarkibi bir-biriga juda yaqin va uning manbasini tub turkiy so’zlar tashkil etadi. O’zbek adabiy tili o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa turkiy tillardan quyidagilarga ko’ra farq qiladi: 1. Hozirgi o’zbek adabiy tilida singarmonizm qonuniyati amal qilmaydi, aksariyat turkiy tillar, chunonchi, turk, qozoq, qirg`iz tillarida esa bu qonuniyat amal qiladi. 2. O’zbek adabiy tilida unlilar miqdori oltita (a, ә, o, o’, u, i) qilib belgilangan bo’lsa, qirg`iz va uyg`ur adabiy tilida esa sakkizta unli (a, ә, o, ө, u, ү, i, ы; a, e, o, ө, e, u, ү, i) qabul qilingan. 3. O’zbek va turkman tillarida so’z boshida keladigan y tovushi qipchoq guruhidagi turkiy tillarda dj va j tovushi bilan ifodalanadi: yo’l – jo’l, yigit - jigit, yo’q –jo’q kabi. 4. O’zbek adabiy tilida ch, sh undosh tovushli ayrim so’zlar qoraqalpoq va qozoq tillarida sh, s undoshlari bilan ifodalanadi: kuch — kush, tish — tis kabi. 5. O’zbek tilida k, t tovushlari bilan boshlanadigan so’zlar o’g`uz guruhidagi turkiy tillar, chunonchi, turk, ozarbayjon, turkman tillarida g, d tovushlari bilan beriladi: ko’z — go’z, til – dil kabi. 6. O’zbek adabiy tilida g` undosh tovushi bilan tugagan so’zlar tatar, boshqird, qirg`iz, qozoq, qoraqalpoq tillarida v va u undoshlari bilan ifodalanadi: tog` – tav – tau, bog` – bav – bau kabi. Ayonki, tub turkiy so’zlar turkiy tillarning o’z materiali, o’z ona mulkidir. Bu so’zlar turkiy tillar oilasiga mansub bo’lgan barcha Download 280.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling