O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Dimerlanish, trimerlanish….polimerlanish reaksiyalari


Download 1.78 Mb.
bet15/25
Sana21.11.2020
Hajmi1.78 Mb.
#149560
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
aldegid va ketonlar mavzusini ahborot tehnalogiyasi yordamida oqitish metodikasi

Dimerlanish, trimerlanish….polimerlanish reaksiyalari. Katalizator ta’sirida (kons. H2SO4, HCl ) oddiy aldegidlar xona temperaturasidayoq polimerlanadi. Sharoitga qarab siklik yoki chiziqsimon polimerlar hosil bo’ladi. Masalan, chumoli aldegidning trimerlanishidan - trioksimetilen, polimerlanishidan- polioksimetilen-paraformaldegid ( n=10-50) hosil bo’ladi:




trioksimetilen

Sirka aldegid trimeri- paraldegid va tetrametri - metaldegid sanoat miqyosida qo’llaniladi.



  1. Oksidlanish reaksiyalari. Aldegidlar, ketonlarga qaraganda ancha oson oksidlanadi. Aldegidlar oksidlanganda uglerod zanjirida o’zgarish bo’lmaydi.

Bunda karbonil ( >C=O ) karboksilga qadar oksidlanib, kislotalar hosil

qiladi. Aldegidlar kumush oksidining ammiakdagi eritmasi [Ag(NH3)2]OH bilan ohista qizdirilganda “kumush ko’zgu” reaksiyasi sodir bo’ladi. U aldegidlar uchun sifat reaksiyasi:

Texnikada oyna va archa o’yinchoqlarini kumushlashda ushbu reaksiyadan foydalaniladi. Shuningdek, aldegidlarga feling suyuqligi bilan boradigan reaksiya ham xarakterlidir:




Aldegidlar feling suyuqligi bilan qizdirilganda qizil rangli mis ( I ) oksid Cu2O cho’kma tushadi. Bu reaksiya ketonlarda amalga oshmaydi.

Ketonlar oddiy sharoitda oksidlanmaydi. Faqat ishqoriy va kislotali muhitda kuchli oksidlovchilar, masalan kaliy permanganat, olti valentli xrom birikmalari ta’siridagina oksidlanish sodir bo’lishi mumkin. Ketonlarning oksidlanish uglerod zanjirida karbonil gruppa o’rnashgan joydan uglerod-uglerod bog’ining uzilishi bilan sodir bo’ladi.



Demak, ketonlar oksidlanishi o’z navbatida parchalanish reaksiyasi hamdir. Oksidlanishdan hosil bo’lgan kislotalar tarkibidagi uglerod atomlari soniga qarab dastlabki ketonning tuzilishini aniqlash mumkin.


  1. Download 1.78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling