O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.78 Mb.
bet25/25
Sana21.11.2020
Hajmi1.78 Mb.
#149560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
aldegid va ketonlar mavzusini ahborot tehnalogiyasi yordamida oqitish metodikasi

Darsning xronologik xaritasi:







Dars qismlari

Ajratilgan daqiqa

1

Tashkiliy qism (O’qituvchining kirish so’zi)

5 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni so’rash

10 daqiqa

3

O’tilgan mavzuni umumlashritish

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

35 daqiqa

5

Mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

6

O’quvchilarni baholash va baholarini izohlash

5 daqiqa

7

Uy vazifasi

5 daqiqa




Jami:

80 daqiqa


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. Masharipov S., Tirkashev I. Kimyo Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik.-T.: “O’qituvchi”, 2011.

  2. Xomchenko G.P. Ximiya. Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun. T.:O’qituvchi, 1991.

  3. Zikiryayev A., Mirhamidova P. Biokimyo.-T.: “Fan va texnologiya”, 2009 yil
  1. BOB BO’YICHA XULOSA




  1. Axborot, axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari va multimedia vositalari haqida ma’lumotlar o’rganildi.

  2. Multimedia vositalarining afzalliklari va uni ta’limda qo’llash muammolari o’rganildi.

  3. Kimyo fanining “Aldegid va ketonlar” bo’limini o’qitishda axborot texnologiyasidan foydalanish zaruriyati o’rganildi.

  4. Akademik litseylarning kimyo fani o’qituvchilari uchun “Aldegid va ketonlarning xossalaridagi farqlar. Aldegid va ketonlarning olinishi. Asetilenning gidratlanishi. Yeltekov qoidasi. Spirtlarni oksidlab olish. Oksosintez. Karbon kislotalarning ikki valentli metallar bilan hosil qilgan tuzlarining pirolizi. Digalogenli alkanlarning gidrolizi. Fridel-Krafts reaksiyasi” mavzusida dars ishlanma yaratildi.

  5. Aldegid va ketonlar mavzusini o’qitishda metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.

III bob.Tajriba – sinov ishlarini o`tkazish va natijalar tahlili

  1. Tajriba-sinov ishlarining mazmuni va o’tkazish metodikasi


“Aldegidlar va ketonlar” bo’limini akademik litseylarda axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi” nomli magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov ishlarini Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida olib bordim. Aldegid va ketonlar mavzusi kimyo kursining organik kimyo fani doirasida o’qitiladi.

O’quvchilar organik kimyo fanini maktab kimyo kursida 9-sinfda o’qishgan. Maktabda aldegid va ketonlar mavzusi 9-sinfning IV choragida o’qitiladi. O’quv reja bo’yicha aldegid va ketonlar mavzusi 1 soatga mo’ljallangan. Mavzu yordamida o’quvchilar aldegid va ketonlarning umumiy formulasi, nomlanishi, ko’p qo’llaniladigan vakillari aseton va asetaldegidning olinish usullari bilan tanishadi. Darslikda aldegid va ketonlar mavzusi yuzasidan qisqacha ma’lumot berilgan. Aldegid va ketonlarning olinish usullari qisqa tenglamalarda ifodalangan. Aldegid va ketonlardagi Yeltekov qoidasi, Fridel-Krafts reaksiyasi, aldegidlar va ketonlarga xos rangli reaksiyalar haqidagi ma’lumotlar umumiy tarzda ifodalanmagan.

Akademik litseyning rejasi bo’yicha organik kimyo fani 3-kurslarda o’qitiladi. Organik kimyo fani jami 188 soatni tashkil etadi. Shundan:


  • Nazariy mashg’ulotlar: 80 soat;

  • Amaliy mashg’ulotlar: 82 soat;

  • Laboratoriya mashg’ulotlari 26 soatni tashkil etadi.

Magistrlik dissertatsiya mavzum Aldegid va ketonlar mavzusi 3-kursning ikkinchi yarmida o’qitiladi.

O’quvchilar orasida Aldegid va ketonlar mavzusini tushunishda bir qancha qiyinchiliklar paydo bo’ladi. Aldegid va ketonlarlarning bir necha xil xossalari mavjud. Mazkur muammoni yechish, o’quvchilarda tasavvur hosil qilish va tasavvurini kengaytirish, o’quv jarayonidagi samaradorlikni oshirish maqsadida

aldegid va ketonlar mavzusini kompyuter texnikasi vositasida animatsiya orqali tushuntirishni afzal deb bildim.

Akademik litseyning taqvim mavzuiy rejasida Aldegid va ketonlar mavzulariga 16 soat ajratilgan bo’lib, 6 soat ma’ruza mashg’uloti, 6 soat amaliy mashg’uloti, 4 soat laboratoriya mashg’uloti uchun ajratilgan.

Maktab kimyo kursidan ma’lumki, o’quvchilarda aldegidlar, ularning umumiy formulasi, ahamiyati haqida boshlang’ich va umumiy ma’lumotlar bor. Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyining 3-kurslari orasidan test sinovi asosida bilim darajasi bir-biriga yaqin bo’lgan ikkita guruh sinov uchun olindi.

O’quvchilarning bilim darajasi kimyo fanidan quyidagi test topshiriqlarini bajarishiga ko’ra aniqlandi:



  1. Aldegidlarning umumiy formulasi keltirilgan qatorni aniqlang.

    1. R-COOH

    2. R-OH

S) NH2-R-COOH

D) CnH2nCHO



  1. Asetaldegid formulasini toping.

  1. CH3-CHO

  2. C6H5-OH

S) NH2-CH2-COOH

D) CH3-CH2-OH



  1. Asetonning ikkinchi nomi nima?

  1. dimetil keton

  2. metiletil keton

S) dietil keton

D) propanon-1



  1. Aldegid va ketonlarning oxirgi qo’shimchasi qanday?

  1. –al va -ol

  2. –id va -ol

S) –al va -on

D) -il va on



  1. Kucherov reaksiyasida qaysi mahsulot olinadi?

  1. metanal

  2. etanal

S) propanal

D) butanal



  1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda qanday mahsulotlar olinadi?

  1. alkanlar

  2. aldegidlar

S) ketonlar

D) sikloalkanlar



  1. Tarkibida qo’shbog’ bo’lgan uglevodorodlar nima deb nomlanadi?

  1. alkanlar

  2. alkenlar

S) sikloalkanlar

D) alkinlar



  1. Toluolning formulasi to’g’ri keltirilgan qatorni toping.

  1. C6H5OH

  2. CH3OH

S) C6H5CH3

D) C6H5CH(CH3)2



  1. Asetaldegidning gidrogenlanish reaksiyasida 44.8 litr gaz yuttirildi. Bunda qanday moddadan necha gramm hosil bo’lgan?

  1. 92 gr etanol

  2. 23 gr etil spirt

S) 46 gr etenal

D) 40 gr propanon



  1. 27.6 gramm izoprenga qancha gramm vodorod ta’sir ettirib, to’yingan uglevodorod olish mumkin?

  1. 27.6 gramm

  2. 1.6 gramm

S) 15.6 gramm

D) 0.8 gramm

Ushbu test topshiriqlari asosida akademik litseyning 3 bosqich guruhlari orasidan 2 tasi tanlab olindi.

Har ikkala guruhga 2 soat ma’ruza mashg’uloti, 2 soat laboratoriya mashg’uloti o’tkazildi.

Birinchi guruh nazorat guruhi bo’lib, ularga odatdagiday dars o’tildi.

Ikkinchi guruh eksperiment guruh bo’lib, ularda noodatiy, ya’ni, kompyuter texnologiyasi yordamida dars o’tkazildi. O’quvchilarga aldegid va ketonlarning hosil bo’lish jarayoni harakatlantirib ko’rsatildi. Bog’larning ketma-ket hosil bo’lish jarayoni ko’rsatildi. Aldegid va ketonlar hosil bo’lishida moddalarning o’zaro bir-biri bilan birikib, yangi moddalar hosil bo’lishi namoyish etildi. Aldegid va ketonlarga xos sifat reaksiyalar, xususan “Kumush ko’zgu” reaksiyasi animatsiya tarzida namoyish etilib tushuntirildi.

Mavzuni tushuntirishda axborot texnologiyasidan keng foydalanildi. Undan tashqari uy vazifasini so’rashda “O’yinli texnologiya” dan foydalanildi. Unda o’quvchilar uchun noodatiy kartochkalar, kimyoviy asboblar rasmi tushirilgan kartochkalardan foydalanildi. Mavzuni mustahkamlash qismida o’quvchilar bilimi organayzer orqali, savolli kartochkalar orqali aniqlandi.

Har ikkala guruhga o’tilgan darsni qay darajada o’zlashtirganliklarini quyidagi test orqali aniqlandi:



  1. Alkenlarga is gazi va vodorod ta’sir ettirib qaysi moddalar sintez qilinadi?

  1. Aldegidlar

  2. Ketonlar

S) Karbon kislotalar

D) Spirtlar



  1. Propanon formulasi to’g’ri berilgan qatorni toping.

  1. CH3 – CH2 - OH

  2. CH3 – CO – CH3

S) C2H5 – CO – CH3

D) CH3 – CH2 - CHO



  1. Birlamchi spirtlar oksidlanganda qanday mahsulot olinadi?

  1. Aldegid

  2. Keton

S) Karbon kislota

D) Murakkab efir



  1. Asetilennning suv bilan reaksiyasi natijasida qaysi modda olinadi?

  1. aseton

  2. etanal

S) propion kislota

D) moy aldegid



  1. Ikkilanchi spirtlar oksidlanganda qanday mahsulot olinadi?

  1. Aldegid

  2. Keton

S) Karbon kislota

D) Murakkab efir



  1. 66 gramm asetaldegid natriy gidrosulfit bilan reaksiyaga kirishib, 200 gr moddani hosil qildi. Reaksiya unumini toping.

A) 0.9

B) 0.85

S) 0.25

D) 0.75


  1. Aldegidlarning spirtlar bilan ta’sirlashib, asetallar hosil qilishida katalizator sifatida nima ishlatiladi?

  1. Platina

  2. NaOH eritmasi

S) suvsiz CuSO4

D) Mis


  1. Aldegidlar Cu(OH)2 ta’sirida qanday rang hosil qiladi?

  1. qizg’ish-sariq

  2. qora

S) oq cho’kma

D) binafsha rang



  1. Qaysi modda suyultirilgan kislotalar ta’sirida polimerlanib, trioksimetilenni hosil qiladi?

  1. etilen

  2. aseton

S) formaldegid

D) asetilen



  1. 96 gramm metil spirtdan 45 gramm aldegid olindi. Spirt eritmasi tarkibida spirtning foiz ulushini toping.

A) 44.8%

B) 60%

S) 96%

D) 52.2%


  1. Ketonlarning umumiy formulasi berilgan qatorni toping.

  1. CnH2nO

  2. CH2O

  3. CnHnO

  4. CnH2nOn

  1. Asetaldegidning kumush ko’zgu reaksiyasi natijasida 32.4 gr kumush olindi. Reaksiya unumi 75 %ni tashkil qildi. Reaksiyada qatnashgan asetaldegid massasini toping.

  1. 44 gr

  2. 8.8gr

  3. 43.2gr

  4. 17.6gr

  1. Ketonlar gidrogenlanganda hosil bo’ladigan birikma nima?

  1. uchlamchi spirt

  2. ikkilamchi spirt

  3. birlamchi spirt

  4. karbon kislotalar

  1. Kucherov reaksiyasida qaysi mahsulot olinadi?

  1. metanal

  2. etanal

S) propanal

D) butanal



  1. Asetaldegidning gidrogenlanish reaksiyasida 44.8 litr gaz yuttirildi. Bunda qanday moddadan necha gramm hosil bo’lgan?

  1. 92 gr etanol

  2. 23 gr etil spirt

S) 46 gr etenal

D) 40 gr propanon


2. Olingan natijalar tahlili








O’quv

chilar soni



86-100

“5”


%

71-85

“4”


%

55-70

“3”


%

O’rtacha ball

O’rtacha baho

Nazorat

gr


28

1

3.6%

6

21.4%

21

75%

67

3.25

Eksperi

ment gr



30

3

10%

14

46.7%

13

43.3%

72

3.6

Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, biz qo’llagan axborot texnologiyasi orqali o’quvchilarning bilim olish ko’rsatgichi odatiy dars o’tilgan guruhdan ko’ra tajriba guruhga 5% ga ortdi. Aldegid va ketonlar mavzusi yuzasidan akademik litsey o’qituvchilariga dars ishlanma yaratdim. Mazkur dars ishlanmasidan o’qituvchilar bemalol foydalanishlari mumkin. Barcha akademik litseylarning yetarli darajada axborot vositalari bilan ta’minlanganligi mazkur mavzuda axborot texnologiyasini qo’llashda muammolar tug’dirmaydi.

  1. BOB YUZASIDAN XULOSA


  1. “Aldegid va ketonlar” bo’limini akademik litseylarda axborot texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi” nomli magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov ishlarini Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida olib borildi.

  2. Akademik litseyning 3- bosqich o’quvchilari orasida test o’tkazilib, bilim darajasi bir – biriga teng ikki guruhi tanlab olindi. 1- guruh nazorat guruhi va 2- guruh eksperiment guruhi sifatida tajriba – sinov ishlari amalga oshirildi.

  3. Nazorat guruhiga dars mavzusi oddiy dars o’tildi. Eksperiment guruhiga yaratilgan dars ishlanma asosida, axborot texnologiyasini qo’llab dars mavzusi tushuntirildi.

  4. Darsni mustahkamlash qismida har ikki guruhga mavzuga oid test o’tkazildi. Nazorat guruhning o’rtacha bali 67 ballni, eksperiment guruhniki esa 72 ballni tashkil etdi. Nazorat guruhining o’rtacha bahosi 3.35, eksperiment guruhniki esa

3.6 ni tashkil etdi.

  1. Axborot texnologiyasini qo’llash natijasida 0.25 baho, 5 ball yuqori natijalar qayd etildi.

XULOSA


Magistrlik dissertatsiyasining dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, mavzuning o’rganilganlik darajasi tahlil qilindi.

Tadqiqotning ob’ekti sifatida akademik litseyning organik kimyo kursida “Aldegid va ketonlar” bo’limini o’qitish jarayoni, predmeti, ilmiy yangiligi aniqlab olindi.

Aldegid va ketonlar bo’limining yoritilishiga oid o’quv qo’llanmalar, darsliklar tahlil qilindi.

Aldegid va ketonlarning nomenklaturasi va izomeriyasi o’rganildi.

Aldegid va ketonlarning olinish reaksiya tenglamalari Yeltekov qoidasi, Fridel-Krafts reaksiyalari nazariy jihatdan o’rganilib chiqildi.

Axborot, axborot texnologiyalari, kompyuter dasturlari va multimedia vositalari haqida ma’lumotlar o’rganildi. Multimedia vositalarining afzalliklari va uni ta’limda qo’llash muammolari o’rganildi.

Kimyo fanining “Aldegid va ketonlar” bo’limini o’qitishda axborot texnologiyasidan foydalanish zaruriyati o’rganildi.

Akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining kimyo fani o’qituvchilari uchun “Aldegid va ketonlarning xossalaridagi farqlar. Aldegid va ketonlarning olinishi. Asetilenning gidratlanishi. Yeltekov qoidasi. Spirtlarni oksidlab olish. Oksosintez. Karbon kislotalarning ikki valentli metallar bilan hosil qilgan tuzlarining pirolizi. Digalogenli alkanlarning gidrolizi. Fridel-Krafts reaksiyasi” mavzusida dars ishlanma yaratildi.

Aldegid va ketonlar mavzusini o’qitishda metodik tavsiyalar ishlab chiqildi. “Aldegid va ketonlar” bo’limini akademik litseylarda axborot

texnologiyalari yordamida o’qitish metodikasi” nomli magistrlik dissertatsiyasining tajriba-sinov ishlarini Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida olib borildi.

Akademik litseyning 3- bosqich o’quvchilari orasida test o’tkazilib, bilim darajasi bir biriga teng ikki guruhi tanlab olindi. 1- guruh nazorat

guruhi va 2- guruh eksperiment guruhi sifatida tajriba – sinov ishlari amalga oshirildi.

Nazorat guruhiga dars mavzusi oddiy dars o’tildi. Eksperiment guruhiga yaratilgan dars ishlanma asosida, axborot texnologiyasini qo’llab dars mavzusi tushuntirildi.

Darsni mustahkamlash qismida har ikki guruhga mavzuga oid test o’tkazildi. Nazorat guruhning o’rtacha bali 67 ballni, eksperiment guruhniki esa 72 ballni tashkil etdi. Nazorat guruhining o’rtacha bahosi 3.35, eksperiment guruhniki esa 3.6 ni tashkil etdi.



Axborot texnologiyasini qo’llash natijasida 0.25 baho, 5 ball yuqori natijalar qayd etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:




    1. O’zbekiston Respublikasi qonunlari:




  1. O’zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi – T.: «Sharq», 1997

  2. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni – T.: «Sharq», 1997


    1. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlari:





  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T.: «Ma’naviyat», 2008. - 176 b.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston buyuk kelajak sari. T.: «O’zbekiston»

  3. Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. T.: «O’zbekiston», 2011

  4. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. T.: «O’zbekiston», 2010


    1. Asosiy adabiyotlar:





  1. “Yosh ximik ensiklopedik lug’ati” Maktab o’quvchilari uchun - T.: O’zbek Sovet Ensiklopediyasi bosh redaktsiyasi 1990

  2. “Химия” Учебное пособые для поступающих в вузы. ЭКСМО - M.: 2005

  3. Abdulxaeva M.M., Mardonov O’.M. “Kimyo” Oliy o’quv yurtiga kiruvchilar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun qo’llanma - T.: «Tib kitob» nashriyoti 2011, -606

  4. Abdulxayeva M.M. Kimyo oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar, akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun qo’llanma. Toshkent “ Tib kitob” nashriyoti 2011-y

  5. Abduqodirov A.A. Masofali o’qitishga oid atamalar izohli lug’ati. - T.: “Iste’dod” 2005. -25b

  6. Abdusamatov A. Organik kimyo Oliy o’quv yurtlari uchun. - T.: «Talqin» nashriyoti, 2005.-234b

  7. Ahmedov Q.N., Abdushukurov A.K., Tojimuhammedov X.S., A.M.Yo’ldoshevlar Organik kimyo T: “O`qituvchi” nahriyoti 2005.

  8. Alovuddinov A.V. Ismatullayeva M.G. Xolmurodov N.A. “Organik kimyo” Ixtisosligi kimyo bo’lgan texnika oliy o’quv yurtlari uchun darslik. T.: “O’qituvchi” 2001.

  9. Anvarova N. Kimyo fanida kompyuter texnologiyalari// Xalq ta’limi. T.: 2003,

№3 – 7-9 b

  1. Anvarova N.A. Kasb – hunar kollejlarida kimyo darslarini kompyuter texnologiyalari asosida o’qitish metodikasi – T.: O’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti, 2007. – 155b

  2. Asqarov I.R. Organik kimyo T.: “O’qituvchi” 2011.

  3. Azizxodjaeva A Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. T.:

«O’qituvchi», 2007

  1. Glinka N.L. Umumiy kimyo“O`qituvchi” nahriyoti 1968.- 770b

  2. Guntis Yekabovich Rudzitis, F.G.Feldman “Organik kimyo” 10-sinf darslik - T.: “O’qituvchi” 2004, - 216

  3. Masharipov S.S. Kimyo, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun, Toshkent “O`qituvchi nashriot” -2005.

  4. Masharipov S.S., Tirkashev I. Kimyo, Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun, Toshkent “O`qituvchi nashriot” -2005, - 320

  5. Mirkomilov Sh.M., Shernazarov I.E., Akademik litseylar organik kimyo kursini “Uglevodorodlar” mavzusini zamonaviy axborot texnologiyasini joriy etib o’qitish// Pedagogik ta’lim. – Toshkent.: 2008 - №5. – 42-44 b

  6. Nishonov M. Mamajonov S. Xo’jayev V. “Kimyo o’qitish metodikasi” Toshkent – 2002

  7. Nishonov M., Mamajonov Sh.A. Oliy o’quv yurtlari “KO’M” kursining tuzilishi va mazmunini takomillashtirish // Pedagogik ta’lim. T.: 2004. №2. – 52-53b

  8. Primuhamedov I. “Organik ximiya” Oliy o’quv yurtlarining farmatsevtika bo’limlari talabalari uchun - T.: « Meditsina», 1987

  9. Rahmatullaev N.G., Shomurotova Sh.X., Berdiqulov R.Sh. Kompleks birikmalar tuzilishining kompyuter multimediasi vositasida o’rganish dasturi// Pedagogik ta’lim. T.: 2008 №1. – 64-67b

  10. Rahmatullayev N. Sh.Mirkomilov, X.Omonov “Kimyo o’qitish metodikasi” darslik Moliya-Iqtisod 2013

  11. Shoymardonov R.A. “Organik kimyo” II qism 5440400-kimyo ta’lim yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma. “Yangiyul polygraph service”.

  12. Sobirov Sh.H. “Organik kimyo” Tibbiyot kollejlari “Farmatsiya” yo’nalishi talabalari uchun o’quv qo’llanma. “Tasvir” nashriyot uyi Toshkent - 2008

  13. Sobirov Z. “Organik kimyo” Oliy o’quv yurtlarining kimyo-texnologiya ixtisosligi bo’yicha ta’lim oluvchilari uchun - T.: “Aloqachi” 2005.

  14. Traven V.F. “Organicheskaya ximiya” v uchebnik dlya vuzov. - M.: IKTS “Akademkniga” 2004.

  15. Umarov B. “Organik kimyo” Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun darslik.

- T.: “Iqtisod-Moliya” 2007.

  1. Xomchenko G.P. “Ximiya” Oliy o’quv yurtlariga kiruvchilar uchun T.: “O’qituvchi” 1991, - 610

  2. Yunusov R. Organik kimyo. Oliy o’quv yurtlari uchun. –T.: «O’zbekiston» nashriyoti, 1995.-328b

  3. Ажиева М.Б. Совершенствование содержания и методики обучение химии на основе использования местного сырья (на примере темы “Галогены”) Дис. канд. пед. наук. Ташкент.: ТГПУ им. Низами, 2007. – 120 стр.

  4. Закирова Ф.М. Информационное обеспечение образовательного процесса и его структура // Педагогик таълим. Т.: 2004 №5.–с.34-36

  5. Махмудова Х. Примениние информационной технологии в проведении лабораторных занятий по разделу «Оптика» курса общей физики. Автореф. дис. канд. пед. наук. Т.:ТГПУ им. Низами. 2000, стр 20

  6. Чернобельская Г.М «Основы методики обучения химии» М.Владос 2000г.


    1. Internet saytlari:

http//www.repetitor.1c.ru/online http//www.rtm.uz http//www.ziyonet.uz http//chemistry/ru



http//www.alhimik.ru/teleclass/index.shtml http//www.chem.ox.ac.uk/vr chemistry
Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling