O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.78 Mb.
bet20/25
Sana21.11.2020
Hajmi1.78 Mb.
#149560
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
aldegid va ketonlar mavzusini ahborot tehnalogiyasi yordamida oqitish metodikasi

Aldegid va ketonlarning olinishi:


    1. Birlamchi spirtlarni oksidlab, aldegidlar olinadi. Bu jarayonni suyuq va gaz fazalarda olib borish mumkin. Oksidlash jarayoni suyuq fazada olib borilganda K2Cr2O7, KMnO4, CrO3, MnO2 va boshqa oksidlovchilar ishlatiladi.

Gaz fazada oksidlash uchun esa spirt bug’larining havo bilan aralashmasi yuqori temperaturada (300-6000C) metal katalizatorlar Cu, Zn ustidan o’tkaziladi. Sanoatda formaldegid olish shunga asoslangan. Yuqori temperaturada mis havo kislorodi bilan birikib, mis (II) oksid hosil qiladi:

2Cu + O2  CuO

Mis (I) oksid metanolni oksidlab, formaldegidga aylantiradi:

CH3OH + CuO  HCHO + Cu + H2O

R – CH2OH R – CHO aldegid Ikkilamchi spirtlar oksidlanganda ketonlar hosil bo’ladi.

R – CH – OH R - C= O

R R keton


    1. Karbon kislota tuzlarining pirolizi. Karbon kislotalarning Ba, Ca va Mn tuzlarini quruq haydash (piroliz) orqali aldegid va ketonlar olinadi.

R – C = O

O

Ca R - C= O + CaCO3



O R

R – C = O



Reaksiya uchun olingan tuzlarning tuzilishiga qarab simmetrik yoki nosimmetrik ketonlar olish mumkin. Agar kislotalarning biri chumoli kislota R/=H bo’lsa, aldegidlar hosil bo’ladi.

    1. Digaloidlarni gidrolizlash. Ikkita galoid atomi bir uglerod atomida joylashgan R – CHCl2 turdagi galoidlarni gidroliz qilib aldegidlar, R –CCl2 – R/ dan esa ketonlar olinadi:




    1. Alkinlarning gidratlanishi. Asetilen gomologlarini tuzlar ishtirokida gidratlanishidan ketonlar, asetilenning o’zidan esa sirka aldegid hosil bo’ladi. Bu reaksiya Kucherov reaksiyasi deb ataladi.



Fizik xossalari. Aldegid va ketonlarning fizik va kimyoviy xossalari ularning molekulalaridagi karbonil gruppaning xususiyati bilan belgilanadi. Karbonil gruppadagi kislorod uglerodga nisbatan katta elektromanfiylikka ega bo’lgani uchun elektron bulutlarni kuchli tortadi va uning atrofida elektron bulut zichligi ortadi. Natijada uglerod atomida zichlik kamayadi. Kislorod qisman manfiy, uglerod esa qisman musbat zaryadlanadi.

Demak, aldegid va ketonlardagi uglerod bilan kislorod o’rtasidagi bog’ kuchli qutblangan bo’lib, ular polyar moddalardir, ularning dipol momenti 2,5 D orasida bo’ladi.

Aldegid va ketonlarda molekulalararo vodorod bog’lanish bo’lmaganligi sababli, ularning qaynash temperaturasi tegishli spirtlar va karbon kislotalarning qaynash temperaturasidan ancha past bo’ladi.



Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling