O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 164.3 Kb.
bet3/13
Sana18.06.2023
Hajmi164.3 Kb.
#1570313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Abdullajonova Zilolaxon Ma’ruf qizi

Kurs ishining maqsadi: Shaxs faolligini oshirishdagi imkoniyatlar va undagi muammolarning ahamiyatini ochib berish, o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llari haqida ma’lumotlar keltirish.

Kurs ishining asosiy vazifalari:


- Shaxs faolligini oshirish imkoniyatlarini yoritish;
- Ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish masalalarini yoritish;
- Shaxsning ta’lim jarayonidagi faolligi masalalarini yoritish;
- O`quvchilarni faoliyatga undovchi metodlardan namunalar keltirish;
- O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llarini ochib berish;
- Bilish ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishning asosi ekanligini yoritish;
- Ta’lim - bilish faolligini oshirishning asosi ekanligini yoritish;
- O‘quvchilarning bilish faolligini oshirish yo‘llarini yoritish va boshqalar. Kurs ishining obekti: Shaxs faolligini oshirishdagi imkoniyatlar va muammolarni aniqlash masalalari.
Kurs ishining predmeti: Shaxs faolligini oshirishdagi imkoniyatlar va muammolarning mazmun-mohiyati, metodikasi va texnologik o’ziga xosliklari.
Kurs ishining xuquqiy va ilmiy-nazariy asoslari. Ishni shakllantirishda Xuquqiy asos sifatida Prezident Qarorlari, Farmonlari, ma’ruzalari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, ilmiy-nazariy asos sifatida asarlar, o’quv qo’llanmalar, darsliklar, dissertasiya va monografiyalar hisoblanadi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi 2 bob, 6 bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, elektron ta'lim resurslari, ilovalar qismidan iborat. Kurs ishi jami 34 betdan iborat.


I BOB. SHAXS FAOLLIGINI OSHIRISH IMKONIYATLARI
1.1.Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligini oshirish
Yoshlar tarbiyasi-eng muhim
masalalardan biridir”
Sh.Mirziyoyev
Mustaqillik va faollik o‘zaro sabab va natija shaklida bog‘langan didaktik hodisalardir. Haqiqiy mustaqillikka erishmagan mamlakatda fuqarolarning faolligi., tashabbuskorligi haqida gapirish mumkin bo‘lmaganidek., ta’limda bolalarning mustaqilligini ta’minlamasdan turib.,ularni faolligiga erishib bo‘lmaydi. Ta’lim-tarbiyada o‘quvchilarning faolligi mustaqillik orqali belgilanadi., mustaqillik tufayli o‘quvchi ta’limning faol sub’ektiga aylanadi.Ta’lim-tarbiya jarayonidagi mustaqillik faollik uchun shart-sharoit vazifasini o‘taydi. Faollik esa o‘z navbatida bolalarda mustaqillikni tarbiyalash uchun asos bo‘ladi. Bu qoidalar bir-birini to‘ldiradigan hodisalar bo‘lib, ularni mohiyati tashqaridan ichkariga va ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayonlar sifatida tasavvur qilingandagina anglash mumkin. Mustaqillik tashqaridan ichkariga yo‘nalgan jarayon sifatida tasavvur etilganda., ta’limda bolalarning mustaqilligini ta’minlash ma’nosini, ichkaridan tashqariga yo‘nalgan jarayon sifatida tasavvur etilganda, bolada shakllangan, tarbiyalangan shaxsiy sifat-mustaqillik ma’nosini anglaymiz. Birinchi holatda tashqaridan,o‘qituvchi tomonidan berilgan mustaqillik, ikkinchi holatda bolaning o‘z intilishlari, harakatlar evaziga unda shakllangan shaxsiy sifat-mustaqillik ko‘zda tutiladi.
Mustaqillik shaxsiy sifat belgilaridan biri shaklida mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish yo‘li bilan shakllanadi. Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatish, mustaqil o‘rganish orqaligina fan asoslarini puxta egallashi hech kimga sir emas. O‘quvchilarga kitob ustida ishlay olish malakalari., dastavval boshlang‘ich sinflarida hosil qilingan.Bu malalkalar yuqori sinflarda yanada takomillashtiriladi. Darslarda tashkil etiladigan mustaqil ishlar o‘quvchilarda mustaqillikni rivojlantiradi.

Download 164.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling