O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


O‘qituvchining aybi bilan ketgan vaqt


Download 351.63 Kb.
bet19/25
Sana18.06.2023
Hajmi351.63 Kb.
#1586582
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25
Bog'liq
Aliakbarov.B - KURS ISH

O‘qituvchining aybi bilan ketgan vaqt



Eslatma

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Ikkinchi grafaga pedagog faoliyatining mazmuni aniq va mashg‘ulotning ketma-ketligi yoziladi. Masalan: O‘quvchilarni saflash.


Raport.
O‘qituvchi tomonidan dars vazifalarini tushuntirish.
Yurish.
Mashqlarni tushuntirish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni oddiy tarzda yoki qisqacha egilish, sakrash va b.q. deb yoziladi. Asosiy harakatlarni qisqa qilib yozish kerak. Masalan: “Oldinga dumaloq oshish”, “Yugurib kelib balandlikka sakrash”.
Ikkinchi grafada sekundomer bo‘yicha har qaysi ish faoliyatining tugash vaqti yoziladi. Misol uchun, o‘quvchilarning saflanishi va raportiga 2 daqiqa 35 soniya vaqt ketsa, shu ish faoliyatining to‘g‘risiga yoziladi, o‘qituvchi o‘quvchilarga dars vazifasini tushuntirgandan keyin sekundlar 3 minut 25 sekundni ko‘rsatsa, shu faoliyatni yozadi va h.k. o‘qituvchi tomonidan mashqlarni tushuntirishga, ko‘rsatishga, ko‘rgazmali qurollarni ko‘rsatishga, yordamchi harakatga mashqni bajarish uchun qayta saflanish mashg‘ulotga joy tayyorlash va h.k. ta’lim berishga, o‘quvchilarni mashq bajarishga berilgan bahosiga ketgan vaqtlarni juda aniqlik bilan belgilash talab qilinadi. Kuzatuv davomida dars bir o‘quvchi ustidan olib boriladi va uning familyasini protokolga yozish tavsiya etiladi.
Dars tugagandan keyin xronometraj ma’lumotlarini ishlab chiqish kerak. Bunda har qaysi faoliyatga ketgani aniq vaqtni topish uchun keyingi sekundomer ko‘rsatgan keyingi vaqtdan oldingisi olib tashlanishi shart.

O‘quvchilarga darsni tushuntirish uchun ketgan vaqtni aniqlash uchun, 3 minut 25 sek. vaqt sarflangani aniq bo‘ladi. Shu tartibda hamma faoliyatga ketgan aniq vaqt topiladi. “Aniq” vaqt esa porotokoldagi kerakli grafalarga ko‘rsatish, tushuntirish “Mashq bajarish” va h.k. yozib qo‘yiladi.


Pedagog tomonidan oqlangan vaqtga qo‘yidagi ish faoliyatini va darsning komponentlarini idrok qilish va anglash tushunchasini tushuntirish, ko‘rsatish o‘quvchining ko‘rsatmalari o‘rtoqlarning faoliyatini umumlashib taxlil qilish, jismoniy mashqlarni bajarishga shu jumladan mashqni qayta bajarish uchun kerakli dam olish vaqti, yordamchi harakatlarni qayta saflanish, snaryadlarni tiklash, qumni tekislash va h.k.
Tashkil qilish uchun bo‘sh ketgan vaqt, ya’ni o‘quv-tarbiyaviy masalalarni yechishga ta’luqli bo‘lmagan harakatlar yoki vaqtdan oldin darsning tugallash intizomining buzilishi, inventar-larning olinishi, o‘quvchining sababsiz ish faoliyatidan ketib qolishi natijasida mashg‘ulot vaqtida hosil bo‘ladigan tanaffuslar – bularning hammasi dars jarayonini oqlanmagan vaqtiga kiradi. Darsning umumiy zichligini hisoblashda dars uchun ajratilgan 45 daqiqa 100 foiz deb olinadi. Masalan: 42 daqiqa sarflanga bo‘lsa, hisob quyidagicha yechiladi:
45 daqiqa – 100 %
42 daqiqa – X % bundan
X= 42x100/45=93.3%
Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 93,3 %ni tashkil qiladi. Jismoniy maqshlar bajariladigan mashqlarda motor zichlik maxsus ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Masalan harakatlarni bajarishga 20 daqiqa sarflangan bo‘lsa, hisob qo‘ydagicha echiladi:
45 daqiqa - 100 %
20 daqika - X % bundan
X= 20x100/45=44.4%
Bizning misolimizda darsning umumiy zichligi 44,4% ni tashkil qiladi. Darsning umumiy va motor zichligini aniqlagandan keyin uni taxlil qilish kerak. Umumiy zichlikning eng yuqori bahosi 45 daqiqaning hammasi to‘g‘ri va aniq ishlatilishidir. Motor zichlikni optimal darajasi katta yoki kichkinaligi bir qancha faktorlarga yozish darsini vazifaga, mashg‘ulotni material tomonidan ta’minlangaligiga bog‘liq. Masalan: darsniig vazifasi o‘quvchilarni ularga yangi bo‘lgan harakat bilan tanishtirish bo‘lsa, shu harakatni yaxshiligiga va alohida elemetlarni bajarish usullarini tushuntirish diafilm va kinodasturlarni ko‘rsatish mumkin bo‘lgan tabiy holda o‘rganish.

Takomillashtirish darslaridagiga qaraganda motor zichlik kichik bo‘ladi. Hozirgi vaqtda jismoniy tarbiya darslaridagi optimal zichlik IV-Vsinflarda 37-47 %, VI-VII sinflarda 50-60 % yuqori sinflarda 70 % tashkil qilish kerak. Shu bilan birga quyidagilarni hisobga olish shart.




  1. Download 351.63 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling