Tomir urishini quyidagicha o‘lchash tavsiya etiladi.
1. Agar ish xususiyati doimiy bo‘lsa, saflanish, yugurish, umumrivojlantiruvchi mashqlar va h.k. har 3 minutda, 3 minutdan kam oraliqda tomir urishini o‘lchash maqsadga muvofiq emas yoki har bir asosiy mashq tugagandan keyin o‘lchash kerak. Chunki o‘quvchini tez tomir urishini o‘lchash uchun jalb etish, darsdagi haqiqiy yuklamani aniqlashga yordam bermaydi:
2. Har bir dars qismi tugagandan so‘ng.
3. Katta kuchlanishni talab etadigan yugurish, gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, yugurib kelib sakrash, estafeta bosqichini tugatish va h.k., murakkab mashqlarni bajargandan so‘ng.
Oxirgi ikki talabni bajarish shart, lekin birinchi talab bundan istisno. Masalan, 9 minutda tomir urishi o‘lchanishi kerak edi, lekin darsni borishidan ko‘rinib turibdiki, 1-2 minutdan so‘ng, darsni tayyorgarlik qismi tugaydi. Bunday hollarda pulsni 9 minutda emas, balki 10-11 minutlarda o‘lchash maqsadga muvofiq. Agar kuzatilayotgan o‘quvchi mashq bajarib turgan bo‘lsa, yuqoridagi vaziyat qaytarilishi mumkin.
Tomir urishi o‘lchangandagi ma’lumotning tahlili.
Dars aralash shaklda olib borildi. O‘quvchilar jismoniy tarbiya darsidan oldin matematika darsida bo‘ldilar. Dars boshlanishidan 5 min oldin kuzatiluvchi o‘quvchining tomir urishi 1 minutda 72 ta edi. 3 minutdan so‘ng o‘quvchining tomir urishi 78 taga ko‘paydi.
Buning sababi o‘quvchi tinch holatdagi yurishga o‘tganligida, chunki yurganda tinch turish holatiga qaraganda odam organizmiga ma’lum mikdorda yuklama ta’sir etadi, yurak ishi tezlashib, tomir urishi ham ko‘payadi. Yugurishdan so‘ng o‘quvchining tomir urishi taga ko‘payadi. Umumrivojlantiruvchi mashqdan so‘ng o‘quvchining tomir urishi ancha pasaydi. Masalan, nafasni rostlovchi mashqdan so‘ng 136,4 zarba mashqdan so‘ng egilishlar 150 marta, 6 mashq (oyoqni silash) 144 marta, 8 mashq nafasni rostlovchi 132 marta. Darsning tayyorgarlik qismi maqsadga muvofiq o‘tkazildi.
Tomir urishni kuzatiluvchi tomonidan mashq bajarib bo‘lgandan so‘ng o‘lchashnishi kerak, lekin o‘lchanish oralig‘i 3-5 minugdan oshmasligi lozim. Kuzatuvchi o‘zi o‘quvchining oldiga borishi kerak, chunki bu yuklamaning haqiqiyligini buzishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |