O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi
Yakka cho‘pda va tayanib sakrashda akrobatikadan va turnikda o‘rganilgan mashqlarni takomillashtirish. 2
Download 351.63 Kb.
|
Aliakbarov.B - KURS ISH
1. Yakka cho‘pda va tayanib sakrashda akrobatikadan va turnikda o‘rganilgan mashqlarni takomillashtirish.
2. Egiluvchanlikni tarbiyalash. 3. Mustaqillikni, dovyuraklikni, maqsadga intilishni tarbiyalash. Darsga tavsiya etilgan konspektda hamma vazifalar (o‘rgatish, tarbiyalash va sog‘lomlashgirish) bayon etilgan. Lekin bu vazifalarning aniq bo‘lmaganligi, ularnig dars jarayonida hal etilishini qiyinlashtiradi. Masalan: birinchi vazifa, turnikda, akrobatikada, yakka cho‘pda o‘rganilgan kombinastiyalarni takomillashtirish, sog‘lomlashtirish vazifasi kuchni va egiluvchanlikni tarbiyalash aniq emas. Bu vazifalar dasturning butun bo‘limini o‘z ichiga oladi. Bir darsda kuch va egiluvchanlikning hamma turlarini tarbiyalash mumkin emas. Buning o‘rniga mashqlar yordamida mushak va gruppalarini kuchini yoki egiluvchanligini tarbiyalash, deb yozganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 5-sinf vazifalarida “takomillashtirish” so‘zining qo‘llanishi maqsadga muvofiq emas. Dars vazifalarini hal etish uchua vositalar tanlash ham yaxshi o‘ylab chiqilmagan va tanlanmagan. Masalan, yakka cho‘p va turikda faqat butunligicha bajarishi tavsiya etiladi, kuch va egiluvchanlikni tarbiyalash uchun faqat bittadan topshiriq berilgan xolos. O‘quvchilarda mustaqillikni, qo‘rqmaslikni va maqsadga intilishi o‘qituvchi qanday uslub va vositalar bilan hal etilganligi konspektda ko‘rsatilmagan. Dars kosnspektida uyga berilgan topshiriqlar yozilmagan. Konspektni tashkiliy-uslubiy bo‘limidaga ko‘rsatmalar ko‘proq o‘quvchilarni darsda tashkil etishga tegishli bo‘lib, darsni o‘tish uslublariga va uslubiy usullariga taalluqli ko‘rsatmalar esa kam. Dars konspekta yuqori saviyada yozilgan bo‘lib, uning tashqi ko‘rinishi yaxshi bo‘lishi kerak. Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jixoz va anjomlarni joylashtirish masalalari ham yaxshi uylab chiqilmagan. Masalan, yakkacho‘p va past-baland brus oldida gimnastik to‘shaklar yo‘q, zaldagi gimnastika skameykalari hisobga olib qo‘yilmagan. Shu sababli, dars davomida o‘quvchilar yuqorida qayd etilgan kamchiliklarni to‘zatishga majbur bo‘ldilar. O‘qituvchi va o‘quvchilar tashqi ko‘rinishi kishida yaxshi taassurot qoldiradi va gigiena, estetika talablariga javob beradi, hamma o‘quvchilar bir xil sport kiyimida. Darsga ajratilgan vaqt samarali taqsimlanmagan. Dars qo‘ng‘iroqdan 3 minut oldin tugallandi. Darsning tayyorgarlik qismiga 12 minut, asosiy qismiga – 25 minut, yakunlovchi qismiga – 5 minut sarflandi. Dars qismlariga ajratilgan vaqtdan samarali foydalanilmaydi. Masalan, darsning tayyorgarlik qismida gimnastika darsida bajariladigan faoliyatga maxsus funksional tayyorgarlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksiga kam vaqt sarflangan holda, yugurish mashqlariga ko‘p vaqt ajratildi. Darsni asosiy qismida bajarilishi kerak bo‘lgan mashqlarga ham vaqt bir xil taqsimlanmadi. Umuman, darsning mashg‘ulot joyidan, qayta saflanish va bir mashg‘ulot joyidan ikkinchisiga va h.k. o‘tishlardan maqsadga muvofiq foydalanildi, lekin kamchilik kam bo‘ldi. O‘qituvchi o‘z ish joyini har doim ham to‘g‘ri tanlay olmadi, gohida turnikda bajaruvchilarga orqasi bilan turdi. Darsda o‘quv anjomlaridan yetarli foydalanilmadi. Masalan, past turnik va baland yakka cho‘pda mashq bajarilganda navbat kutuvchilar ko‘p bo‘ldi. Shu anjomlarda mashq bajarilishining zichligini oshirish uchun gimnastik skameykalardan va past yakka cho‘pdan foydalanilganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Darsning tayyorgarlik qismida, o‘quvchilarning faoliyatini tashkil etishda frontal uslubdan va mashqni bir paytda bajarish usuli- 166 dan to‘g‘ri foydalanildi ilonsimon yugurish; umumrivojlantiruvchi mashqlar kompleksi. Bu vaqtdan to‘la foydalanishga, yetarli og‘irlikni va harakat zichligini ta’minlashga imkon yaratdi. Darsning asosiy qismida shug‘ullanuvchilarni tashkil etishning guruhli uslubi va yakka cho‘pda, turnikda, akrobatika mashqlarini bajarishda, asosan, navbatma-navbat usuli qo‘llanildn. Buniig o‘rniga, birin-ketin yoki - birgalikda bajarish usullari qo‘llanil-ganida yaxshi bo‘lar yakka edi. Baland cho‘pda mashq bajarishda, o‘qituvchi yordamchi, ya’ni, to‘ntarilib qo‘yilgan gimnastik skameyka, past yakka cho‘p kabi qo‘shimcha anjomlardan ham foydalanishi kerak edi. Bu esa, o‘quvchilarning mashq bajarish uchun kutish vaqtlarini qisqartirishga va ularni harakat faolliklarini oshirishga imkoniyat yaratgan bo‘lar edi. Agar asosiy qism mashqlarini bajarishda o‘quvchilar o‘z-o‘zlarini kuzatish, bir-birlarining mashq bajarishlarini baholash kabi uslubiy usullardan foydalanilganda yaxshi bo‘lar edi. Darsning asosiy qismi uchun vositalarini tanlashda, bolalarning yosh xususiyatlari, ularning jismoniy va texnik tayyorgarliklari darajasi yetarlicha hisobga olinmadi. Masalan, turnikda bajariladigan mashqlarni hamma o‘quvchi bajara olgani yo‘q. Agar qo‘shimcha jihozlardan, masalan, har-xil balandlikdagi brusdan foydalanib, maxsus tayyorgarlik, yondoshtiruvchi mashqlar balanddagi jerdga osilib, pastga jerdga oyoqlar bilan tayangan holatdan bir oyoq bilan depsinib, ikkinchisi bilan siltanib, yuqori jerdga tayangan holatga kelish berilganda, ular darsdagi o‘rganilishi kerak bo‘lgan asosiy mashqni, ya’ni siltanish yo‘nalishi amplitudasini va tana holatini to‘g‘ri tasavvur qilishga yordam bergan bo‘lar edi. Bu esa, birinchidan, topshiriqning bajarilishini engillashti-rilgan, ikkinchidan, harakat malakasining ijobiy o‘tishini ta’minlagan bo‘lar edi. Mashqlarni takrorlanish soni yetarli bo‘lgani yo‘q. Umuman, o‘qituvchi so‘z usullarini biladi, lekin ulardan dars davomida foydalanishda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘ydi. O‘qituvchi darsda ko‘rsatma, buyruq usullarini qo‘proq, topshirini tushuntirish tasvirlab berish kabi uslublarini esa kam qo‘lladi. Haqiqatan, mashq bajarilish vaqtida qisqa mazmunli so‘z uslublari: ko‘rsatma berish, baholash, buyruq, ogohlantirish keng qo‘llanishi tabiiy. O‘qituvchi bolalarning jismoniy tayyorgarliklarini e’tiborga olmasdan, darsga takomillash-tirish vazifasini qo‘ygan. O‘qituvchi o‘z faoliyatini qayta o‘zgartirib, o‘quvchilar tomonidan mashqning mohiyati, uning bajarilish usullarini, mavjud xatolarni va ularning oldini olish va h. k. vazifalarini har tomonlama to‘liq tasavvur etishlari uchun tushuntirish har tomonlama ko‘rsatma berish, mashqni tasvirlab berish kabi uslubiy usullaridan foydala-nishi kerak edi. Bularning o‘rniga o‘qituvchi o‘quvchilarga yetarli darajadaga qo‘pollik bilan “Men aytdim, oyog‘ingni to‘g‘irla!”, “ Nega xato bajarding?” kabi iboralarni ishlatdi. O‘qituvchi ko‘rsatmalilik uslubining imkoniyatlaridan ham to‘g‘ri foydalana bilmadi. Mashqlarni bevosita ko‘rsatib berish faqat darsning tayyorgarlik qismida amalga oshirildi. 5-sinf o‘quvchilari uchun mashqni o‘qituvchi yoki mashqni a’lo bajara oladigan o‘quvchi bevosita ko‘rsatab berishi katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi tomonidan mashqlarni bevosita ko‘rsatib berilishi, o‘zining aniqligi, to‘g‘rililigi, engil bajarilishi bilan ajralib turishi kerak edi. Darsning asosiy qismida o‘qituvchi ko‘rsatmalilik kartochkalaridan foydalanadi. Kartochkalarda mashqning nomidan boshqa hech qanday ma’lumot yo‘q. Shuning uchun ham o‘quvchilarning ko‘pchiligi mashqlarni noto‘g‘ri bajardilar. Yakka cho‘pda, turnikda va akrabatika mashqlarini bajarishda harakatlarni butunligicha bajarish uslubining qo‘llanishi o‘zini oqlay olmadi. Chunki o‘quvchilarning harakat texnikasini egallash darajasi yetarlicha emas edi. Mashqning ayrim qismlarini yoki kombinastiya elementlarini yakka cho‘pda alohida o‘rganilib, keyin elementlar birlashtirilib, bir butunligicha bajarilganda maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Buning uchun o‘qituvchi o‘rganishning ayrim uslubiy usullarini, masalan, mashqni sekin, to‘xtab, e’tiborni asosiy elementlarga qaratgan holda, bajarish, oddiy ko‘rish va etish orenterlarni qo‘llashni bilishi kerak edi. Akrobatika mashqlarini bajarishda maxsus tayyorgarlik ko‘rilmadi va yondashtiruvchi mashqlardan foydalanilmadi. O‘qituvchi o‘quvchilarning mashq bajarayotganlarida xatolarini topa bildi, lekin ularni kelib chiqish sabablarini va to‘zatish yo‘llarini o‘quvchilarga tushuntira olgani yo‘q. Buning uchun mashqlarning bajarilishi jarayonida o‘quvchilarga xatolarini oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berishi, albatta mashq haqidagi tasavvurlarni aniqlashi va kengaytirishi kerak edi. Tarbiyaviy ish olib borishda o‘qituvchi ayrim hollarda o‘quvchilarga nisbatan kechirib bo‘lmaydigan qo‘polliklarga baqirib, hur-matsizlik, jerkish yo‘l qo‘ydi. Umuman, darsdagi intizom qoniqarli baholandi. O‘quvchilar berilgan topshiriqlarga nisbatan xayrixohlik va qiziqish bilan qaradilar, mashg‘ulotning ta’lim-tarbiyaviy qiymatini oshirish mumkin edi. Darsda o‘qituvchi tomonidan topshiriqlarni qo‘llash jismoniy mashqlarning texnikasini muhokama qilish, o‘z o‘rtog‘ini kuzatish va uni baholash kabilar darsda katta aqliy yuklamani ta’minlagan bo‘lar edi. Toza jihozlangan zal, yaxshi tashqi ko‘rinish – bularning zimmasi estetik tarbiyalash uchun yo‘naltirilishi kerak. “Eng yaxshi haykal” o‘yinining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmadi. Bu o‘yinda qaysi o‘quvchining haykali tabiiy va chiroyli, kimning ijodiy va tasavvur etish qobiliyati yaxshi rivojlangan bo‘lsa, o‘qituvchi butun sinf o‘quvchilarining diqqatini shularga qaratishi kerak edi. Umuman, darsning o‘tilishi yomon emas. Qayd etilgan kamchiliklarning ko‘pchiligiga asosiy sabab o‘qituvchining darsga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmaganligidadir. Pedagog eng avvalo o‘z diqqatini dars konspektini ishlab chiqish va uni to‘g‘ri yozishga qaratish kerak. Dars vazifalarini bajarish uchun o‘quvchilarning tayyorgarligiga mos bo‘lgan mashqlarni tanlash kerak. Topshiriqlarni tanlashda, ulardan faqatgina o‘rgatish vazifalarinigina hal etmasdan, balki sog‘lomlashtirish vazifalarini hal etishni nazarda tutish kerak. Bu esa ta’lim tarbiya jarayonini to‘liqroq hal etish imkoniyatini beradi. Darsning o‘tilishiga baho: Tahlil o‘tkazuvchi talabaning imzosi. Download 351.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling