Kuzatuvchi bu bo‘limda quyidagilarga e’tibor berishi kerak.
1. Darsning o‘z vaqtida boshlanishi va tugallanishi, Dars qismlari ayrim jixozlarda ish bajarish va mashq turlari uchun taqsimlangan vaqtning maqsadga muvofqligi;
2. Mashg‘ulot joyi, bor jixoz-anjomlardan foydalanish, o‘quvchilarni joylashtirish, saflantirish va qayta saflanishlarning maqsadga muvofiqligi, ularning tarbiyaviy qiymati.
3. Dars qismlarida o‘quvchilar ishini tashkil etish uslublari va ular variantlarning frontal, guruhi individual, aylanma mashq uslubi birin-ketin, baravariga va h.k. qo‘llanishini maqsadga muvofiqligi, ularning dars mazmuniga va vazifalariga, o‘quvchilarning yoshlariga mosligi, darsning yuklamasi va zichligiga ta’siri. Misollar bilan tasdiqlanadi.
4. Darsniig qismlarida o‘quvchilarning harakat faolliklarini oshirish uchun qanday uslubiy usullardan foydalanildi, ularniig dars vazifalarini xal etishdagi samaradorligi. Misollar bilan tasdiqlanadi.
5. Darsda o‘quvchilardan yordamchilar (jismoniy tarbiya tashkilotchisi, navbatchi, boshlig‘i) sifatida foydalanishning effektivligiga ularning o‘z vazifalarini bajarishga tayyorgarliklari, umumta’lim maktablarida jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari. Pedagogning o‘z yordamchilari ishlarini nazorat qilishi va baholashi.
Darsda qo‘llanadigan vositalarga xarakteristika .
Darsning tayyorgarlik qism vositalarini, uning bajaradigan funksiyasiga muvofiqligi maxsus tayyorgarlik va yondoshtiruvchi, o‘quvchilarni darsga jalb etuvchi mashqlarning mavjudligi va yuklamaning yetarli bo‘lishi.
Darsning asosiy qismi uchun mashqlarni tanlash, shug‘ullanuvchilarning imkoniyatlarini inobatga olish, o‘zlashtirayotgan materialning ketma-ketligi, mashqlarni bajarish uchun yengillashtarilgan sharoitlar yaratish, ko‘nikma va malakalarni hisobga olish, topshiriqning takrorlanishini yetarli bo‘lishi va. h.k. to‘g‘ri amalga oshirildimi?! Hammasi misollar bilan tasdiqlanadi.
Darsniig yakunlovchi qismiga vositalar tanlashda asosiy qismda bajarilgan ishlarning xususiyatlari e’tiborga olinganmi, organizmning tiklanishi ta’minlanganmi va boshqalar?
Uyga topshiriqlar, ularning to‘g‘riligi va xususiyatlari, ularni qo‘llanishiga bo‘lgan asosiy talablarga rioya qilinganmi? Oldingi dars topshriqlarini tekshirish amalga oshirildimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |