O’zbekiston respublikasi oliy va orta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi


a) Tayanch-harakat apparatining passiv kuchlari – muskullarning elastik kuchi, muskullarning choʻziluvchanligi. b)


Download 351.63 Kb.
bet6/25
Sana18.06.2023
Hajmi351.63 Kb.
#1586582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Aliakbarov.B - KURS ISH

a) Tayanch-harakat apparatining passiv kuchlari – muskullarning elastik kuchi, muskullarning choʻziluvchanligi.
b) Harakat apparatining faol kuchlari – muskullarning tortish kuchi.
d) Reaktiv kuchlar – tezlashgan harakat jarayonida gavda zvenolarining bir-biriga munosabati vaqtida aks etuvchi kuchlar.
Kishi gavdasiga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlar tashqi kuchlar deyiladi. Jismoniy mashqlarni bajarishda quyidagilar tashqi kuchlar hisoblanadi:
a) Oʻz gavdasining ogʻirlik kuchi.
b) Tayanch reaksiyalarining kuchi.
d) tashqi muhitning suv, havo va fizik jismlarning (kurashdagi raqiblar, akrobatikadagi sheriklar) qarshilik kuchi, tashqi ogʻirliklar, odam joyidan siljitadigan jismlarning inersion kuchlari.
Jismoniy mashqlarni bajarish fazalari Muayyan harakatni tashkil etuvchi jismoniy mashq muvofiq navbatda taqsimlangan: faoliyat qaysi harakat bilan boshlanadi, qaysi biri bilan yakunlanadi. Oʻrgatish va ilmiy maqsadlarda jismoniy mashqlarni uch fazaga ajratish maqsadga muvofiqdir.
Harakat tizimi Yugurish-depsinish-uchish-yerga tushish Harakat fazalari 1 2 3 4 Harakat qismlari Tayyorgarlik Asosiy Yakunlovchi Jismoniy mashqlarning davom etishi va shiddatiga qarab organizmdagi oʻzgarishlar jarayonini koʻrsatuvchi fazalar. SIQD- CHT - sport ish qobiliyati dinamikasi, charchash va uni tiklash. FFD - organizmning ayrim tizimlarini funksional faollik dinamikasi. BMS - bioenergetik moddalarning sarflash va tiklash dinamikasi. SS - superkompensatsiya samaradorligi.
Tayyorgarlik fazasining ahamiyati harakatni bosh fazada bajarish uchun eng qulay sharoit yaratishdan iborat. Masalan, yugurib borib sakrashda tayyorgarlik fazasi yugurib borishdir. Joydan sakrashda – itarilish oldidan qoʻllarni silkitib va oyoqlarni bukib depsinish asosiy faza harakatlaridan iborat, uning yordami bilan harakatning asosiy vazifasi echiladi. Masalan, depsinish, joydan sakrash, uchish.
Asosiy fazadagi harakatlar bevosita asosiy harakat vazifalarini hal qilishga qaratilgan. Biodinamik nuqtai nazardan bu fazadagi eng muhim narsa harakatlantiruvchi kuchlardan tegishli joyda, tegishli yoʻnalishda va zarur lahzada toʻgʻri foydalanishdan iboratdir.

Masalan, krol usuli bilan suzishda qoʻllarni vaqtidan ilgari faol harakatlantirish gavdani suvdan koʻtarishga va toʻlqin paydo boʻlishiga sabab boʻladi. Soʻnggi fazada harakat tugallanadi, obrazli qilib aytganda, bu faza ishchi holatdan chiqishga imkon beradi. Sakrashlarda bu yerga qoʻnish, yugurishda marradan keyin bir oz yugurish boʻladi. Asosiy faza texnikaning asosini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan, qolgan ikkita faza esa texnikaning detalini tashkil etuvchi harakatlar yordami bilan amalga oshiriladi.


Jismoniy mashqlarning pedagogik turkumlari Jismoniy mashqlarning turkumlarga boʻlinishi – bu ularning eng muhim belgilariga muvofiq bir-biriga bogʻlangan guruhlarga taqsimlanishidir. Oʻqituvchi turkumlar yordamida jismoniy mashqlarning xususiyatini aniqlay oladi, binobarin, mashqlarni tanlashni engillashtiradi, bu pedagogik vazifa talablariga javob beradi. Modomiki, jismoniy tarbiya fani rivojlanib borar ekan, yangi ma’lumotlar bilan uzluksiz boyib turadi, turkumlash esa doim bir xilda boʻlib qolmaydi. Har qaysi jismoniy mashq bitta emas, balki bir necha oʻziga xos belgilarga ega. Shuning uchun aynan bir xil mashq har xil turkumlarda ifodalangan boʻlishi mumkin. Masalan, tortilish anatomik belgilar boʻyicha qoʻllar va mushaklar uchun mashq turkumlarda ham, asosan, harakat sifatlarining koʻproq kuchning rivojlanishini aks ettiruvchi turkumlarda ham namoyon boʻladi. Binobarin, har qanday holat uchun yaroqli yagona turkum yaratilgan boʻlishi mumkin emas; turkumda pedagogik vazifalarni yechish uchun eng ahamiyatli belgilarni hisobga olish kerak. Jismoniy tarbiya tizimlari tarixan tarkib topgan belgilari boʻyicha jismoniy mashqlar turkumlariga (gimnastika, oʻyin, turizm, sport) boʻlinadi.

Download 351.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling