Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


I BOB. BOLA SHAXSIDA FRUSTITATSION REAKSIYALAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR


Download 57.59 Kb.
bet5/9
Sana05.01.2022
Hajmi57.59 Kb.
#231619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5229239029249084466

I BOB. BOLA SHAXSIDA FRUSTITATSION REAKSIYALAR SHAKLLANISHIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR

1.1. Psixologiyada bola shaxsining oʻrganilishi


Bolalar psixologiyasi — psixologiya sohasi, bolalar psixologik rivojlanishining umumiy va aloxida xususiyatlarini, turli yosh bosqichlarida bu jarayon qanday kechishi, uni harakatlantiruvchi kuchlar va qonuniyatlarni tadqiq qiladi. Shu sababli Bolalar psixologiyasini koʻpincha yosh psixologiyasi deb ataydilar.

Bolalar psixologiyasi bolalarda psixik jarayonlar (maʼrifiy, nutqiy, hissiy, irodaviy va h. k.) paydo boʻlishi va rivojlanishini, psixik xususiyatlar qaror topishini, xilma xil faoliyatning (oʻyinlar, oʻqish, mehnat) rivojlanishini, bolaning shaxs sifatida shakllanishini oʻrganadi. Bolalar psixologiyasi umumiy psixologiyada ishlab chiqilgan tadqiqot usullaridan foydalanadi, biroq uni qoʻllashning oʻziga xos xususiyatlari bor. Bola shaxsi yosh xususiyatlarini oʻrganishda koʻndalang kesma va longityud deb nomlangan tadqiqotlar oʻtkaziladi.

Bolalar psixologiyasi 19-asr oʻrtalarida mustaqil fan sifatida ajralib chiqa boshladi. U pedagogika psixologiyasi, ped., oliy asab faoliyati fiziologiyasi bilan chambarchas bogʻlangandir. Uning maʼlumot va xulosalari yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalash nazariyasi va amaliyoti uchun, umumiy psixologiya uchun muhim ahamiyatga ega

Bola — asosiy maʼnosi — bolalik davridagi inson. Bolalikning yosh chegaralari turli madaniyatlarda, hayotiy sikl nazariyalarida va huquqiy tizimlarda farq qiladi. Umuman olganda, bola deb tugʻilish paytidan boshlab to jinsiy balogʻatga yetguncha boʻlgan davrdagi insonga aytiladi. Qiz — ayol jinsidagi bola; Oʻgʻil — erkak jinsidagi bola.

Olimlar bola haqidagi taʼlimot eramizdan oldingi IV asrda tibbiyot otasi Gippokratning "Bola tabiati haqida" nomli kitobi bilan boshlangan deb hisoblaydilar. Keyinchalik (I—II asrlar) bolalarni tarbiyalash va parvarishlash haqida Sels, Galen va Soranlar yozadilar. Keyingi 15 asr davomida amalda oldin Galen va Soran tomonidan bayon etilganlar takrorlandi. Lekin, koʻp bolalar oʻlimi, muhtojlarga yordam beruvchi tashkilotlarning paydo boʻlishi, shuningdek Yevropaning ayrim davlatlarida tashlandiq va boquvchisini yoʻqotgan bolalar uchun tarbiya uylarining ochilishi XV-XVII asrlarda bolalar organizmining oʻziga xos xususiyatlariga qiziqish uygʻonishiga sababchi boʻldi — bolalarni tarbiyalash va parvarishlashga bagʻishlangan koʻp sonli asarlar chop etildi

Bolalik davrlari :

• yangi tugʻilganlik davri (hayotining birinchi toʻrt haftasi (28 kun))

• emadigan yosh (hayotining 29-kunidan boshlab bir yilgacha)

• yasli yoki maktabgacha yoshdan oldingi davr (uch yilgacha)

• maktab yoshigacha boʻlgan davr (uch yildan yetti yilgacha)

• kichik maktab yoshi (yetti yoshdan oʻn bir yoshgacha)

• katta maktab yoshi (oʻn ikki yoshdan oʻn yetti - oʻn sakkiz yoshgacha)

Balogatga yetish Yoshi

• Koʻpchilik davlatlarda balogʻatga yetish yoshi 18 yoshdan boshlanadi.

• Balogʻatga yetishning eng kichik yoshi Farer orollarida oʻrnatilgan — 14 yosh.

• Kubada balogʻatga yetish 16 yoshda keladi.

• Oʻzbekistonda balogʻatga yetish yoshi — 18 yosh.

Yangi tug;ilganik davri Yangi tugʻilganlik davri. Bu davr yangi tugʻilgan bolaning birinchi yigʻisi bilan boshlanib, 10 kunlikgacha davom etadi. Birinchi yigʻi yangi tugʻilgan bolaning birinchi toʻla qiymatli nafas olishini bayram qilish bilan birga koʻpchilik mualliflarning taʻkidlashicha, kommunikativ ahamiyatga ega: u faqatgina onaning diqqatini tortibgina qolmasdan, balki u bilan kontakt (bogʻliqlik) oʻrnatadi (Tankova-Yampolskaya).

Bu davrda yangi tugʻilgan bolaning yangi sharoitga moslanishi boshlanadi. Bu esa rivojlanishning muhim kritik davrlaridan biri hisoblanadi.

Yangi tugʻilgan bola ona organizmidagi nisbatan doimiy harorat sharoitdan (370S) harorati pasaygan sharoitga tushib qoladi va shu sababli ham unda issiqlik hosil boʻlishining yuqori darajasi qayd qilinadi: 1 kg tirik vaznga 176,4 Dj hosil boʻladi, (voyaga yetgan odamlarda esa 100,8 Dj/kg).

Yangi tugʻilgan bolaning terisi tvorogsimon moy bilan –moy bezlarini sekreti bilan qoplangan boʻladi. Moydan tozalangandan keyin teri qizaradi va soʻngra esa poʻst tashlaydi. Bola hayotining birinchi kunlarida terisining rangi sariqroq rangga kirishi kuzatiladi. Bu hodisa hayotining 7-10 kuniga borib yoʻqoladi.

Koʻpchilik bolalar hayotining birinchi kunlarida dastlabki massasining 5-8 % ni yoʻqotadilar (150-300 gr.gacha), soʻngra tana massasi asta-sekin orta boradi va birinchi, asosan ikkinchi haftaning oxirida dastlabki darajaga yetadi. Yangi tugʻilgan bola siydigi tarkibida moddalar almashinuvining oksidlanmagan mahsulotlari uchraydi, katta miqdorda siydik kislotasi hosil boʻladi. Siydik kislotasining tuzlari siydikni jadal sariq rangga boʻyaydi; bunday siydik tindirilganida qizgʻichroq rangdagi choʻkma hosil qiladi.

Bolalar odatda bir necha tugʻma shartsiz reflekslar bilan tugʻiladi. Taʻsirotchining taʻsiriga amalda butun organizm bilan javob reaksiyasi qaytaradi, bu jarayonning yuzaga kelishi markaziy asab tizimida qoʻzgalishni keng irradiasiyasiga bogʻliqdir. Bolaning rivojlanishini dastlabki bosqichlarida, yaʻni hali bosh miya poʻstlogʻining morfologik rivojlanishi yetarlicha yetilishga ega boʻlmagan paytda, miyaning poʻstloqosti tuzilmalari tomonidan boshqariluvchi reaksiyalarning generallashuvi kuzatiladi.

Yangi tugʻilgan bolalarda lab, teri, ogʻizoldi oblastni, boʻyin, tilni shilliq pardasini retseptorlarini qoʻzgʻatilishiga emish-soʻrish refleksi javob sifatida namoyon boʻladi. Himoya reflekslaridan koʻzni yumish refleksi yaxshi rivojlangan boʻlib, uning refleksogen zonasi bolaning birinchi hayoti kunlarida juda keng boʻlib qovoqlarni, kipriklarni, qosh, burunning yonbosh yuzalaridagi retseptorli hosilalarini qamrab oladi. Yoshga bogʻliq holda bu reflekslarning refleksogen zonalari toraya boradi.

Chaqaloqlarda kaftlarga tekkanda ushlab qolish refleksi va oyoqning ushlash refleksi oyoq kaftini oldingi qismini qoʻzgʻatgan paytda kuchli namoyon boʻladi.

Yangi tugʻilgan bolaning terisi orqali ogʻriqli va haroratli taʻsirlarga reflekslar (umumiy va mahalliy xarakterga ega boʻlgan harakat reaksiyalari) va tananing holatini oʻzgarishiga boshning qoʻyilish labirint reflekslarini chaqirish mumkin. Yangi tugʻilgan bolalar shirin, achchiq nordon va shur taʻmlarga juda sezgir boʻladi va ularga emish-surish harakatlari, bilan, ikkinchisiga yuzini burishtirib, uchinchisiga ogʻizlarini qiyshaytirib va nihoyat til va lablarini chuchaytirib reaksiya qiladi.

Tovushli qoʻzgʻatuvchilarga yangi tugʻilgan bolalar seskanish, umumiy xarakat, nafas va yurak qisqarishlar chastotasining oʻzgarishi bilan bezovtalanish tipidagi umumiy reaksiyalar bilan javob qaytaradi. Bu primitiv holdagi chamalash refleksidir. Koʻpchilik hollarda bu chamalash refleksi bolalarning dastlabki soatlarida tovushli qoʻzgʻatuvchilarga emish harakatlarini toʻxtatilishi shaklida javob beradi.

Yangi tugʻilgan bolalar koʻrish taʻsirotchilarga generallashgan reaksiya bilan javob qaytarishi, yaʻni yorituvchi predmet orqasidan koʻz bilan navbatma-navbat kuzatib boradi.

Yangi tugʻilgan bolalarning chamalash reaksiyalariga jiddiy toʻxtalib oʻtish zarur. Bolalar hayotining dastlabki kunlaridan turli analizatorlarning qoʻzgʻatilishi natijasida chaqiriladigan reflekslar deb ham yuritiladi. Ular shartli reflekslar tipidagi moslanish reaksiyalarining yoʻq paytlaridagi qoʻzgʻatishlarni elementar tahlilini taʻminlovchi organizmning biologik jihatdan muhim moslanish faoliyati hisoblanadi.

Dastlab chamalash reaksiyalari umumiy seskanish va bolaning mavjud boʻlgan harakat faolligining vaqtincha toʻxtalishi shaklida va diffuzli harakat reaksiyalari bilan nafas olishni biroz toʻxtashi bilan namoyon boʻladi.

Qator mualliflarlarning maʻlumotlariga koʻra tugʻilgandan keyin 1-hafta oxirida va 2-hafta boshida tovush va yorugʻlikga reaksiyalar aniq chamalash-izlash xarakterida boʻladi.

Tugʻilganidan 10-12 kun oʻtgach atrof-muhit taʻsiri ostida organizmni rivojlanishi, chaqaloqning shartli reflekslarini xarakterini oʻzgartiradi. Qator shartsiz reflekslarning refleksogen zonalari torayadi, ulardan koʻpchiligi soʻnadi yoki oʻz faoliyatini oʻzgartiradi. Tugʻma reflektor reaksiyalarning bunday qayta qurilishida shakllanayotgan shartli reflektor bogʻlanishlar asosiy rolni oʻynaydi.

Bolalar hayotining birinchi kunlarida nafas olish va ovqat hazmi jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan interoretseptiv impulslar shartli reflektor ahamiyatga ega boʻladi. Bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq uni oziqlantirish vaqtiga nisbatan natural shartli reflekslarni hosil boʻlishini qayd qilish mumkin, bu holat bolaning uyqudan uygʻonish va yuqori harakat faolligi bilan namoyon boʻladi. Maʻlumki, bunday reflekslar faqatgina oziqlantirish tartibiga qatʻiy rioya qilingan paytda namoyon boʻladi. Oziqlantirish tartibiga qatʻiy rioya qilinganida, chaqaloqlarning 6-7 kunligida, oziqlantirishga 30 daqiqa qolganida shartli reflektor holda leykositlar miqdorini ortishi kuzatiladi, ularda ovqatlanishdan oldin gazlar almashinuvi ortadi. Ikkinchi haftaning oxiriga kelib bolalarda oziqlantirish uchun yotqizish holatiga nisbatan emish-surish harakatlari shaklidagi shartli reflekslar paydo boʻladi. Bu yerda doimiy ravishda oziqa bilan mustahkamlanuvchi teri, harakat va vestibulyar apparatlarning retseptorlariga taʻsir koʻrsatuvchi kompleks qoʻzgʻatuvchilar signal boʻlib hisoblanadi. Bola hayotining ushbu bosqichida shartli qoʻzgʻatuvchilar sifatida faqat interoretseptiv va prorioretseptiv qoʻzgʻatishlar taʻsir koʻrsatadi.

Shartli oziqaviy harakat reflekslarini hosil qilish uchun yangi tugʻilgan bolaning ona koʻkragi bilan oziqlantirilishining boshlanishi muhim ahamiyatga ega boʻladi. Agar chaqaloqni ona koʻkragi bilan tugʻilganidan keyin 20-30 daqiqadan keyinoq oziqlantirish boshlangan boʻlsa, teriga tegishiga va oziqlantirish paytida bosh, tana, qoʻl, oyoqlar holatining oʻzgarishiga shartli oziqa reflekslari, birinchi 2 yoki 3 kecha-kunduzda oziqlantirishdan keyin hosil boʻladi va hayotining ikkinchi kunidayoq aniq koʻrinadi.

Agarda chaqaloqni ona koʻkragiga tugʻilganidan keyin 12-soatdan keyin taqagan boʻlishsa, xuddi yuqoridagidek qoʻzgʻalishlarga birinchi shartli reflekslar 6-8 kunlari hosil boʻladi. Tugʻilganidan keyin bolalarni 18-20 soatdan keyin koʻkrak bilan dastlab oziqlantirilgan boʻlsa bunday shartli reflekslar faqat 10-12 kundan keyin hosil boʻldi (I.A.Arshavskiy).

Goʻdaklik-emadigan yosh (10 kundan 1 yilgacha).Bu yoshda moddalar almashinuvi jarayonlari juda jadal kechadi va ularning boʻyini va vaznining ortishi kuzatiladi. Ovqat hazmi organlari funksiyalarini tiklanishi jadal darajada boradi, lekin bu jarayonni tugallanishdan ancha orqada qolayotganligi sababli, emadigan bolalarda tez-tez meʻda-ichaklar tizimining buzilishi kuzatilib turadi.

Ona organizmidan olingan immunitet tufayli bolalar 3 oylik yoshgacha yuqumli kasalliklar bilan kasallanmaydi. Bu davrda bolalar (2,5-3 oylikgacha) boshini vertikal holatda ushlash qobiliyatiga erishadi. Aynan ana shu davrda bolalarning nafas harakatlarining (ritmining) tabiiy holdagi kamayish belgilari qayd qilinadi. aniqligiga qarab bu jarayon juda ogʻir, katta shaxsiy farqlar bilan hosil boʻladi.

Hayotning 3-4 oylarida sunʻiy eshitish va koʻrish shartli qoʻzgʻatuvchilarning aniq tabaqalanishi kuzatiladi. Yana biroz keyinroq (5-oylikga yaqin) kechikuvchi tormozlanishlar hosil boʻla boshlaydi.

Bolalar hayotining birinchi yilini, ikkinchi yarmida ularning bedorlik vaqti 10 soatgacha yetadi. Bu esa bolalarda koʻplab yangi musbat va manfiy shartli reflekslarni hosil boʻlishiga olib keladi va kechikuvchi tormozlanish rivojlanadi. Bu davrda chamalash reaksiyalarini chaqiruvchi boshqa qoʻzgʻatuvchilar taʻsiri natijasidagi bolalarning kerak boʻlmagan reaksiyalarini tormozlovchi, toʻxtatuvchi tashqi tormozlanish muhim rol oʻynaydi.

2,5-3,0 oylikdan 5-6 oylikgacha boʻlgan davrda oʻtira boshlaydi, ona suti bilan qoʻshimcha oziqalarni isteʻmol qila boshlaydilar. 6-7 oylarda bolaning dastlabki sut tishlari chiqa boshlaydi.

Bolalar hayotining birinchi yili davomida uning normal rivojlanishi uchun uyqu, bedorlik, oziqlanish va toza havoda aylanishlarning qatʻiy tartibiga rioya qilish muhim hayotiy rol oʻynaydi, yaʻni shartli reflekslar tipini hosil qilish, ularning oʻzgarishi, tartibini buzilishi, bolalarni ogʻriqli reaksiyalarga olib boradi.

Bolalar nisbatan erta (1,5 oydan boshlab) atrofda oʻtirganlarni soʻzlariga reaksiya qila boshlaydilar. Bu paytda birgina aytilgan soʻzlar tovushiga emas balki odamga, uning mimikasiga reaksiyalar yuzaga keladi. Agar shu paytda bolaga gapirayotgan odamlarni aritukulyasion mimikasi koʻrinmasa unga gapirilgan gaplarga hyech qanday reaksiya qilmaydi.

Aytilgan soʻzlarni tushunish quyidagi tartibda bajariladi: dastlab bolani oʻrab turuvchi narsalarni nomlari qabul qilinadi, oʻyinchoqlarni nomi, voyaga yetgan odamlarni ismi, keyin predmetlarning koʻrinishi, soʻngra tana va yuzning qismlarini nomlari tushuniladi.

1,5 oylikdan boshlab harakat tovushlarining rivojlanishi boshlanadi. Bolalar sekin-asta gapirishdan, tili chiqishdan oldingi tovushli reaksiyalar deb ataluvchi ancha murakkab tovushlar chiqaradi. Ular orasidan keyinchalik alohida-alohida soʻzlarni elementlari boʻlib qoluvchi koʻplab tovushlarni farqlash mumkin.

Normal rivojlanuvchi bolalarda til chiqish oldidan quyidagi navbatlashuvning rivojlanishi aniqlanadi.

Bolalarning yoshi Tovushli reaksiyalar 5-6 oylikdan 11-12 oylikgacha tik turishni oʻrgana boshlaydi va sekin-asta aralash ovqatlarni isteʻmol qilishga oʻta boshlaydilar.

Dastlabki 3-4- haftalar davomidagi hayotning katta qismida bolalar uxlaydi, qisqa muddatli bedorlik tufayli shartli reflekslar hosil qilish ancha chegaralangan va katta miqdorda shartsiz reflekslar bilan birgalikda takrorlash zarur boʻladi. Hayotning 1-oyida hosil qilingan shartli reflekslar chidamsiz boʻladi. Oziqaviy qoʻzgʻatuvchilar bilan hosil qilingan shartli reflekslar himoya va eksteroretseptorlarni qoʻzgʻatishdan hosil qilingan shartli reflekslarga nisbatan ancha chidamli boʻladi. 1,5 yoshlik shovqinli a-aa, g-uu, bu-u va boshq.

2-3 oylik ancha turli tuman shovqinli

4 oylik cholgʻi asbobi chalgandek: al-le-ye, agi va boshq.

7-8,5 oylik turli soʻzlarni bulaklab aytish (ba-ba,da-da,a-na)

8,5-9 oylik boʻlaklarni qoʻshib aytish-turli intonatsiyalar bilan soʻzlarni takrorlash.

Shovqin-suronli gʻuvlash – bu tovush va nafas apparatlarini sekin-asta soʻzlar tovushini bajarish uchun tayyorlovchi mashqlardir.

Tovush apparatlarining retseptorlarini qoʻzgʻatish gʻuvlash va turli soʻzlarni boʻlaklab aytish payti, koʻp martalab eshitish zonasining qoʻzgʻatilishi bilan birgalikda kechadi.
Bola onasini koʻrgan paytda «kompleks harakatlar» bilan oʻz quvonchini namoyon qilsa, qoshiq bilan dorini koʻrganida esa qichqirib yigʻlaydi va teskari oʻgirilib oladi.

Analizatorlar tizimining morfologik yetilish darajasiga qarab yangi-yangi shartli reflekslar hosil boʻladi. Goʻdaklik davrida bolaning barcha analizatorli tizimlari jiddiy darajadagi yetilishga ega boʻladi va shartli reflektor bogʻlanishlar hosil qilishga qoʻshiladi.

Bolalar hayotining birinchi yarim yilidagi oliy asab faoliyatining ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri boʻlib bir vaqtning oʻzidagi qoʻzgʻalish komplekslariga (oziqlantirish paytidagi tananing holatiga hosil boʻladigan refleks misol boʻlib hisoblanadi) shartli reflekslar hosil qilaolish xususiyatidir. Bu davrdagi javob reaksiyalari yakka reflektor-aktlar boʻlib hisoblanadi (misol, koʻzni ochib-yumish). Bu davrda bir necha reflektor aktlardan zanjirlar shakllana olmaydilar.

Bolalarning asab hujayralarining funksional imkoniyatlari past boʻlganligi sababli, ular ancha oson chegaradan chiqqan tormozlanish va uyqu holatiga tushadilar. Bolalar hayotining birinchi kunlaridanoq shartsiz tormozlanishlar namoyon boʻla boshlaydilar. Agar ularning biron joyida ogʻriqli nuqta boʻlsa, bolalar emchakni ogʻziga olmaydi. Bolalarning bu hayoti davrida shartli tormozlanishlar hosil boʻla boshlaydilar, lekin qoʻzgʻatuvchi jarayon kuchining zaifligiga koʻra yaʻni chamalash refleksini

chaqiruvchi boshqa qoʻzgʻatuvchilar taʻsiri natijasidagi bolalarning kerak boʻlmagan reaksiyalarini tormozlovchi, toʻxtatuvchi tashqi tormozlanish muhim rol oʻynaydi.

Bolalar hayotining birinchi yili davomida uning normal rivojlanishi uchun uyqu, bedorlik, oziqlanish va toza havoda aylanishlarning qatʻiy tartibiga rioya qilish muhim hayotiy rol oʻynaydi, yaʻni shartli reflekslar tipini hosil qilish, ularning oʻzgarishi, tartibini buzilishi, bolalarni ogʻriqli reaksiyalarga olib boradi.

Bolalar nisbatan erta (1,5 oydan boshlab) atrofda oʻtirganlarni soʻzlariga reaksiya qila boshlaydilar. Bu paytda birgina aytilgan soʻzlar tovushiga emas balki odamga, uning mimikasiga reaksiyalar yuzaga keladi. Agar shu paytda bolaga gapirayotgan odamlarni aritukulyasion mimikasi koʻrinmasa unga gapirilgan gaplarga hyech qanday reaksiya qilmaydi.

Aytilgan soʻzlarni tushunish quyidagi tartibda bajariladi: dastlab bolani oʻrab turuvchi narsalarni nomlari qabul qilinadi, oʻyinchoqlarni nomi, voyaga yetgan odamlarni ismi, keyin predmetlarning koʻrinishi, soʻngra tana va yuzning qismlarini nomlari tushuniladi.

1,5 oylikdan boshlab harakat tovushlarining rivojlanishi boshlanadi. Bolalar sekin-asta gapirishdan, tili chiqishdan oldingi tovushli reaksiyalar deb ataluvchi ancha murakkab tovushlar chiqaradi. Ular orasidan keyinchalik alohida-alohida soʻzlarni elementlari boʻlib qoluvchi koʻplab tovushlarni farqlash mumkin.

Normal rivojlanuvchi bolalarda til chiqish oldidan quyidagi navbatlashuvning rivojlanishi aniqlanadi.

Bolalarning yoshi Tovushli reaksiyalar.

1,5 yoshlik shovqinli a-aa, g-uu, bu-u va boshq.

2-3 oylik ancha turli tuman shovqinli

4 oylik cholgʻi asbobi chalgandek: al-le-ye, agi va boshq.

7-8,5 oylik turli soʻzlarni bulaklab aytish (ba-ba,da-da,a-na)

8,5-9 oylik boʻlaklarni qoʻshib aytish-turli intonatsiyalar bilan soʻzlarni takrorlash.

Shovqin-suronli gʻuvlash – bu tovush va nafas apparatlarini sekin-asta soʻzlar tovushini bajarish uchun tayyorlovchi mashqlardir.

Tovush apparatlarining retseptorlarini qoʻzgʻatish gʻuvlash va turli soʻzlarni boʻlaklab aytish payti, koʻp martalab eshitish zonasining qoʻzgʻatilishi bilan birgalikda kechadi.

Bolaning erta tilini chiqish reaksiyasi voyaga yetgan odamlar bilan aloqasini urnatilishi emotsional bogʻlanishlarni qoʻllab quvvatlanishini taʻmin etadi.

Tilni chiqishi oldidan tovushli reaksiyalarning oʻz vaqtida va faol rivojlanishi atrofdagi odamlar bilan muamola qilish uchun yetarlicha muhim; agar bola bunday muloqotdan mahrum etiladigan sharoitda boʻlsa, uning tovush reaksiyalari soʻnadi va gapirish funksiyasining rivojlanishi kechikadi.

Qulay sharoitlarda bolalar bir yoshlik paytida 6-10 tagacha oddiy soʻzlarni (o-na, o-ta, ay-ya, bo-bo, mo-mo va hokazo) ayta oladigan boʻladi.

Aytiladigan soʻzlarni rivojlanishi uchun harakat analizatorlarining ishtiroki favqulodda muhimdir. Bolaning umumiy harakatchanligini chegaralash gapirish funksiyasini rivojlanishiga va bolaning barcha ruhiy rivojlanishiga (manfiy) salbiy taʻsir koʻrsatadi.

Nutqning rivojlanishida eshitishning ishtiroki juda zarur. Bolani tili chiqquniga qadar eshitish organlari buzilgan boʻlsa uni goʻng boʻlib qolishga olib keladi.

1-yoshning oxiriga kelib bolalar uchun ekstroretseptiv qoʻzgʻalishlar kompleksi ahamiyatliroq boʻlib qoladi, shu jumladan soʻzlar ham. Shuni qayd qilish kerakki, 1 yoshdagi bolalar uchun ayrim predmetlarga emas balki qoʻzgʻatuvchilar kompleksiga, yaʻni butun bir holatga reaksiya qilish xarakterli xususiyat boʻlib qoladi. Lekin, bu davrda bolalarning soʻzlarga reaksiyasi oʻz-oʻzidan ahamiyatli boʻlmasdan balki kompleks qoʻzgʻalishlar bilan aniqlanadi va faqat keyinchalik soʻz oʻz-oʻzidan boʻladigan signal ahamiyatini oladi. (Kolsova). Bolalar hayotining 1-yili davomida dastlab ayrim tovushlarni aytish, soʻngra oʻz boʻlaklarini va nihoyat soʻzni oʻzini aytishi uchun faol mashqlar bajariladi.

Bolalar tomonidan ayrim nutqli tovushlar yoki ularning kombinatsiyalari atrofdagilar tomonidan aytiladigan soʻzlar singari bevosita taʻsir koʻrsatuvchi qoʻzgʻatuvchi signallar kabi taʻsir koʻrsatganidan boshlab gapirish boshlanadi. Bunday holat bolalarning 1- yoshning oxirida va 2-yoshning boshida yuz beradi, shu paytdan boshlab nutq signallar signali boʻlib qoladi.

Dastlabki bolalik (boshlangʻich yoki bogʻcha yoshi). (1 yoshdan 3 yoshgacha boʻlgan davr). Bu davr uchun asab tizimining morfologik va funksional jihatdan takomillashishi xarakterlidir. Muskul tizimining rivojlanishi va asab tizimining koordinasiyalovchi funksiyasi oʻtirish, tik turish va yurish kabi oʻrganilgan odat va mahoratlarning mustahkamlanishini taʻmin etadi.

Uch yoshga kirgan bolalarda tinchlik holatida nafas harakatlarining chastotasi bir daqiqada 26-24 martagacha (yangi tugʻilgan paytda bir daqiqada 50-45 martagacha), yurak qisqarishlarining soni bir daqiqada 100-90 martagacha (yangi tugʻilgan bolalarda 1 daqiqda 150-140 martagacha) pasayadi.

Bolalarning 2-2,5 yoshda barcha 20 ta sut tishlari chiqib boʻladi, meʻda shirasining kislotalik va fermentativ faolligi ortadi. Sutli ovqatlardan aralash ovqatlarga oʻtish ichaklarning jadal oʻsishini taʻmin etadi.

Oʻsish jaryoni davom etadi, yillik tana boʻyining oʻsishi 2-3 yosh davrida oʻrtacha 8-10 sm.ni tashkil etsa, 2-3 yosh davrida tana vazni 4-6 kg.ga ortadi. Tana proporsiyasi oʻzgaradi. Nisbatan boshni oʻlchami kichrayadi, yangi tugʻilgan bolalarda tana uzunligini 1/4 qismidan 2-3 yoshda 1/5 qismgacha kaltaradi.

Toza havoda yurish bolaga uni oʻrab turuvchi narsalar bilan faol tanishish imkonini bersa, nutqning rivojlanishi odamlar bilan ancha murakkab kontaktlar qilishga «yaʻni bolalar bir joyga bogʻlanib qolmasdan balki erkin va mustaqil tashqi dunyo bilan muomala qilish davriga oʻtadi» (Sechenov) 2-3 yoshli bolalarning xulq-atvori erkin izlanuvchanlik faoliyati bilan xarakterlidir. Bola har bir koʻringan narsaga intiladi, ushlab koʻradi, ichiga qaraydi, koʻtarishga harakat qiladi, ogʻziga soladi. Aynan shu davrda bolaning qiziquvchanligi va tajribaning yoʻqligi tufayli jarohatlar hosil boʻlishi mumkin, boshqa bolalar bilan kontaktda boʻlishi va atrof-muhit bilan aloqa tufayli oʻtkir infeksiyalar soni ortadi.

Bolalarning bu yoshida ularning shartli reflektor faoliyati jiddiy oʻzgaradi. Bola oʻzini oʻrab turgan hali toʻligʻicha tabaqalashtirilmagan dunyodagi hayotining ikkinchi yilida qoʻzgʻalish komplekslarining alohida ajratilgan predmetlarini qismlarga boʻla boshlaydi. Bu esa predmetlar bilan oʻynash hisobiga yuzaga keladi. (Leontyev; Zaporojes, Galperin). Shuning uchun bolaning harakatini chegaralamaslik kerak: mayli bolani oʻzi kiyinsin, yuvinsin, ovqatlansin.

Predmetlar bilan oʻynash hisobiga bolalarda mulohazalash funksiyasi shakllanadi. Keng koʻlamda predmetlardan foydalanish hisobiga bolalarda harakat analizatori rivojlanadi.

Bolaning ikki yoshida predmetlarning uzoq-yaqinligiga, ogʻirligiga, oʻlchamlariga nisbatan katta miqdorda shartli reflekslar shakllanadi.

Shartli tizimlarning eksteroretseptiv qoʻzgʻalishlar steriotiplari bilan aloqasini, hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Asab faoliyatlarini yetarlicha boʻlmagan kuchi va harakatchanligida steriotiplar bolani uni oʻrab turgan muhitga moslashishini taʻminlaydi.

Bolalar 3 yoshgacha boʻlgan davrda hosil qilingan shartli bogʻlanishlar tizimining mustahkam chidamliligi va steriotiplarni buzilishi bilan bogʻliq boʻlgan ogʻriqlarni oʻzaro aloqasi diqqatni oʻziga tortadi: bolalar injiqlik qiladi, yigʻlaydi, agar u bilan uzoqroq vaqt mehmonda qolib ketsa va uni uxlash uchun yangi joyga yotqizilsa, u uzoq vaqt uxlamaydi. 3 yoshgacha boʻlgan bolalarda turli steriotiplarni katta miqdorda hosil qilish faqatgina qiyinchilik tugʻdirmasdan, balki keyingi hosil qilinayotgan har bir steriotip juda yengil yuzaga keladi. Lekin bitta steriotipdagi qoʻzgʻalishlarni yoʻnalish tartibini oʻzgartirish juda ogʻir masala hisoblanadi. Bu davrda hosil qilingan shartli bogʻlanishlar tizimi odamning kelgusi hayoti davomida saqlanib qoladi va ahamiyatini yoʻqotmaydi.

Bolalar hayotining 2-yilida nutqning kuchli rivojlanishi, bola tomonidan tilning grammatik tuzilishini kuchli oʻzlashtirilishi boshlanadi. Predmetlarning taʻsirini fikrlash, ularning mulohazasini soʻz bilan idrok qilishni shakllanishida, yaʻni ikkinchi signal tizimini shakllanishida hal qiluvchi rol oʻynaydi.

Ikki yoshga kelib bolalarni soʻz lugʻatida 300 ga yaqin soʻz boʻlib, shundan nutqning ega qismi 63 % gacha, feʻllar – 23 % gacha, nutqning boshqa qismlari – 14% tashkil qiladi, bogʻlovchilar esa yoʻq.

Odatda bolalar tomonidan soʻz faqat voyaga yetgan odamlar bilan narsalar ishtirokida faoliyat koʻrsatgandagina foydalaniladi

Maktabgacha yosh (dastlabki bolalik). Bu yosh 3 yildan 7 yilgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Bir yil davomida bunga qoʻshiladigan balandlik oʻrtacha 5-8 sm.ni, 2 kg vaznga va koʻkrak aylanasiga qoʻshiladigan uzunlik ham 1-2 sm.ni tashkil qiladi. 6-7 yoshda boshning balandligi, tana uzunligining 1/6 qismini tashkil etadi. 7 yoshda umurtqa pogʻonasi hali egiluvchan yumshoq boʻlib, undagi suyaklanish jarayoni hali tugallanmagan boʻladi.

6-7 yoshdan boshlab qoʻl boʻgʻunlarining muskullari juda tez rivojlana boshlaydi. Ayniqsa tik turishni va yurishni taʻminlovchi muskullar jadal rivojlanadi. Yetti yoshga kelib aynan ana shu muskullarning koʻndalang kesimi boshqa muskullarga nisbatan yoʻgʻon boʻladi. 6 yoshli oʻgʻil bolalarning ikkala qoʻllarining oʻrtacha kuchi 10,3 kg.ga, oʻng qoʻlniki –4 kg, chap qoʻlini esa – 2 kg. ga teng boʻladi. Katta harakat faoliyati qayd qilinadi va bu harakatlar mulohazali xarakterga ega boʻladi. Aynan shu paytdan boshlab bolalarda maishiy harakat mahoratlari va ishchi harakatlari boshlanadi. Qisqartiruvchi muskullar tonusi yozuvchi muskullar tonusidan yuqori boʻladi. Bu esa uzoq vaqt oʻtirilgan paytda belni tik yoki toʻgʻri saqlab turishni qiyinlashtiradi.

Bolalarni 3-5 yoshlik paytida bosh miyasining massasi yangi tugʻilgan bola bosh miyasi massasidan (380-400 g) 3 martagacha ortadi va 7 yoshga kelib uning vazni 1250-1300 g.ga yetadi. 2,5 yoshda miyaning piramidal hujayralari voyaga yetgan odamlarniki shaklini oladi. Diqqat bilan eshitishni va aqliy ish bajarish qobiliyati unchalik yuqori emas, 5-7 yoshli bolalarda yuqoridagi qobiliyat 15 daqiqadan oshmaydi.

Maktabgacha boʻlgan davrning oxiriga kelib yurakning mutlaq vazni va uning oʻlchami ortadi, tananing nisbiy massasi esa kamayadi, qon tomirlarining oʻsishi davom etadi. Maʻlum darajada qon tomirlarini yuzasini torayishi yoshga bogʻliq holda qon bosimini koʻtarilishiga olib keladi. Yurakning simpatik innervasiyasi uning parasimpatik innervasiyasining rivojlanishidan ustun

boʻlganligi sababli, bu yoshdagi bolalarda puls katta yoshdagi odamlardan koʻp boʻladi va ayniqsa u jismoniy ish bajarganda, kuchli hayajonlanganda aniq namoyon boʻladi.

Yetti yoshga kelib oʻpka toʻqimalarining shakllanishi tugallanadi, nafas olish chuqurligi ortadi va uning chastotasi pasayadi. 6-7 yoshga kirganda nafas harakatlarining chastotasi bir daqiqada 20-22 martani tashkil qiladi. Yosh oʻsishi bilan oʻpkaning tiriklik sigʻimi ham orta boradi va 4 yoshda u 1110 sm3 ni tashkil qilsa, 7 yoshga kelib 1300-1400 sm3 ga yetadi.

Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarda hali uzoqni koʻrish refraksiyasi saqlanib qoladi, 6-7 yoshda sut tishlarining doimiy tishlar bilan almashinuvi boshlanadi. Meʻda-ichaklar tizimi bu davrga kelib ancha rivojlanib ulguradi.

Bu yoshdagi bolalarning rivojlanishida bolalarning oʻyin faoliyati va gapirishi jiddiy rol oʻynaydi. Maktab yoshigacha boʻlgan bolalarni nutqi ancha murakkab boʻlib, soʻz zahiralariga boy boʻladi.

Bolalar kelishiklarni, feʻl shakllarini toʻgʻri talqin qila boshlaydilar, atrofdagi kishilardan oʻrganib ulardan nutqli steriotiplarni bajarishda foydalanadilar. 3 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan davr bolani oliy asab faoliyatini rivojlanishida oldingi oʻtgan davrlardagidan jiddiy ravishda farq qiladi. Eng avvalo chamalash reaksiyalarining xarakteri oʻzgaradi – endi ular «bu nima ekan, qachon, qayerda?» - degan savollar bilan aniqlanadi.

Bolalar kelishiklarni, feʻl shakllarini toʻgʻri talqin qila boshlaydilar, atrofdagi kishilardan oʻrganib ulardan nutqli steriotiplarni bajarishda foydalanadilar. 3 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan davr bolani oliy asab faoliyatini rivojlanishida oldingi oʻtgan davrlardagidan jiddiy ravishda farq qiladi. Eng avvalo chamalash reaksiyalarining xarakteri oʻzgaradi – endi ular «bu nima ekan, qachon, qayerda?» - degan savollar bilan aniqlanadi.

Bolalarning yangi hosil buladigan reaksiyalarida endi ilgari hosil boʻlgan bogʻlanishlardan foydalanish kattarok ahamiyat kasb etadi. Asab jarayonlarining kuchi ortadi- buni ayniqsa qoʻzgʻalish va tormozlanish jarayonlari orasidagi qoʻzgʻalishlarni generallashuvini pasayishi boʻyicha va aniq induksion nisbatlarni rivojlanishi boʻyicha kuzatish mumkin

Avvalgi davrlarda kuzatilganidek tashqi tormozlanish katta rol oʻynamay qoladi. Aksincha hattoki olingan tormozlanishning samarasi hali uncha katta boʻlmasa ham ichki tormozlanish kattaroq muhimroq ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa kechikuvchi tormozlanish va iz qoldiruvchi

reflekslar hosil qilish juda qiyin kechadi.

Bu yoshdagi bolalar katta miqdordagi dinamik steriotiplar hosil qiladi. Hosil qilingan steriotiplarni qayta oʻzgartirish imkoniyati 5 yoshda ortadi. Asab jarayonlarining kuchini va harakatchanligini ortishi katta qiyinchiliksiz hosil boʻlgan steriotiplarni qayta oʻzgartirish imkonini beradi.

5-yoshli bolalarda steriotiplardagi shartli bogʻlanishlar tizimining mustahkamligi 3 yoshdagiga qaraganda 2 marta kam boʻladi. Bolalar hayotining 5-yilida dastlabki soʻzlarni fikrlash borasidagi harakatlar boshlanadi, yaʻni koʻplab tashqi muhitning hodisalarini soʻz bilan ifodalash xususiyati yetarlicha yuqori rivojlanish darajasiga koʻtariladi.

5 yoshdan 7 yoshgacha boʻlgan davr ichida katta yarim sharlar poʻstlogʻining jadal suratda morfofunksional yetilishi tufayli asab faoliyatining kuchi va harakatchanligi jiddiy ravishda ortadi. Bu yoshlarda bolalar oʻz diqqatini 15-20 va undan ham ortiq daqiqalar mobaynida jamlashi mumkin. Hosil boʻlgan shartli reaksiyalarga tashqi tormozlanishlar unchalik taʻsir koʻrsatmaydigan boʻlib qoladi. Soʻnish va tabaqalanish holatlarini hosil boʻlishi deyarlik 2 marta tezlashadi, tormozlangan holatni ushlab turish davrlari ancha uzoq davom etadi. Lekin barcha turdagi shartli tormozlanishlarni hosil boʻlishi asab jarayonlari uchun yanada ogʻir boʻlib qoladi.

Yetti yoshli bolalar qator harakatlari bilan dasturlarga taʻsir koʻrsatish eslab qolish imkoniga ega boʻladilar.

Zikr etilgan yoshlarda bolalarning taqlid qilish va oʻyin reflekslarini roli jiddiy darajada ortadi. Qiz bolalar qoʻgʻirchoqlar bilan oʻynagan paytlarida tarbiyachilar, ota-onalar va katta yoshdagi bolalarni harakat, soʻz va manerlarini aniq takrorlaydilar.

Kichik maktab yoshi. (ikkinchi bolalik davri). Bu yosh, 7 yoshdan 11 yoshgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Kichik maktab yoshida rivojlanish nisbatan tekis kechadi. Bir yilda tana uzunligi oʻrtacha 4-5 sm.ga, ogʻirlik –2-3 kg.ga, koʻkrak qafasi aylanasi esa 1,5-2 sm.ga ortadi. Qoʻl muskullarining kuchi ortadi, oyoqlar muskullarining ham kuchi ortadi.

Bu yosh uchun eng xarakterli belgi gavdaning yoʻgʻon muskullarining rivojlanishi hisoblanadi, bolalar katta –katta qadamlar bilan haraktalanishga qodir boʻladi va mayda va aniq harakatlar qilishga qiynalib qoladilar. 9-10 yoshli bolalarning bilak-bilaguzuk suyaklarini suyaklanishi yuz beradi va qoʻl boʻgʻunlarining muskullari rivojlanadi, qoʻlning aniq, mayda harakatlari kuchli shakllana boshlaydi.

Skeletning suyaklanishi va oʻsishi davom etadi. Ammo yelkaning chuqur joylashgan muskullarini zaifligi va umurtqa pogʻonasi tanasining katta egiluvchanligi, xat yozgan paytdagi notoʻgʻri holatda oʻtirishi ularning qad-qomatini tutib yurishini buzilishiga asosiy sabablardan biri boʻladi. Bundan tashqari maktab mebellari oʻlchamining tana proporsiyasiga toʻgʻri kelmasligi ham buning sababchilaridan biri boʻladi.

Yetti yoshlik davr, sut tishlarini doimiy tishlar bilan almashinish davri sifatida maʻlum, ovqat hazmi tizimining kelgusi rivojlanishi davom etadi. Organizmning energetik sarfi pasayadi, yurak va nafas tizimlari faoliyati kamayadi. 7 yoshda bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻidagi nerv toʻqimalarining tabaqalanishi asosan tamomlanadi. Asab hujayralari oʻzlariga xos boʻlgan shakllarga ega boʻladi va voyaga yetgan odamlar hujayralariga oʻxshash boʻlib qoladi. Bosh miyaning turli qismlarini bir-biriga bogʻlovchi assotsiativ tolalar kuchli rivojlanadi.

Asab jarayonlari ancha jiddiy darajada kuchli va muvozanatlashgan holatga keladi. Barcha turdagi ichki tormozlanishlar yetarli darajada aniq namoyon boʻladi: Qoʻzgʻatuvchilarni tabaqalanishi juda yengil kechadi, shartli reflektor bogʻlanishlar juda tez mustahkamlanadi. Lekin ichki tormozlanish ilgarigidek kuchaytirish maqsadida mashqlar, takrorlashlar talab qiladi.

Ilgari qayd qilingan miyaning poʻstloqosti tuzilmalariga poʻstloqning boshqaruvchilik taʻsiridagi ayrim yetilmaganliklar bu yoshda faol diqqat va fikrlarni jamlanishini aniqlovchi mexanizmlarni takomillashmaganligi qayd qilinadi.

Yetti yoshga kelib bolalarda juda yaxshi «uchib ketadigandek» haqiqiy yurish va yugurish namoyon boʻladi. Shartli harakat reaksiyalari koʻpchilik holatlarda yuqoridagiga mos holdagi qoʻl, oyoq va gavda harakatlari bilan birgalikda kechadi, lekin ular 4-6 yoshlardagiga qaraganda ancha kam boʻladi.

Maktabgacha yoshdagi boʻlgani singari, kichik maktab yoshida ham qoʻzgʻalish jarayoni, tormozlanish jarayonidan ustun boʻladi, bu esa asab hujayralarining nisbatan tez och qolishiga va charchashni juda tez rivojlanishiga olib keladi.

10-11 yoshlarda bosh miya poʻstlogʻining rivojlanishi odatda voyaga yetgan odamniki darajasiga yetadi. Poʻstloq, poʻstloqosti tizimlarining oʻzaro bogʻliqligi bosh rolni egallaydi, buni esa bolaning oliy asab va ruhiy funksiyalarini shakllanishidagi asosiy muhim omil deb qarash mumkin.

Oʻsmirlik – balogʻat yoshi (12-15 yoshli qizlar, 13-16 yoshli oʻgʻil bolalar uchun). Balogʻatga yetish davriga qoʻyilgan chegara umuman olganda shartlidir va hayotda rivojlanishlar tempi singari bu davrga xos boʻlgan shaxsiy variatsiyalarni yuzaga kelish muddatlarida jiddiy farqlar kuzatiladi. Odatda bu farqlar 1-2 yil va undan ham oldinroq boʻlishi mumkin. Balogʻat yoshiga yetish davri odam hayotidagi boshqa davrlardan oʻziga xosligi va templari bilan keskin ajralib turadi. Fiziologik nuqtai nazardan olib qaraladigan boʻlinsa oʻsmirlik davri jadal oʻsish, moddalar almashinuvining ortishi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining keskin oshishi bilan xarakterlanadi.

Oʻsmirlik davri – jinsiy yetilish davridir. Gipofizning ayniqsa uning oldingi boʻlagining faoliyati faollashadi, uning gomronlari toʻqimalar usishini va boshqa ichki sekretsiya bezlari funksiyalarini stimullaydi (jinsiy, qalqonsimon, buyrak usti bezlari). Ularning faoliyati «oʻsishdagi sakrashni», jinsiy organlarni rivojlanishni va ikkilamchi jinsiy belgilarni yuzaga chiqishini taʻmin etadi. Oʻgʻil bolalarda tovush «sinadi» yaʻni gurullab qoladi, moʻylov va soqollar chiqa boshlaydi, qovuq ustida va qoʻltiq ostida junlar hosil boʻladi, shahvat toʻqimalari boshlanadi. Qiz bolalarda koʻkrak bezlari rivojlanadi, menstrual funksiyalarning bajarilishi boshlanadi.

Gipofiz va buyrak usti bezlari funksiyalarini tezlashishi tufayli organizmni tashqi muhitga moslashish imkoniyati yaxshilanadi, infeksiyaga, sovuq qotishga va boshqalarga qarshilik koʻrsatish darajasi ortadi.

Oʻsmirlik davrida bolalarning har yiliga boʻyi 5-8 sm gacha oʻsadi. Qiz bolalar 11-12 yoshda ancha faol oʻsadilar (bir yilda oʻrtacha 10 sm.gacha) oʻgʻil bolalarni oʻsishi 13-14 yoshda ancha jadal kechadi va 15 yoshdan keyin boʻy boʻyicha qiz bolalardan oʻtib ketadi. Boʻyning oʻsishi asosan qoʻl va oyoqlarning naysimon suyaklarining oʻsishi hisobiga yuz bersa, koʻkrak qafasining suyaklari hujayralari juda sekin oʻsadi, shu sababli bolalarda tekis yoki ichkariga kirgan koʻkraklarni koʻrish mumkin, bu esa nafas olishni qiyinlashtiradi.

Boʻy oʻsishi bilan bir qatorda tana massasi ham ortadi. Qizlar bir yilda 4-5 kg.ga ogʻirlashadi, ayniqsa koʻzga koʻrinarli oʻsish 14-15 yoshda kuzatiladi; oʻgʻil bolalarda tirik vazn 7-8 kg ortadi. Ammo tana ogʻirligini oʻsish tempi tana skeletining oʻsish tempidan biroz orqada qoladi shu sababli oʻsmirning tashqi koʻrinishida biroz beoʻxshov holatlar kuzatiladi (suyakli, beoʻxshov, boʻy-basti choʻzilgan).

Tayanch-harakat apparatining qayta qurilishi koʻplab ortiqcha harakatlar bilan birga kechadi, ularning yetarlicha koordinatsiyalashmaganligi, umumiy oʻquvsizlik, burchakli, shu bilan birga oʻsmirlik yosh – bu murakkab harakat aktlarni bajarish texnikasiga ega boʻlish yoshidir.

Oʻsmirlik davrida oʻpka oʻsadi, nafas olish takomillashadi (uning ritmi tezlashgan holda qolsa ham) oʻpkaning tiriklik sigʻimi jiddiy darajada ortadi. Oʻsmirlik davrida nafas olish tipi toʻligʻicha shakllanadi. Oʻgʻil bolalarda qorin, qiz bolalarda esa koʻkrak tiplari shakllanadi. Rejalarni toʻgʻri nafas olishga oʻrgatish zarur, ish paytida jismoniy mashqlar bajarganda oʻzining nafas olishini boshqara bilishga oʻrgatish kerak.

Organlar va toʻqimalarning tez oʻsishi yurak faoliyatiga kuchli talab qoʻyadi. Yurakni oʻzi ham bu davrda jadal suratda oʻsadi, lekin qon tomirlarining oʻsishi yurakni oʻsish tempidan orqada qoladi. Shu sababli oʻsmirlarda qon bosimi koʻtarilib turadi, yurak faoliyatining ritmi oʻzgaradi, tez-tez charchaydigan boʻlib qoladi. Bu esa oʻsmirlarni nafas olish qiyin joylarda, jismoniy ish bajarganda, ish katta hajmda boʻlishida qiyinchilik tugʻdiradi. Miyani qon bilan yetarli darajada taʻminlanmasligi (bunday holat oʻsmirlarda ayrim paytlarda kuzatilib turiladi), xotira, fikrlash va idrok qilishni qiyinlashtiruvchi kislorod taqchilligiga olib keladi. Xafa boʻlish, qoʻrqish kabi salbiy his-hayajonlar oʻsmirlarning yurak-tomirlar tizimi funksiyasiga noqulay taʻsir qiladi.

Bolalarning oʻsmirlik yoshi jismoniy yuklamalarni dozalashda diqqat bilan va tabaqalashgan holda yondoshishni talab qiladi.

Organizmning ichki muhitidagi oʻzgarish, ichki sekretsiya bezlarining kuchli funksiyasi, oʻsmirning asab tizimining funksional holatini oʻzgartiradi. Qalqonsimon bezning kuchaygan funksiyasi moddalar almashinuvini va organizmda energiya sarflanish darajalarini oshiradi, markaziy asab tizimining qoʻzgʻatuvchanligini oʻzgartiradi, bular esa yuqori qoʻzgʻaluvchanlikda, yengil charchashda uyquning buzilishlari shaklida namoyon boʻladi. Ichki sekretsiya bezlari va gipotalamusni murakkab oʻzaro munosabati oʻsmirlik davrida poʻstloqosti hosilalarini faolligini oshirish va poʻstloq-poʻstloqosti bogʻlanishlarni maʻlum darajada buzish uchun sharoit yaratadi.

Oʻsmirlarning xulqida kuchi va xarakteri boʻyicha koʻpchilik holatlarda reaksiyalar chaqiruvchi qoʻzgʻatuvchilarga noadekvat boʻlgan qoʻzgʻalishlar toʻla ustunlik qiladi. Qoʻzgalishni keng koʻlamdagi generallashishi kuzatiladi: barcha reaksiyalar endi qoʻl, oyoq va gavdaning qoʻshimcha ravishdagi mos harakatlari bilan birgalikda kechadi. (ayniqsa oʻgʻil bolalarda).

Oʻsmirlarning nutqi sekinlashadi, soʻzli signallarga shartli bogʻlanishlarni hosil boʻlish jarayoni qiyinlashadi, yaʻni poʻstloq faoliyatini oliy funksional darajasini yaʻni ikkinchi signal tizimining zaiflashishi deb qarash mumkin.

Qiz bolalarda bosh miya poʻstlogʻi tonusini pasayishi 11-13 yoshda kuzatiladi va u oʻgʻil bolalardagiga nisbatan kuchliroq namoyon boʻladi. Vegetativ funksiyalarning keskin buzilishi, yurak urishi, tomirlarni buzilishi, havo yetishmasligi poʻstloqosti taʻsirlarni tezlashuvi va bosh miya poʻstlogʻining tonusini zaiflashuvining koʻrsatkichlari hisoblanadi.

Jinsiy yetilish davrida barcha turdagi ichki tormozlanishlarning zaiflashuvi kuzatiladi. Ana shu sababli ham tarbiyachining muhim vazifalaridan boʻlib poʻstloqli tormozlanishlarni (tormozlarni tarbiyalash) rivojlantirish hisoblanadi.

Toʻgʻri, sogʻlom tartib, tinch muhit, atrofdagi oʻrab turganlar tomonidan tushunish va yaxshi kayfiyatda boʻlish, oʻsmir uchun qiziq darslar, jismoniy madaniyatdan boʻladigan darslar organizm funksiyalarini normallashtiruvchi kuchli vositalardan biri boʻlib, bir davrdan ikkinchi davrga oʻtuvchi vaqt jiddiy funksional buzilishlarsiz va u bilan bogʻliq boʻlgan murakkabliklarni oldini olish uchun asosiy vosita boʻlib hisoblanadi.




Download 57.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling