Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 57.59 Kb.
bet6/9
Sana05.01.2022
Hajmi57.59 Kb.
#231619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5229239029249084466

1.2. Frustratsiya haqida tushuncha


FRUSTRATSIYA (lot. frustratio — aldanish, rejalarning barbod boʻlishi) — muammoni hal qilish yoki maqsadga erishish yoʻlidagi faoliyatni izdan chiqaruvchi ruhiy holat. U kishining maqsadga erishishi yoʻlida uchraydigan, obyektiv ravishda yengib boʻlmaydigan yoki subyektiv ravishda shunday tuyuladigan qiyinchiliklar tufayli paydo boʻladi. Frustratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar frustrator deyiladi. Frustratsiya holati frustratorning kuchiga, jadalligiga bogʻliq. Frustratsiya holatida shaxsning vaziyatni toʻgʻri baholash qobiliyati muhimdir. Shu bois turmushning noqulay taʼsirlariga qarshi kurashish uchun odam feʼl atvorida barqarorlikni shakllantirish lozim. Frustratsiya ham boshqa ruhiy holatlar singari kishi feʼl atvoriga xos yoki yangi xislatlarning boshlanishini koʻrsatuvchi, shuningdek, oʻtkinchi holat boʻlishi mumkin. Frustratsiya, asosan, salbiy hissiyotlar uygʻotadi. Frustratsiyaning turlari: tajovuzkor holat, apatiya, depressiv holat, gʻamginlik tuygʻusi, oʻziga ishonmaslik, kuchsizlik, mayuslik va b. F. ning tajovuzkor holati koʻpincha oʻzini tuta olmaydigan, qoʻpol odamga xos boʻlsa, depressiya holati oʻziga ishonmaydigan shaxsga taalluklidir. Baʼzan ogʻir tabiatli kishilarda ham shu xiddagi holatni vujudga keltirish mumkin, lekin bu vaziyat uzoqqa choʻzilmaydi

• Frustratsiya sabablari bartaraf etilmaganida, psixikaning davomli izdan chiqishi bilan bogʻliq boʻlgan chuqur depressiv holat yuzaga kelishi mumkin (xotira, mantiqiy tafakkurga boʻlgan layoqatlarning susayishi). Frustratsiya holati inson biror chiqib ketish yoʻllarini izlaydi, shirin xayol olamida beriladi, baʻzida esa tubanlashadi, yaʻni, psixik rivojlanishning dastlabki bosqichlariga qaytadi.


Rozensveygning frustratsiyani o’rganish testi 1945-yilda nashr ettirilgan.

Rozensveygning mazkur metodikasi tarkibiga–qo’zg’atuvchi materiallar, metodika mazmunini ochib beruvchi nazariy asosnoma, ikkita interpretatsion jadval(umumiy va konformlilik darajasi koeffitsientini hisoblash uchun), javoblarni qayd etish varog’I va natijalarni hisoblash uchun matematik usullar kiritilgan.Tekshiriluvchilarga tavsiya etiladigan qo’zg’atuvchi material 22 ta kundalik turmushga oid muloqotni aks ettiruvchi rasmlardan iborat bo’lib, bu vaziyatlar insonlarda ko’p hollarda frustratsiya, hatto stressni ham vujudga keltirishi mumkin.

Metodikaning yordami bilan Shaxsning stressogen vafrustratsiyani vujudga keltiruvchi, kuchli zo’riqish, muammoni hal qila olmaslik bilan bog’liq salbiy hislarni keltirib chikaruvchi vaziyatlardagi xulq-atvor reaksiyalari o’rganiladi. Unda Shaxsning3 xil reaksiya tipi, 3 xilyo’nalganlik, konformlilik koeffitsienti, stress vaziyatidagi xulq-atvor formulasi, xulq-atvorning rivojlanish xususiyati kabi belgilarni o’rganish mumkin bo’ladi.



Download 57.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling