Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti pedagogika va psixologiya fakulteti


Download 57.59 Kb.
bet2/9
Sana05.01.2022
Hajmi57.59 Kb.
#231619
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5229239029249084466

Kirish.


Mavzuning dolzarbligi: Bugun biz tarixiy bir davr–xalqimiz oʻz oldiga ezgu va ulugʻ maqsadlar qoʻyib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor oʻz kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yoʻlida ulkan natijalarni qoʻlga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.Biz oʻz taqdirimizni oʻz qoʻlimizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday oliyjanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod,erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yoʻlda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyattan olgani–bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.Bugungi kunda yosh avlodni yuksak ma’naviyatli qilib shakllantirish, mustaqil mamlakatimizning ishonchli va intellektual salohiyatli fuqarolari qilib tarbiyalash uzluksiz ta’lim tizimining dolzarb vazifasi boʻlib hisoblanadi. Ma’lumki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’limsiyosatining muhim maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Albatta barkamol inson deganda maʻnaviy jihatdan yetuk, oʻz vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qaygʻuradigan, shuningdek,jamiyatning iqtisodiy taraqqiyotiga oʻz hissasini qoʻshgan, qoʻshish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga moskeladi. Ta’kidlash jo’izki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bogʻliq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat ahamiyatiga molik vazifalarni bajarishga qodir boʻlib oʻz xalqining tarixiy taqdirini belgilab boradi. Shu oʻrinda Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining quyidagi fikrlarini ta’kidlab oʻtish joiz: “Biz ta’lim-tarbiya tizimining barcha boʻgʻinlar faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni oʻzimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz. Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda Abdurauf Fitrat bobomizning Mana shu fikriga har birimiz ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan oʻgʻil-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana ulug ʻajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand boʻlishi, baxtli boʻlib, izzat-hurmat topishi, jahongir boʻlishi yoki zaif boʻlib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, eʻtibordan qolib oʻzgalarga tobe va qul asir boʻlishi uning oʻz ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bogʻliq”. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi hozirda hayotimizda mavjud boʻlgan barcha fan yoʻnalishlarining muhim oʻrganish obyektiga aylanib bormoqda. Oʻzbekistonda ham fundamental, ham ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga e’tibor beradigan boʻlsak, ularning hayotiyligi va umrboqiylig xalq turmush farovonligini oshirishga nechogʻli ulush qoʻsha olish orqali baholanishini bilish qiyin emas.Bu esa oʻz-oʻzidan har bir fan va uning mutaxassislari oldiga bir qator dolzarb nazariy va amaliy masalalarni qoʻyadi. Shunday ekan, bu jarayon psixologiya fanini ham chetlab oʻtmaydi aksincha bu holat hozirgi zamon psixologiya fanlariga ham taalluqli boʻlib, u jamiyatning kundalik talablari va buyurtmasiga qarab oʻz tadqiqot yoʻnalishlarini belgilamoqda.Maʻlumki, har bir davlat va jamiyatning taraqqiyoti, kelajak istiqboli, uning dunyo hamjamiyatidagi oʻrni, fan-texnika yoki ixtirolar muvaffaqqiyati bilan amalga oshayotganligi ehtimoldan holi emas. Zero, Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytganlaridek, “Bugungi kun mustaqil davlatimiz taqdiri, uning ravnaqi, hozirgi davri va kelajagi, jamiyatimiz fanlarida erishilayotgan yutuqlar orqali amalga oshayotganligi shubhasizdir1


Download 57.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling