O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Uzumchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli


Download 1.77 Mb.
bet110/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2.Uzumchilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli

Madaniy uzumchilik O’zbekistonda taxminan 4-6 ming yildan beri rivojlantiriladi. Ammo, obyektiv va subyektiv sabablarga ko’ra uning sosial-iqtisodiy samaradorligidan uzoq yillar barqaror foydalanilmagan.


Sug’oriladigan yerlarni kengaytirish yillarida tokchilikni rivojlantirish darajasi tezlashtirilgan (1-jadval).
1-jadval
O’zbekistonda tokchilikning asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlari (2005-2014 yy.)*

Yillar

Hosilga kirgan tokzorlar, ming ga.

Uzum yalpi hosili, ming tonna

1gektaridan hosildorlik, s/ga

Aholi jon boshiga, kg

2005

99,2

641,6

64,7

24

2006

101,2

803,6

79,4

30

2007

103,2

878,9

85,2

32

2008

102,4

792,5

77,4

29

2009

105,6

900,5

85,2

32

2010

108,7

987,3

90,8

34

2011

111,5

1090,2

97,8

37

2012

111,1

1206,0

108,6

40

2013

113,8

1322,1

116,1

43

2014

119,4

1441,2

120,7

46

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari.

2000 yilda 1990 yilga nisbatan yalpi hosilning 16 % ga kamayishi gektaridan hosildorlikning 13,1 sentnerga yoki 17 foizga pasayishi hisobiga bo’lgan. Ko’pchilik korxonalarda agrotexnik ishlarning bajarish muddatlari va sifati talab darajasida bajarilmagan. Suv resurslari tanqis xo’jaliklarda sug’orish miqdori keskin kamayib ketgan va hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatgan.


2000 yilda aholi jon boshiga 26 kg uzum ishlab chiqarilgan yoki 1990 yilga nisbatan qariyb 30% ga kamaygan. 2014 yilda bu ko’rsatkich 46 kg.ni tashkil etgan yoki 2000 yilga nisbatan 76,9% ga oshgan. Istiqbolda uzum ishlab chiqarishni ko’paytirish hosildorlikni kamida 2 marta oshirish hamda tokzorlarni yanada kengaytirish hisobiga amalga oshirilishi kerak.
O’zbekistonda keyingi yillarda uzumchilikni rivojlantirishga katta e’tibor berilmokda. O’zbekiston RespublikasiPrezidentining 2006 yil 9 yanvardagi PF-3709-sonli “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Farmoniko’ra meva-sabzavotchilik va uzumchilikka ixtisoslashgan qishloq xo’jaligi kooperativlari (shirkatlari) O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi Qonunitalablariga qat’iy muvofiq ravishda, mavjud ixtisoslashuvni saqlagan holda fermer xo’jaliklari etib qayta tashkil qilinishi,qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilishda, o’z mehnati natijalari, yetishtirilgan mahsulot va daromadlarini tasarruf etishda fermerlarning huquqlari va mustaqilligining kengaytirilishi, shuningdek, shartnoma majburiyatlarini bajarish va yer-resurslaridan oqilona foydalanish uchun ularning huquqiy javobgarligining oshirilishi, fermer xo’jaliklari tomonidan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning tez moslashuvchan zamonaviy kichik texnologiyalaridan foydalanadigan, shu jumladan xorijiy investorlar ishtirokidagi agrosanoat firmalarini ixtiyoriylik asosida shakllantirish, mavjud qayta ishlash korxonalarini modernizasiya qilish, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini kengaytirish, shu hududda zarur ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi — muqobil mashina-traktor parklari, suv iste’molchilari uyushmalari, yonilg’i-moylash materiallari va mineral o’g’itlar sotish punktlari, mini-banklar, turli tara idishlar ishlab chiqarish va sotish punktlari barpo etish, fermer xo’jaliklarining o’z faoliyatini xo’jalik hisobi va o’zini-o’zi mablag’ bilan to’la qoplash tamoyillari asosida amalga oshirishi, xodimlar, jumladan xo’jalik egasining oila a’zolari, shuningdek, vaqtincha (mavsumiy) yollanadigan fuqarolar o’rtasidagi mehnat munosabatlari mehnat shartnomalari (kontraktlari) tuzish yo’li bilan tartibga solinishi, meva-sabzavotchilik va uzumchilik fermer xo’jaliklarining qayta ishlash korxonalari va xizmat ko’rsatuvchi tuzilmalar bilan o’zaro munosabatlari, mahalliy boshqaruv organlari aralashmagan holda, tuzilgan uzoq muddatli shartnomalar, shu jumladan fyuchers shartnomalari asosida amalga oshirilishi va boshqa bir qancha shart-sharoitlar belgilab berildi va o’tgan yillar davomida qaror talablari bosqichma-bosqich bajarildi.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 1 martdagi 51-sonli “Bog’dorchilik-uzumchilik shirkatlari to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga ko’ra Nizom tasdiqlandi va unda shirkatlar faoliyatining maqsadi va predmeti,shirkatning huquq va majburiyatlari, shirkatga a’zolik. shirkat a’zolarining huquq va majburiyatlari, shirkatning mol-mulki va mablag’lari, shirkatning boshqaruv organlari va shirkatni qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha bayon qilingan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling