O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Xalq maqoli 1.Uzumchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Download 1.77 Mb.
bet109/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Xalq maqoli


1.Uzumchilikning xalq xo’jaligidagi ahamiyati


Uzumchilikning asosiy mahsuloti turli xil (xo’raki, kishmish va sharopbop) uzumlar tarkibida inson organizmi uchun o’ta foydali shakar (asosan glyukoza), organik kislotalar, teri oshlovchi bo’yoqlar, fermentlar, vitaminlar, mineral tuzlar va boshqa xushbuy moddalarga boy.
Turli xil uzumlardan ilmiy asoslangan me’yorlarda (80-90 kg) yil davomida istemol qilish katta kaloriyali (go’sht, yog’ va boshqa) mahsulotlarning hazm bo’lish darajasini yaxshilaydi, inson salomatligini mustahkamlaydi, umrini xam uzaytiradi.
Uzum mahsulotlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati xo’raki, mayizbop va sharobbop navlari bo’yicha alohida – alohida tahlil etiladi va baholanadi.
Turli xil uzum navlarining biokimyoviy tarkibi keskin farq qiladi. Masalan, shakarlilik darajasi xo’raki navlarda 20-25 % gacha, mayizboplarda 30-35 %, vinoboplarda 15-18 %gacha bo’ladi. Ular to’liq pishganda yig’ib olinsa shakarlilik darajasi yanada oshadi.
Xo’raki uzumlarning asosiy qismini aholi yoz va kuz oylarida istemol qiladi, bir qismini maxsus omborxonalarda saqlab kelasi yil hosili pishganga qadar ham foydalanadi.
Kishmishbop hamda qisman xo’raki nav uzum quritiladi, mayiz va kishmish tayyorlanadi, yil davomida aholi tomonidan istemol qilinadi.
Sharobbop, qisman xo’raki va kishmish navlarini oziq-ovqat sanoat tarmoqlari qayta ishlab sharoblar, shampan vinolar, konyaklar, murabbo, shinni, sharbat, kompot, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Qayta ishlangan uzum mahsuloti qoldiqlaridan moy ishlab chiqiladi, chorvachilik omuxta yemlariga qo’shiladi. Toklarning barglari va novdalari chorvachilikda ozuqa, shoxlari va poyalari yoqilg’i sifatida ishlatiladi.
Uzumchilikning yuqori xalq xo’jaligi ahamiyatidan yana biri shundaki, ular 50-60 yillargacha hosil beradi. Ildizlari tuproqqa chuqur joylashadi, qurg’oqchilikka birmuncha chidamli, tuproq unumdorligi nisbatan past, notekis yerlarda ham hosil beradi va h.k.
Demak, uzumchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sermehnat va serdaromad hisoblanadi. Tarmoqni intensiv rivojlantirish mehnat, yer, suv va boshqa resurslar potensialidan samarali foydalanish uchun imkoniyatlar yaratadi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling