O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet137/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Bilvosita xarajatlar - bevosita ishlab chiqarishda qatnashmaydigan, balki ishlab chiqarishni tashkil qilishda, boshqarishda va alohida tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning mehnat xarajatlari.
Boshlang’ich qiymat - asosiy fondlarni tashkil etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar.
Bosh (yetakchi)tarmoq - bosh tarmoq deb, qishloq xo’jaligi yalpi va tovar mahsulotida yuqori salmoqni egallagan tarmoqqa aytiladi. Asosiy tarmoq korxonaning ixtisoslashishini aniqlaydi.
Buyumlashgan mehnat xarajatlari- u o’z ichiga mashina, mineral o’g’itlar va boshqalarda buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va urug’, yem-xashakda va qishloq xo’jaligidan chiqadigan mehnat predmetlarida buyumlashgan mehnat xarajatlarini oladi.
Bo’z yerlar - bo’z yerlarga oldin ekinzor bo’lgan, lekin turli sabablarga ko’ra qishloq xo’jaligi ekinlari (bir yildan ko’p) ekilmayotgan yer uchastkalari kiradi.
Vertikal integrasiya – har xil tarmoq ichidagi mehnat, yer-suv, moddiy va moliyaviy resurslardan unumli va oqilona foydalanishni yo’lga qo’yishni ta’minlovchi turli tarmoq (sanoat, qishloq xo’jaligi, transport va boshq.) korxona va tashkilotlarning, yagona maqsad sari tashkiliy va texnologik jixatdan birlashish shakli.
Gorizontal integrasiya – yuqori darajadagi konsentrasiyalashish va ixtisoslashish sharoitida bir xil faoliyat yuritadigan (bir taromoq ichidagi) xo’jaliklar va qishloq xo’jaligi korxonalarining tashkiliy va texnologik birlashish shakli.
Dehqon xo’jaligi- dehqon xo’jaligi deganda, o’z mulki yoki ijaraga olingan yer, suv, boshqa vosita va mol mulklardan foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqarishni, qayta ishlashni, saqlashni va sotishni amalga oshiruvchi, oilaviy, oilaviy-mehnat yoki bir qancha shaxslarning birgalashgan mehnatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik subyekti tushuniladi.
Differensial renta I- Differensial renta Ining tashkil topishi yer resurslarining chegaralanganligi, ularning sifati jihatidan turli-tumanligi, shuningdek qishloq xo’jalik oborotiga nafaqat yaxshi yerlarni, shuningdek o’rtacha va yomon yer uchastkalarini ham jalb qilish zaruriyati bilan bog’langan, yer uchastkalarining joylashgan o’rinlaridagi farqlarga ham bog’liq. Yer egalari sifat jihatidan turlicha bo’lgan yer uchastkalariga bir xil miqdorda mehnat va mablag’ sarflab, ulardan har xil natija oladilar. Yaxshi yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yomon yerda ishlaydiganlarga nisbatan, har bir gektaridan qo’shimcha mahsulot oladilar. Ular mahsulot birligi hisobiga oz miqdorda jonli va buyumlashgan mehnat sarflaydilar. Ularga mahsulot birligini ishlab chiqarish ancha arzonga tushadi, ularda mahsulotning individual qiymati past bo’ladi, natijada mahsuldorlik bo’yicha differensial renta I ga aylanadigan qo’shimcha daromad vujudga keladi. Differensial renta I, shuningdek yer uchastkalarining bozorga yaqin yoki uzoq joylashishiga qarab transport yo’llari va boshqalar oqibatida ham hosil bo’ladi. Bu farqlar mahsulot birligiga to’g’ri keladigan transport va boshqa xarajatlarning notekisligini keltirib chiqaradi, bu esa joylashgan joyiga qarab differensial renta I tashkil topishi uchun sharoit yaratadi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling