O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet135/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

ylanma vositalar - aylanma vositalar, ishlab chiqarish jarayonida bir marta ishtiroq etib, o’zlarining shakllarini o’zgartiradi va bir vaqtning o’zida o’z qiymatlarini yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga to’liq o’tkazadi. Misol uchun, urug’lik, yem, yoqilg’i moylash materiallari, o’g’it va boshqalar shular jumlasiga kiradi.
Almashuv qiymat- bir tovarning ikkinchi tovarga ayirboshlanishi xususiyatiga uning almashuv qiymati deyiladi. Ikki tovar mahsulotining o’zaro ayirboshlanishi ularni bir-biri bilan tenglashishini bildiradi.
Asosiy vositalar -asosiy vositalar qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi jarayonida uzoq vaqt ishtiroq etib (bir qancha yillar, bir qancha ishlab chiqarish jarayoni davomida) o’zining natura buyum shaklini saqlab qoladi. Uning qiymati amortizasiya shaklida yangidan yaratilgan mahsulot qiymatiga asta-sekin o’tib, shu mahsulotning ishlab chiqarish xarajatlariga, ya’ni tannarxiga qo’shiladi. Misol uchun traktorlar, kombaynlar, qishloq xo’jaligi mashinalariinng eskirish qismi shular jumlasiga kiradi.
Asosiy vositalarning eskirishi - asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradi, ya’ni dastlabki sifatini yo’qotib boradi, ma’lum muddat o’tgandan keyin ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi va ularni yangisi bilan almashtirish zaruriyati tug’iladi.Asosiy ishlab chiqarish fondlari jismoniy va ma’naviy eskiradi. Asosiy fondlarning foydalanish jarayonida eskirishi uning jismoniy eskirishidir. Jismoniy eskirish 2 xil bo’ladi:
1.Asosiy vositalarning ishlab chiqarish jarayonida, foydalanish natijasida asta-sekin o’z holatini (parametrini) o’zgartirishi;
2.Asosiy vositalarning bekor turishi va ochiq maydonlarda qarovsiz qoldirilishi natijasida detallarining ishdan chiqishi va korroziyaga uchrashi.
Bu xildagi eskirishlar ularning foydalanish darajasiga bog’liq. Bundan tashqari fondlar ma’naviy ham eskiradi.
Asosiy fondlarning ma’naviy eskirishi ham 2 xil bo’ladi:
1.Yangi, ancha unumli va tejamli mashinalar ixtiro etilishi va ularning ishlab chiqarishga joriy qilinishi natijasida eskirgan mashinalarning jismoniy yeyilish muddati tugamasdanoq, qadrsizlanib ma’naviy eskirib qoladi.
2.Texnika taraqqiyoti va mehnat unumdorligining oshishi ham o’z navbatida ishlab turgan mashinalar qiymatini kamayishiga olib keladi va ma’naviy eskiradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling