O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet143/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Iqtisodiy xavfsizlik - iqtisodiy xavfsizlik deganda, mamlakatdagi ishlab chiqarishning shunday holatini tushunish kerakki, qaysiki, unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va iqtisodiyotning mustaxkam rivojlanishi tashqiomillarning mavjudligi va harakatiga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanadi.
Kapitallashuv foizi — yerlardan iqtisodiy-xo’jalik maqsadlarida foydalanish orqali olingan foydani normativ qiymatga aylantirish uchun foydalaniladigan ko’rsatkich.
Kapital quyilmalar - qishloq xo’jaligida kapital qo’yilmalar deb harakatdagi asosiy vositalarni tiklashga va kengaytirishga yo’naltirilgan pul vositalariga aytiladi. Kapital qo’yilmalar - bu potensial asosiy vositalar bo’lib, ular ma’lum obyektlarni foydalanishga topshirilgandan keyin asosiy vositalarga aylanadi.
Ko’p yillik daraxtzorlar- o’z ichiga bog’larni, mevalarni, uzumzorlarni, sitrus, xurmo va boshqalarni oladi.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi– fermer xo’jaligi tashkil etilishi paytida yer uchastkalarini uzoq muddatli ijaraga olish shartnomasida belgilangan asosiy ixtisoslashuv yo’nalishidan boshqa sohalarda ishlab chiqarishni tashkil etib mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatishni yo’lga qo’ygan fermer xo’jaliklari hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari - iste’mol qilingan va mahsulotga o’tkazilgan ishlab chiqarish resurslarining jami yig’indisi mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari deyiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari ikki xil bo’ladi: ijtimoiy xarajatlar va korxona xarajatlari. Ijtimoiy xarajatlar bu jamiyatning u yoki bu mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarining jamidir. Ular mahsulot qiymatidan tashkil topadi.
Mahsulot sifati - mahsulot sifati deganda, uni ma’lum bir ehtiyojini qondirish kerakligini zarur qilib qo’ygan, mahsulotdagi xususiyatlar to’plami tushuniladi. Mahsulot sifati muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo’lib, u ishlab chiqarish jarayoni va mahsulot istemolida kishilar o’rtasidagi o’zaro mustahkam munosabatlarni ifodalaydi.
Mehnat – bu insoning maqsadli faoliyati bo’lib, bu jarayonda u tabiat predmetlarini o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtiradi va o’zgartiradi. O’z kuchini qo’shgani holda inson, mehnat qurollaridan foydalanib, tabiat bergan materiallarni, kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondiradigan moddiy ne’matlarga, boyliklarga aylantiradi.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling