O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet144/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Mehnat resurslari -Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda ishtirok etish qobiliyatiga ega bo’lgan kishilar to’plamini ifodalaydi. Mehnat resurslariga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishda band bo’lgan kishilardan tashqari, ma’lum bir sharoitda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida qatnashish imkoniyatiga ega bo’lgan kishilar, ya’ni mehnat zahiralari ham kiradi. Mehnat resurslarining eng harakatchan va bir vaqtning o’zida sosial faol qismi ish kuchidir. U kishining jismoniy va ma’naviy qobiliyatlarining yig’indisidir. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslariga mehnatga yaroqli erkaklar -16 dan 60 yoshgacha, ayollar -16 dan 55 yoshgacha, shuningdek qishloq joyda yashovchi o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi.
Mehnat unumdorligi -Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligi, xodimlarning bir birlik vaqtda ma’lum bir miqdordagi mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilgan aniq mehnat qobiliyatini aks ettiruvchi, iqtisodiy kategoriyadir. Alohida turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda mehnat unumdorligini hisoblash uchun, natural birlikda, ya’ni sentnerda hisoblaniladi. Alohida (dehkonchilik, chorvachilik) tarmoqlarida yoki butun qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini hisoblash uchun, ular turli mahsulot bo’lganligi uchun, qiymat shaklida pulda hisoblaniladi. Bu maqsad uchun joriy yoki xarid, shuningdek taqqoslama baholardan foydalaniladi.
Moliyaviy investisiya - qimmatbaho qog’ozlarni sotib olishni, shuningdek ishlab chiqarishga maqsadli pul qo’yishni ko’zda tutadi.
Mulk-bu ishlab chiqarish vositalarining odamlar tomonidan o’zlashtirib olinishidir. Ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan munosabat mulk munosabatlari kompleksining asosini tashkil etdi. Mulk kim tomonida bo’lsa, mahsulotlarni taqsimlash, almashtirish huquqi ham shu tomondan amalga oshiriladi.
Normativ qiymatni aniqlash davri — O’zbekiston Respublikasining butun hududi qamrab olingan holda yagona ko’rsatkichlar bo’yicha yerlarni baholash ishlari o’tkaziladigan davr.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling