Sug’oriladigan mintaqa — zarur irrigasiya-meliorasiya infratuzilmasi bilan ta’minlangan, yerlarning barcha toifalarini qamrab oluvchi hudud;
Tannarx – mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning puldagi ifodasi.
Tiklanish qiymati– asosiy fondlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar.
Tovar mahsulot - qishloq xo’jaligining tovar mahsuloti deganda, yalpi mahsulotning barcha sotish kanallari orqali, ya’ni davlat, matlubot kooperasiyasi, qishloq aholisiga, dehqon bozorida, oshxona orqali, bolalar muassasalariga va chet davlatlarga sotadigan qismiga aytiladi. Tovar mahsulotning sotilgan va bu uchun pul olingan qismi sotilgan mahsulot deyiladi. Shuning uchun «Tovar mahsulot» tushunchasi «Sotilgan mahsulot» tushunchasidan kengdir. Agar tovar mahsulotning hammasi sotilsa, u holda ikkalasi teng bo’ladi.
Tuproq bonitirovkasi– bu, qishloq xo’jaligi ekinlarining o’rtachataqqoslama agrotexnika darajasi va dehqonchilik intensivligida o’tkaziladigan tuproqning unumdorligi bo’yicha, ya’ni tuproqning sifatini va tabiiy ishlab chiqarish unumdorligini 100 ballik shkala bo’yicha qiyosiy baholash. Bonitirovkalashda qo’llaniladigan ko’satkichlar tizimiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, tuproqning unga o’zaro bog’langan ancha barqaror xususiyatlari: tuproqning, gumusning fizik tarkibi, pastga singish miqdori, tuproqning kislota bilan ta’minlanishi, yuvilganligi va boshqalar kiradi. Bu ko’rsatkichlar bilan tuproq baholash guruxlari bo’yicha jami tuproq balli hisoblaniladi.
Fermer xo’jaligi- ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt.
Fermer xo’jaligining yer maydonini maqbullashtirish — yer-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish va fermer xo’jaligining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida uning yer maydoni hajmini o’zgartirish demakdir.
Foyda - bu realizasiya qilish natijasida olingan sof daromadning bir qismi bo’lib, u mahsulot sotishdan keladigan mablag’dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to’la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismiga teng bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |