O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet142/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Ish kuchi bozori -bozor iqtisodiyotida ish kuchi ikkita sharoit ta’sirida tovarga aylanadi. Birinchidan, kishi ozod bo’lishi kerak va o’z ish kuchiga mustaqil egalik qilish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. Ikkinchidan, u ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo’lishi kerak, aks holda unda ish kuchini sotish zaruriyati bo’lmaydi. Qishloq xo’jaligida bundaylar yollanma xodimlar hisoblanadi. Bozorda u o’z ish kuchinining egasi, sotuvchi sifatida xaridor bilan qarama - qarshi turadi. Ish kuchi, boshqa tovarlar singari, iste’mol qiymat va qiymatga ega.
Ish kuchining iste’mol qiymati - uning o’z mehnat qobiliyati bilan iste’mol qiymat va qiymatga ega bo’lgan yangi tovar yaratishidir. Boshqa tovarlardan farq qilib ish kuchi iste’mol jarayonida o’z qiymatidan ko’p bo’lgan daromad yaratadi. Bu ortiqcha daromad qo’shilgan qiymatning tarkibidir. Ish kuchining qo’shilgan qiymat yaratish qobiliyati pirovard natijada tovar bo’lgan ish kuchining iste’mol qiymatidir.
Ish kuchining qiymati- tovar sifatida ish kuchining qiymati, uni takror ishlab chiqarish uchun kerak bo’ladigan ijtimoiy zaruriy mehnatning miqdori bilan o’lchanadi. Shuning uchun ish kuchining qiymati tirikchilik vositalari fondini tashkil qiladi. Tirikchilik vositalari fondi xodimlar shaxsiy iste’molining moddiy asosi sifatida namoyon bo’ladi va shaxsiy iste’molga kiradigan moddiy ne’mat va xizmatlarning yig’indisini ifodalaydi. Tirikchilik vositalari fondining manbai va asosiy iqtisodiy shakli mehnat haqi hisoblanadi.
Ishsizlar – bu, ish va ish haqiga ega bo’lmagan, o’ziga to’g’ri keladigan ishni izlash maqsadida bandlik xizmatida ro’yxatdan o’tgan, ish izlovchi va topsa darrov joylashadigan mehnatga yaroqli fuqarolardir. Bu haqda O’zbekiston respublikasi “Mehnat kodeksi” ning60 “Ishsiz deb e’tirof etish” moddasida shunday yozilgan:
“Ishsizlar—o’n olti yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassasalarida ta’lim olayotganlar mustasno)”.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling