O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet138/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Differensial renta II – Differensial renta IIishlab chiqarishni intensivlashtirish jarayonida yer uchastkalariga qo’shimcha mablag’ sarflash hisobiga olinadi. Yer uchastkasiga sarflangan bir xil miqdordagi xarajatlar turli xil qaytimga (samaradorlikka) ega bo’lishi mumkin. Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning ijtimoiy bahosi, ancha kam unumli xarajatlardan olinadigan mahsulot ishlab chiqarish bahosi bilan aniqlanadi, ancha unumli xarajatlar odatdagi o’rtacha foyda normasini va yana ortiqcha foyda - differensial renta II ni keltiradi.
Differensial renta II, qo’shimcha mablag’ hisobiga tashkil topadigan, ishlab chiqarishning individual va ijtimoiy bahosi o’rtasidagi farqga teng.
Differensial sof daromad(DSD)- nisbatan yaxshi yerlardan olingan ortiqcha qo’shimcha mahsulotning qiymatini aks ettiradigan; sof daromadning bir qismi. Differensial renta I va II larni o’z ichiga oluvchi DSD, bir vaqtning o’zida yerning sifati va dehqonchilikni intensivlashtirish daromadni hisobga olgan holda yerdan foydalanish iqtisodiy samarasining umumiy miqdorini aks ettiradi.
Yerning bozor bahosi- yer uchastkalarining talab va taklifi miqdoriga bog’liq holda, ya’ni oldi-sotdi jarayonida vujudga keladi. Yer uchastkasining egasi normal sharoitda yerini sotadi, qaysiki, agar yerni sotishdan olinadigan mablag’ bankka qo’yilganda foiz shaklida keltiradigan daromad, shu yerni ijaraga berganda olinadigan rentadan kam bo’lmagan holda. Yerning bahosi boshqacha qilib aytganda – kapitallashgan yillik yer rentasidir.
Qishloq xo’jaligida yerning bahosi, yer solig’i va ijara haqining iqtisodiy asosi va yerga bo’lgan mulk huquqini ro’yobga chiqarishning iqtisodiy shakli, yer egalari o’zlashtiradigan daromad sifatida yuzaga chiqadigan yer rentasihisoblanadi.
Yerlarning iqtisodiy bahosi-uning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida qiymatini xarakterlaydi.Tuproq bonitirovkasidan farqli o’laroq, bu yerda yer tabiat mahsuli emas balki, xo’jalik yuritish iqtisodiy sharoiti bilan to’xtovsiz bog’langan ishlab chiqarish vositasi sifatida baxolanadi.Uning asosida tabiiy va ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqadigan yerning sifati (iqtisodiy unumdorligi)dagi farqlar yotadi.
Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqning sifat xarakterisitkasi (boniteti), balki, 100 ga.ga to’g’ri kelgan xodimlar soni, 1 ga.ga to’g’ri kelgan kuch beruvchi va ishchi mashinalar, o’g’itlarni qo’llash, vegetasiya davrida namlik miqdori (kolichestvo osadkov) va boshqalar kabi ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Baholash qishloq xo’jalik ekinlarining haqiqiy hosildorligi va ularni ishlab chiqarish xarajatlari haqida uzoq muddatli (5 yildan kam bo’lmagan) yalpi ma’lumotlar asosida o’tkaziladi va tuproq boniteti singari ballarda ifodalanadi.
Yerni iqtisodiy baholash ikki aspektda amalga oshiriladi.
1.Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerni umumiy iqtisodiy baholash.
2.Alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi bo’yicha qisman baholash.

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling