O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Fermer xo’jaligining qo’shimcha tarmoqlariga quyidagilarni kiritish mumkin


Download 1.77 Mb.
bet25/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Fermer xo’jaligining qo’shimcha tarmoqlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Tijorat, savdo-sotiq.
2.Madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish:– suratxonalar;cho’milish havzalari;go’zallik saloni;dam olish uylari;marosimlar uyi;umumovqatlanish shoxobchalari;xalq hunarmandchiligi;ekoturizm;turli xildagi to’garaklar va boshqa xizmat turlari.
3.Xizmat ko’rsatish:– avtomobillarga texnik yordam ko’rsatish;poyabzal ta’mirlash va tikish;yog’ochni qayta ishlash va quritish;qurilish materiallari ishlab chiqarish;mebel yasash va ta’mirlash;kiyim-bosh va trikotaj mahsulotlarini tikish-to’qish;teleradio, video, audio apparatlarini tuzatish;telekommunikasiya aloqalari (telefon, faks, internet);
4. Yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish (oziq-ovqat mahsulotlari, ip, kalava va boshqalar)
Hozirgi vaqtda hududlarda fermer xo’jaliklarida qo’shimcha tarmoqni rivojlantirishga to’siq bo’layotgan muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:
I.Iqtisodiy jihatdan:
1.Sotilgan mahsulotlar uchun pul mablag’lari o’z vaqtida tushirilmasligi;
2.Soliq, boj, sug’urtalash va kredit tizimida imtiyozlar ko’lamini kengayirish zarurati;
3.Qishloq xo’jaligi va sanoat mahsulotlari baholarining nomutanosibligi;
4.Qishloq joylarida infratuzilma shoxobchalarining samarasiz faoliyat ko’rsatishi;
5.Moliyaviy muassasalarda kredit mablag’lari yetishmasligi;
6.Marketing tizimidan kam foydalanish.
II.Ma’muriy-tashkiliy jihatdan:
1.Qo’shimcha tamroqni qo’llab quvvatlashdagi huquqiy asoslar yetishmasligi;
2.Qo’shimcha tarmoqni rivojlantirish uchun moddiy-texnik resurslar yetkazib berish tizimidagi tashkiliy muammolar;
3.Qo’shimcha tarmoq faoliyati bilan bog’liq masalalarni hal qiluvchi nazorat idoralar bilan bog’liq qiyinchiliklar.
III.Ijtimoiy jihatdan:
1.Fermer xo’jaliklari rahbarlarida qo’shimcha tarmoqni rivojlantirishda bilim va malaka yetishmasligi;
2.Fermer xo’jaliklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlshda qo’imcha tarmoq ahamiyatini to’liq angalamaslik;
3.Fermer xo’jaliklarida shakllanib qolgan ruhiy vaziyat, ya’ni, paxta g’alla rejalarini bajarish asosiy vazifa sifatida qaralishi.
Umuman olganda, mamlakatda ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini barpo etish, rivojlantirish va samaradorligini oshirish hisobiga, shuningdek oziq-ovqat dasturi doirasida belgilangan loyihalarni amalga oshirish natijasida yangi ish o’rinlarining barpo etilishi hududda nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy masalalarning ham hal qilinishigaijobiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni har yili oliy o’quv yurtlarini va kasb-hunar kollejlarini bitirib chiqayotgan yosh yigit-qizlarning mehnat birja va yarmarkalar orqali ish bilan ta’minlanish imkoniyatini vujudga keltiradi.
Amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyalashtirilish jarayoni va chora-tadbirlar dasturi ijrosi tahlilishuni ko’rsatadiki, joylarda tijorat banklarining taqdim etadigan kredit mablag’laridan foydalanish darajasi past bo’lib, asosiy moliyalashtirish manbai ishlab chiqaruvchilarning o’z mablag’lari hisobiga amalga oshirilgan. Bu o’z navbatida hududlar iqtisodiyotida bozor iqtisodiyoti sharoitida o’z-o’zini mablag’ bilan ta’minlash tamoyili asosida rivojlanish imkoniyatlarining mavjudligidan dalolat beradi. Shuningdek, kelajakda mavjud yer-suv, mehnat va moliyaviy salohiyatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hisobiga ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini yanada rivojlantirish istiqbolli ekanligini amalda ko’rsatadi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling