O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi


Download 1.77 Mb.
bet22/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

4. Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishdaerishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi

Mustaqillikka erishilgandan keyin respublikada mustabid tuzumdan meros bo’lib qolgan iqtisodiyotni boshqaruvining ma’muriy buyruqbozlik uslubidan voz kechilib, xalqimizning milliy, tarixiy merosi, turmush tarzi, urf-odatlari, an’analari hamda mentalitetiga tayangan holda ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish modeli–ya’ni «O’zbek modeli» yaratildi va hayotga tadbiq etilmoqda.


Siyosiy-ijtimoiy islohotlar natijasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy larzalarsiz, bosqichma-bosqich o’tilayotgan bozor munosabatlarining tub mohiyati va maqsadini respublika aholisining barcha qatlamlari to’lasincha, ongli ravishda tushunib olib, bozor islohotlarini samarali usullar vositasida amalga oshirishi mumkin va zarur ekanligini, ya’ni islohotlar odamlar uchun va shu odamlar orqali amalga oshirilishini chuqur anglab yetishlari zarur. Bugungi davr kishisi tovar sifatidagi ish kuchini o’zida mujassam etgan bozor munosabatlari subyektlari, yangi iqtisodiy sharoitda ishlay oladigan bo’lishlari ham talab qilinadi.
Respublika agrosanoat majmuida ro’y berayotgan o’ziga xos holat, bu sohadagi mavjud vaziyatni chuqurroq tahlil qilishni, qo’yilgan vazifalarni imkon boricha ertaroq va kamroq yo’qotishlar bilan bajarish chora-tadbirlarini belgilashni taqozo etadi. Bu chora-tadbirlarni ishlab chiqarishda va asoslab berishda jaxondagi bozorli iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlangan, mamlakatlarda to’plangan boy tajribalarni xar tomonlama o’rganish, umumlashtirish va ulardan samarali foydalanish respublika fermer xo’jaliklarini oqilona tashkil etish, ularning iqtisodiy samaradorligini barqaror oshirish bo’yicha aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish va uni xo’jalik yuritish faoliyatlariga tadbiq etish sohaning iqtisodiy ko’rsatkichlarini o’sishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi muqarrardir.
Amerika Qo’shma Shtatlari, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Gollandiya, Belgiya kabi taraqqiy etgan davlatlar, “Osiyo yo’lbarslari” deya e’tirof etilgan va keyingi o’n yilliklar mobaynida yuksak yutuqlarga erishgan Janubiy Quriya, Singapur, Tayvan, Malayziya, Xitoy Xalq Respublikasi singari mamlakatlarda to’plangan tajriba shundan dalolat beradiki, respublikamizdagi jamiyat xayotining barcha sohasini erkinlashtirish shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqkiyot va barqarorlikning asosiy omili bo’lgan mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali erkin bozor munosabatlarini to’la qonli vujudga keltirish istiqbolda erkin, farovon, ma’rifatli, huquqiy fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi dadil qadam bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida qayd etilgan mamlakatlarda fermerchilik harakatlari, ularning samaradorolik darajalari, o’lchamlari katta-kichikligi, egallagan yer maydonlari, rivojlanish sur’atlari bir xil emasligini ko’rsatadi.
Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir.
Amerika Qo’shma Shtatlarida fermerlar davlat tomonidan doimiy ravishda qo’llab-quvvatlanib kelinishi natijasida ularning moddiy texnika hamda, axborot informasion bazalari yuksak darajada rivojlangan.
Mamlakatda fermer xo’jaliklarining turli xil shakllari: oilaviy fermerlar, yirik fermer xo’jaliklari, fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi turli xil servis korxonalari va muassasalari, ularning ixtiyoriy uyushmalari keng faoliyat ko’rsatadi.
Bu mamlakatda fermerlar o’zaro ixtiyoriy ravishda kooperasiyalar-uyushmalariga a’zo bo’lib kiradilar.
Fermerlarning kooperasiyalarda ixtiyoriy hamkorligidan maqsad shuki, mavjud resurslardan samarali yo’llar bilan foydalanish orqali har bir fermer va bu fermerlarga turli xil xizmat ko’rsatuvchi servis firmalari oladigan foyda va daromad miqdorini oshishida teng manfaatdorlikdir.
Kooperativga birorta fermerning a’zo bo’lib kirishi yoki a’zolikdan chiqishi, biron bir subyekt tomonidan chegaralanmaydi; farmoyish, ko’rsatma, buyruq berilmaydi; uning faoliyati haqida qaror qabul qilinmaydi. Bu fermerlarning mutloq mustaqil ishi va faqat o’zi hal qiladi.
Kooperativlarni boshqarish demokratiya asosida, uning a’zolari tomonidan boshqarilib boriladi. Kooperativ a’zolarining umumiy yig’ilishi yuqori boshqaruv organi bo’lib, kooperativ faoliyatini muntazamlashtirib, muvofiqlashtirib, boshqarib boradi.
Amerika fermerlarining eng ishonchli va eng mas’uliyatli yordamchilari fermerlarga xizmat ko’rsatuvchi servis kooperativlardir. Bunday fermerlar kooperasiyasi faoliyati haqiqatdan ham ko’p qamrovli bo’lib, ular quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: urug’lik, ozuqa, xashak, o’g’itlar, yoqilg’i va moylash materiallari, jihozlar, inventarlar, ehtiyot qismlar, o’simlik va hayvonlarni tabiiy rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi parazitlarga qarshi kurashni tashkil etish uchun zarur kimyoviy moddalar, moliya-kredit va sug’urta ta’minotlari; shartnoma bilan ishlaydigan ishchilar, veterinariya xizmati, yerga meliorasiya ishlov berish va ekishga tayyorlash, hasharotga qarshi kurash, texnik xizmat ko’rsatish; zarur axborot-informasiyalarni to’plash, uzatish, qayta ishlash, ma’lumot to’plash; kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malaka oshirish, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash xizmatlari, elektroenergiya va boshqa xizmat turlari kabilar.
Fermerga, xo’jalik yuritishi uchun zaruriy bo’lgan barcha moddiy-texnik jihozlar, asbob-uskuna va anjomlar to’lasicha ta’minlangan. U qishloq xo’jaligi texnikasi va ularga kerakli ehtiyot qismlar, o’g’it, yoqilg’i moylash materiallarini o’zi a’zo bo’lgan kooperativ orqali yilning, oyning, sutkaning qaysi vaqtida kerak bo’lsa, shu zahotiyoq, hyech bir hujjat, talabnoma, ruxsatnoma yoki farmoyishsiz olish huquqiga ega.
Xozirgi paytda Amerika Qo’shma Shtatlarida 2,1 mln. fermerlar mavjud bo’lib, shulardan 85 foizi oilaviy fermerlar, ya’ni mayda fermerlardir. Ularning umumiy soni 1 mln 1780 ta bo’lib, qishloq xo’jaligida ishlab chiqariladigan yalpi mahsulotning faqatgina 20 foiziga yaqinini yetkazib beradi. Fermerlarning 10 foizi, ya’ni 215 mingtasi sherikchilik asosida ish yuritib, umumiy fermerlarning 20 foiz mahsulotini yetkazib bersa, 111 ming yoki umumiy fermerlarning 5 foizi mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jalik mahsulotlarining 60 foizini yetkazib beruvchi fermerlarning yirik korporasiyalaridan tashkil topgan. Bunday fermer xo’jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish iqtisodiy samara bilan olib borilayotganligi yirik korxonalarda ishlab chiqarishning yuqori darajadagi konsentrasiyalashganligining ijobiy natijasidir.
Respublika qishloq xo’jaligi korxonalaridagi dastlabki erishilgan tajribalarni umumlashtirish va ilg’or mamlakatlar faoliyatining tahlili shuni ko’rsatadiki, davlat tasarrufidan chiqarilgan mulk va shu mulkka tayanilib ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat evaziga olinadigan daromadning taqsimoti adolatli bo’lib, daromadni mulk va mehnat egasining o’zi to’liq tasarruf etishga imkon yaratib beriladi. Bu xo’jalik yuritish shakli moddiy manfaatdorlik bilan moddiy javobgarlik uyg’unligi asosida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan, umumiy mulkdan o’z ulushiga ega bo’lgan har bir kishiga, har bir shaxsga eng naflilik va eng manfaatdorlik darajasini ta’minlaydi.
2-jadvalda respublika fermer xo’jaliklarining ekin maydonlari, yalpi hosili, yalpi mahsuloti o’zgarishining dinamikasi berilgan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling