O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet19/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Xususiy mulk–barcha turdagi davlat mulki bo’lmagan mulklardir. Xususiy mulk har doim yollanma mehnatni ekspulatasiya qilish bilan bog’langan va bu unga nisbatan salbiy oqibatga olib keladigan, aqida mavjud edi. Tarixiy tajribada bu hozirgacha har tamonlama asoslanmaganligi ma’lum bo’ldi. Ekspluatasiya xususiy mulksiz ham davlat mulki hukmronligida ham bo’lishi mumkin ekan. Bundan tashqari xususiy mulkning hammasida ham ekspluatasiya bo’lavermaydi. Masalan: o’z mehnatiga asoslangan xususiy mulkda bo’lmaydi. Ekspluatasiya mulkdan kelib chiqmaydi, balki yollanma xodimini ishlatuvchi bilan noteng sharoitga qo’yuvchi, ular ishtirokida yaratilgan mahsulotni o’zlashtirishda va taqsimlashning teng huquqli bo’lmagan usullarida namoyon bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ma’lum sistemasidan kelib chiqadi.
Xususiy mulkning ko’p shakllari yuksak ijtimoiy foydalilikka ega. Dehqon xo’jaligi xususiy mulki uning a’zolariga o’z individual tadbirkorligini amalga oshirishga, mustaqilligini namoyon qilishga imkon beradi. Busiz taraqqiyot barqaror samara bermaydi. Xususiy mulk kishilarda ijodiy faollikni, qobiliyatni namoyon qiladi va javobgarlikni kuchaytiradi. U iqtisodiy hayotni tezlashtiradi, kishilarni hisob-kitob qilishga, ertangi kun mas’uliyatihaqida o’ylashga majbur qiladi. Xususiy mulk ko’pgina ijtimoiy masalalarni hal qiladi, kishining davlatdan va ijtimoiy tashkilotlardan mustaqilligini kengaytiradi. Faqat xususiy mulk shaxsiy iqtisodiy mustaqillikning asosi hisoblanadi. Xususiy mulk - inson shaxsiy erkinligining yagona moddiy kafili hisoblanadi. Dehqon xususiy mulki avlodlar to’g’risida g’amxo’rlik qilish, bolalarni ota-onaga hurmat ruhida tarbiyalaydi.
Xususiy mulkning shakllanishi, uning xususiyatlari, tasarruf etilishi, xususan o’z mehnati bilan topilgan mulkka egalik qilish to’g’risida, o’zbekistonlik taniqli iqtisodchi olimlar bilan birgalikda millatimiz, vatanimiz mustaqilligi, ozodligining fidoiy, otashin kurashchilaridan biri bo’lgan Alixonto’ra Sog’uniy o’zining «Turkiston qayg’usi» nomli asarida «Insonning eng sevgan, qadrlik, qimmatlik to’rt narsa bordur. Bu to’rt narsaga ega bo’lmagan kishilar insonlik sharafidan mahrum bo’ladilar. Alarning eng birinchisi shuldurkim, har odam o’z erk va ixtiyoriga ega bo’lmoqdur. O’zida erki y o’q, qo’lida ixtiyori yo’q odamlarning hayvondan nima farqlari bor? Ikkinchisi - sha’riy yoki qonuniy kasblari orqali topgan molu dunyosi, qilgan mehnatining mevasi shul topguvchining o’z xaqqi bo’lgan xos mulkidur…»3–deb yozib qodirganlarida qanchalik haq ekanliklarining isboti bugungi kunda yaqqol ko’rinib turibdi.
Qishloq xo’jaligida xususiy mulkning boshqa mulk shakllaridan tubdan afzalligini quyidagicha uchga bo’lish mumkin;
a).Xodimning ishlab chiqarish vositalari bilan bevosita aloqasini ta’minlash va shu vositalardan foydalanish masalalarini mustaqil hal qilish huquqida namoyon bo’ladi;
b).Ishlab chiqarish faoliyatiga, shuningdek yetishtirilgan mahsulot va olingan daromadda mustaqillikni ta’minlash;
v).Qat’iy iqtisodiy javobgarlik va mas’uliyatning mavjudligi.
Dehqon va shaxsiy yordamchi xo’jaligi xususiy mulkida xo’jalikni yuritish uchun qayta ishlash va sotish uchun zarur bo’lgan ishlab chiqarish vositalari, yer, traktorlar, kombaynlar, boshqa mashina va uskunalar, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ishlab chiqarishga mo’ljallangan bino va inshootlar, transport vositalari va boshqalar, shuningdek ishlab chiqarishga mo’ljallanmagan vositalar-uy-joy, xo’jalik qurilishlari va boshqalar mavjud bo’ladi.
Ijara korxonalari mulkining vujudga keltirishi va rivojlantirishi, kollektiv mulk formasi sifatida, dastlabida davlat korxonalari mulkini ijaraga berishni ifodalaydi. Bu yerda ketma-ket ijarani amalga oshirish mumkin. Masalan: xo’jalik davlatdan asosiy va oborot vositalarini ijaraga oladi. o’z navbatida ichki xo’jalik bo’linmalari ishlab chiqarish vositalarini xo’jalikdan ikkilamchi ijaraga oladilar. Keyin esa brigada, zvenolar yoki xodimlar ishlab chiqarish vositalarini bo’linmadan uchlamchi ijaraga oladilar. Bunda darajali yoki ketma-ket ijarada mulk har safar o’z xo’jayinini topaveradi. Ijara ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan mulkning xarakterini o’zgartmaydi. O’tmish iqtisodchilar, ijarachi mulkdor emasligini, ijara esa muddatli shartnoma ekanligini aytib o’tishgan. Lekin ijara mulkni iqtisodiy ro’yobga chiqartirishning shaklini o’zgartiradi. Ijara korxonasining kollektivi davlatdan shu ishlab chiqarish vositalarini asta-sekin sotib olishi mumkin. Bu holatda kollektiv korxona mulki vujudga keladi. Bundan tashqari qishloq xo’jaligida kooperativ mulk ancha salmoqni egallaydi. Kooperativ mulki, uning a’zolarining pul va vznoslari, ishlab chiqarilgan mahsulot, olingan daromad va boshqa faoliyatlar hisobiga tashkil etiladi.
Qishloq xo’jalikda mulkning rivojlanayotgan yangi shakli aksiyador, aksionerlik jamiyati va korxonalari mulki hisoblanadi. Aksiyador jamiyati mulki, aksiyalarni sotishdan, shuningdek xo’jalik faoliyati natijasida olinadigan daromadlar hisobiga yaratilgan ishlab chiqarish vositalari hisoblanadi. Davlat qishloq xo’jalik korxonasi kollektivining qaroriga binoan bu korxona aksioner jamiyatiga, uning mulki esa aksiyador jamiyati mulkiga aylantiriladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda mulkning aksiyadorlik shaklining ahamiyati yanada oshadi:
-ishlab chiqarish resurslarini real umumlashtirishga yetaklovchi, mulkni davlat tasarrufidan chiqaruvchi vosita. Aksiyador mulkida mulkning turli bazaviy shakllari birlashadi. Bu yerda aksiyani sotib oluvchilar alohida fuqarolar, jamoalar va davlat bo’lishi mumkin;
-xodimlarning moliyaviy resurslarini korxona ehtiyojlari uchun talab qilish vositasi;
-ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishda va ishlab chiqarish rentabelligini oshirishda xodimlar manfatdorligini oshirish vositasi;
-dividend olish yo’li bilan xodimlar daromadini ko’paytirish usuli.
Xo’jalik uyushmalari (birlashmalari) mulki - bu konsern, agrokonsorsium va boshqalar mulkidir. Bunga korxona va tashkilotlar tomonidan o’tkazilgan, xo’jalik faoliyati natijasida olingan mulk va ishlab chiqarish vositalari kiradi. Davlat mulkiga davlat tomonidan qishloq xo’jaligi korxonalariga berkitib qo’yilgan mulklar kiradi.
Keyingi paytlarda mulkning aralash shakli ham rivojlanmoqda. Bunga fuqarolarning, kooperativlarning, aksiyador jamiyati va davlatning, shu jumladan chet el fuqarolari, korxonalari, birlashmalarining birlashgan mulki kiradi.
Mulkning turli tuman shakllaridan samarali foydalanish ularga teng huquq berilganda amalga oshadi. Ulardan birortasini yetakchi qilib qo’yish yana monopol tendensiyani keltirib chiqaradi. Har bir mulk shaklining o’z vazifasi bor. Masalan, xususiy mulkning bir xil, jamoa mulkning ikkinchi xil va davlat mulkning uchinchi xil vazifasi bor.
Quyida bozor iqtisodiyoti sharoitida O’zbekiston Respublikasida amal qilishi mumkin bo’lgan turli-tuman mulk shakllari keltirilgan.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling