1-rasm. O’zbekiston Respublikasida amal qilishi mumkin bo’lgan mulk shakllari.
Agrosanoat uyushmasiga qarashli davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish yo’llari va xususiylashtirish tartiblari quyidagilardan iborat:
1) Mulkni davlat tassarrufidan chiqarish yo’llari
2-rasm. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish yo’llari.
3-rasm. Mulkni xususiylashtirish tartiblari.
Respublikada korxona va obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning yillar bo’yicha dinamik holatini quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rish mumkin (1-jadval)
1-jadval
Respublikada korxona va obyektlarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning borishi (2003-2012 yy.)*
№
|
Ko’rsatkichlar
|
2003
|
2004
|
2005
|
2006
|
2007
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
1.
|
Xususiylash-tirilgan korxona va obyektlar soni
|
1519
|
1228
|
980
|
673
|
631
|
392
|
135
|
96
|
95
|
83
|
2.
|
Xususiylash-tirishdan tushgan pul mablag’lari, mlrd. so’m
|
56,1
|
78,5
|
80,5
|
70,4
|
111,1
|
130,6
|
35,7
|
23,0
|
39,2
|
32,1
|
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari.
Toshkent 2013 yil
Ma’lumotlar shuni ko’rsatadiki, 2003-2012 yillar mobaynida respublikada xususiylashtirilgan korxona va obyektlar soni 1519 tadan 83 tagacha kamayib borgan. Bu albatta yildan yilga bu jarayonning tugallanib borayotganligidan dalolat beradi. Ayni paytda 2003 yildan to 2008 yilgacha bunday obyektlarni xususiylashtirishdan tushgan pul mablag’lari mos ravishda 56,1 mlrd so’mdan 130,6 mlrd. so’mgacha oshib borgan. 2009 yildan boshlab esa kamayib borish tendensiyasi mavjudbo’lib, bu mos ravishda 35,7 dan 32,1 mlrd. so’mgachani tashkil etadi. Bu yildan yilga nafaqat ular sonining kamayishi balki qiymati past korxona va obyektlarning davlat tasarrufidan chiqarilayotganligini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |