O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
4. Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligi
Iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligi tushunchasi. Iqtisodiy xavfsizlik deganda, mamlakatdagi ishlab chiqarishning shunday holatini tushunish kerakki, qaysiki, unda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va iqtisodiyotning mustaxkam rivojlanishi tashqiomillarning mavjudligi va harakatiga bog’liq bo’lmagan holda, ta’minlanadi. Oziq-ovqat xavfsizligi mamlakatni mavjud salohiyatlar, resurslar bilan ta’minlash va aholini ichki va tashqi sharoitlarga bog’liq bo’lmagan holda, ilmiy jihatdan asoslangan tibbiy me’yorlar darajasida oziq-ovqat mahsulotlariga kafolatlash demakdir. Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash potensial xavfning aniq va istiqboldagi holati, shuningdek aholini oziq-ovqat tovarlari bilan ta’minlashning samarali sistemasini yaratish to’g’risidagi bilimlarni yuzaga keltiradi. Oziq-ovqat bilan o’zini-o’zi ta’minlash – bu davlatning ichki extiyojini oziq-ovqatning barcha turlari hamda alohida maxsulot turlari bilan ham ta’minlash, qoplash qobiliyatidir. Oziq-ovqat xavfidan keladigan iqtisodiy zarar bevosita va bilvosita yo’qotishlar bo’lib, u quyidagilar bilan bog’liq: Ta’minlovchi tarmoqlar va agrosanoat majmui tizimlari va elementlarining buzilishi; Oziq-ovqat maxsulotlariga oshirilgan baholar bo’yicha import to’lovlari; Mehnatga yaroqli aholining kamayishi hisobiga mehnatning iqtisodiy samaradorligining pasayishi. Oziq-ovqat qaramliligi va oziq-ovqat mustaqilligi. Mamlakatda oziq-ovqat qaramliligi shunday holatda vujudga keladiki, unda jamiyat o’z oziq-ovqat xavfsizligini o’zi mustaqil hal qilish qobiliyatiga ega bo’lmaydi. U qishloq xo’jaligi, sanoat va transport kabi tarmoqlar majmuining buzilishiga, shuningdek zaruriy oziq-ovqat maxsulotlari importiga mamlakat iqtisodiyotining to’lovqobiliyatli emasligiga asosiy sabab bo’ladi. Oziq-ovqat qaramliligining paydo bo’lishi uchun asosiy sharoit davlatning xususiy ishlab chikaruvchilarni qo’llab quvvatlamasligi va oziq-ovqat maxsulotlari importining haddan tashqari ko’payib ketishi bo’lib hisoblanadi. Oziq-ovqat mustaqilligi bu aholini o’rnatilganovqatlanish me’yorlari bo’yicha oziq-ovqatlar bilan ta’minlash uchun energiya, yer resurslari, qishloq xo’jaligi mashinalari, moddiy resurslarning strategik zaxiralari mavjudligini taqozo qiladi. Uni amalga oshirish uchun agrosanoat majmui aholining asosiy oziq-ovqat maxsulotlari turlariga bo’lgan talabini zaruriy miqdorda va assortimentda mustaqil ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va ta’minlashga qodir bo’lishi kerak. Oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasi.Oziq-ovqat xavfsizligi strategiyasi quyidagilarni taqozo qiladi: Agrosanoat majmuyi mehnat resurslariga nisbatan proteksionistik tadbirlarni o’tkazish va aholining turli qatlamlari uchun davlat ta’minotiga erishish; Ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini taqsimlash tizimida mehnat resurslarining optimal balansini qo’llab quvvatlash; Agrosanoat majmui tizimini energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarga yo’naltirish; Agrosanoat majmui faoliyati ta’minoti va davlat rejalashtirish tizimlarining harakat qilishi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling