O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
- jadval Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning sotish bahosi (2008-2014 yy.)*
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish
1- jadval
Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarda1 s. mahsulotlarning sotish bahosi (2008-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. Tahlil etilayotgan davrda, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining baholari turli darajada o’zgarib borgan. Bunda eng yuqori o’sish sur’ati meva, uzum va polizda bo’lib, ular mos ravishda5,3; 3,9 va 3,8 martani tashkil etgan. Shuningdek, bu ko’rsatkich - go’sht va pillada – 3,0-3,5 martani, g’alla, paxta, tamaki, sabzavot, kartoshkada – 2,0 dan 3,6 gacha oshgan bo’lsa, sut sog’ish va tuxum yetishtirishda – 1,8 martani tashkil etgan. Demak, 2014 yilda 2008 yilga nisbatan mahsulotlarning o’rtacha sotish baholari keskin ko’tarilgan. Ammo qishloq xo’jaligi korxonalari mahsulotlarining o’rtacha sotish baholari erkin, ichki va jahon bozori baholariga nisbatan anchagina pastdir. Bu holat ayniqsa, davlat buyurtmasi asosida sotiladigan paxta xom-ashyosi va g’alla mahsulotlariga taalluqlidir. Qishloq xo’jaligi mahsulotlariga garantiyalangan baholar mahsulotlarni davlat fondiga sotib olganda qo’llaniladi. Bulardan tashqari bozor iqtisodiyotida quyidagi baholar ham keng qo’llaniladi: Jahon Bazis Ma’lumot Transfert Garov Jahonbaholari -tovarlarni import yoki eksport sharoitida sotish uchun foydalaniladi. Ular jahonda yetakchi tovar ishlab chiqaruvchilar va mahsulot yetkazib beruvchilar bahosiga qarab aniqlanadi. Bazis - oldindan tuzilgan bitimlarda boshlang’ich baho sifatida qo’llaniladi va qo’shimcha hamda olib tashlashlar yordamida tuzatishlar kiritilishi mumkin. Ma’lumot – o’tgan davr uchun haqiqatda tuzilgan bitimlar bo’yicha yoki shu mahsulotni boshqa yetkazib beruvchilar bo’yicha baho darajasini aks ettiradi. Transfert – bu turli xil baholar bo’lib, u xalqaro birlashmalar, firmalar, kompaniyalar va transmilliy kompaniyalar doirasida tovar va xizmatlarni yetkazib berish uchun hisob-kitoblarda qo’llaniladi. Garov - mahsulotlar garovga sotib olinganda qo’yiladigan baholar. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlaridan kelib chiqib shuni ta’kidlash lozimki, ayrim dehqonchilik mahsulotlari turli davrlarda ma’lum bir talab va taklif asosida sotilib, uning bahosida keskin tafovutlar paydo bo’ladi. Bu esa bahoning mavsumiy xarakatidir. Ayrim mahsulotlar ham ishlab chiqarilgan paytda ham ma’lum bir davr saqlanib, keyin sotiladi. Shunga qarab, ularning bahosi ko’tarilib yoki pasayib turadi. Qishloq xo’jaligida baholarining tebranib turishi bozor kon’yukturasidan kelib chiqadi. Bu esa tabiiy sharoitga bog’liq. 3.Bozor sharoitida baholar shakllanishini takomillashtirish Davlatning agrosanoat majmuini rivojlantirishga qaratilgan baho va moliya-kredit siyosati eng avvalo quyidagi muhim masalalarni hal qilishga qaratilgan bo’lishi kerak: mamlakat oziq-ovqat mahsulotlari bilan o’z-o’zini ta’minlashni rag’batlantirish va oziq-ovqat xavfsizligiga erishish; sanoat va qishloq xo’jaligi o’rtasida ekvivalent munosabatlarga erishish; qishloq xo’jaligiga agosanoat majmuasi birligi va uning sferalari monopoliyasining salbiy ta’sirini pasaytirish; qishloq tovar ishlab chiqaruvchilarini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlaydigan darajada daromadga ega bo’lishini qo’llab quvvatlash; ishlab chiqarish samaradorligini o’stirishda, mehnat unumdorligini oshirishda, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan foydalanishga ko’maklashish; mamlakat ichida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, yaqin va uzoq xorij bozorlariga chiqish. Baho va moliya-kredit mexanizmlari o’rtasida mustahkam aloqadorlik zarur bo’lib, ularning qo’shilib ketishi qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini me’yordagi joriy faoliyat va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun zarur daromadlar bilan ta’minlashi mumkin. Bozor iqtisodiyotida baho munosabatlari quyidagi tamoyillarga asoslanishi mumkin: erkin baholarning davlat boshqaradigan baholar bilan qo’shilib ketishi; talab va taklif ta’siri ostida muvozanat bahosining vujudga kelishi; qishlok xo’jaligi mahsulotlari bahosining va qishloq xo’jaligiga yetkazib beriladigan sanoat mahsulotlari bahosi bilan ekvivalentligini ta’minlash; taklif bahosini hisoblashda me’yoriy usullardan foydalanish; tovar ishlab chiqaruvchilarni kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun yetarli darajada daromad bilan ta’minlash; qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va uning samaradorligini oshirish; mahsulot sifatiga va uni sotish muddatlariga qarab baholarni tabaqalantirish; qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotini rag’batlantirish; moliya-kredit munosabatlari va baholarning aloqadorligini optimallashtirish. Bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri muvozanat bahosining vujudga kelishidir. Uning darajasi har bir tovar uchun talab va taklif teng kelganda, mos kelganda aniqlanadi. Ana shu mos kelgan paytda baho bir vaqtning o’zida mahsulot ishlab chiqarishning ijtimoiy zaruriy xarajatlarini aks ettiradi. Lekin amaliyotda har doim ham bunday bo’lavermaydi. Bu o’zaro aloqador bir qancha omillarga bog’liq: monopoliyaning mavjudligi va sof raqobatning yo’qligi, inflyasiyaning ta’siri va boshqalar. Qishloq xo’jaligida, shuningdek, renta omillarining va asosiy turdagi qishloq xo’jaligi mahsulotlariga nisbatan past elastik talabning harakat qilishi muvozanat baholarining harakat doirasini qisib qo’yadi. Qishloq xo’jaligida baholarning erkin vujudga kelishi boshqa tarmoqlarga qaraganda chegaralangan, shuning uchun ularga nisbatan bu yerda davlatning boshqaruvchi(tartibga soluvchi)lik roli ancha kattaroq bo’lishi kerak. Stixiyali bozor asosida tarmoqlar qo’shimcha mahsulotlarning baho orqali qayta taqsimlanishi ba’zi tarmoqlarda turg’unlik holatlarini va boshqalarni keltirib chiqarib, me’yoriy takror ishlab chiqarish asosini buzadi. Baho munosabatlarini butun takror ishlab chiqarish jarayonida, mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan moddiy-texnikaviy resurslarni sotib olishdan boshlab to uni pirovard sotishgacha bo’lgan jarayonida qarab chiqish kerak bo’ladi. Butun jarayon davomida daromadlarni qayta taqsimlash sodir bo’ladi. Pirovard mahsulotni yaratishda qatnashuvchilar o’rtasida baho tarkibidagi xarajatlar va foydaning salmog’i o’rtasida teskari bog’liqlik kuchayadi. Bu asosan qishloq xo’jaligiga tegishli bo’lib, bu tarmoqda xarajatlar yuqori salmoqqa ega, jami foyda esa nisbatan oz salmoqni tashkil etadi. Amaliyotda bozor sharoitida tovar va xizmatlarga baho shakllanishining bir qancha usullari mavjud. 1.O’rtacha xarajatlar darajasi qo’shilgan foyda bo’yicha baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulot tannarxiga bir xil qo’shimcha hisoblashdan iborat 2.Zararsizlikni ta’minlash va maqsadli foyda olish. Bu usul umumiy xarajatlarni va turli darajadagi sotish hajmidan kutilayotgan tushumni taqqoslashga asoslanadi. 3.Mahsulotning real qiymatidan kelib chiqib baholarni o’rnatish. Bu usul mahsulotga qo’yilgan bahoning aniq miqdoriga xaridorlarning ta’sirlanishiga tayanadi. 4.O’rtacha joriy baholar darajasi asosida baholarni o’rnatish. Tovar ishlab chiqaruvchi asos qilib raqobatchilar bahosini qabul qiladi va o’zining xarajatlariga va mahsulotga bo’lgan talabga e’tibor qilmaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling