O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Mahsulot tannarxini hisoblashning uslubiy asoslari va xususiyatlari
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savollar
3.Mahsulot tannarxini hisoblashning uslubiy asoslari va xususiyatlari
Qishloq xo’jaligida mahsulot tannarxini hisoblash tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqadigan bir qancha xususiyatlarga ega: 1.Dehqonchilikda mahsulot ishlab chiqarishning yillik sikli, shuningdek ish vaqti va ishlab chiqarish vaqtining mos kelmasligi mahsulot tannarxini hisoblashni faqat xo’jalik yili tugagandan keyin amaliga oshirish kerakligini ko’rsatadi. 2.Ko’pgina dehqonchilik ekinlari va turli-tuman chorvachilik mahsulotlarini olish bir-biri bilan bog’liq. 3.Tugallanmagan ishlab chiqarish summasini aniqlash faqat yil oxirida 1 yanvar holatida aniqlanadi. Bu xarajatlarga kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar kiradi. 4.Haqiqiy tannarxi faqat yil oxirida aniqlanadi, yil davrida esa reja xarajatlari bilan hisoblanadi, bu esa haqiqiy xarajatlarni yil oxirigacha aniqlash imkonini bermaydi. 5.Turli xil mahsulotlarning turli joylarga yetkazish xarajatlarning turli tumanligi Qishloq xo’jaligida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarining barcha asosiy turlari bo’yicha, shuningdek ishlab chiqarishga xizmat qiluvchilar bo’yicha ham tannarx hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari tannarxini hisoblashda ma’lum bir ketma-ketlikni saqlash tavsiya etiladi: 1.Asosiy vositalarni saqlashga mo’ljallangan xarajatlarni rejalashtirish va xarajatlar uchyoti obyektlarga qarab taqsimlanadi; 2.Asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatadigan qo’shimcha va yordamchi sanoat ishlab chiqarishining mahsuloti (ish va xizmat) tannarxi hisoblaniladi; 3.Yerlarni sug’orish va zaxini qochirish bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi, ekinlarni changlatishda asalarichilik xizmati hisobdan chiqariladi; 4.Brigada, ferma, sex va umumxo’jalik xarajatlari taqsimlanadi; 5.Rejalashtirish va uchyot obyektlari bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy qiymati aniqlanadi; 6.O’simlikchilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi; 7.Ozuqa sexlarini saqlash bo’yicha xarajatlar taqsimlanadi; 8.Chorvachilik mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi; 9.Mollarning tirik vazni tannarxi hisoblaniladi; 10.Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan, yordamchi (sanoat) ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisoblaniladi; 11.O’simlikchilik, chorvachilik va sanoat ishlab chiqarish tovar mahsulotlarining kommersiya (to’liq) tannarxi ishlab chiqarish tannarxiga sotish xarajatlarini qo’shish yo’li bilan hisoblaniladi Alohida mahsulot turlari bo’yicha tannarxni hisoblashda avvalo asosiy, tutash yoki qo’shimcha va yordamchi mahsulotlarning turlari bo’yicha miqdori aniqlanadi. Ammo har bir mahsulot turi bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarining uchyotini alohida tashkil qilib bo’lmaydi. Shuning uchun barcha turdagi mahsulotlar o’rtasida ishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Xarajatlarni bevosita mahsulot turlariga olib borish Alohida qishloq xo’jaligi ekinlari turlari mahsulotlari bo’yicha, hayvonlar mahsulotlari turlari uchun umumiy bo’lgan belgilari bo’yicha xarajatlar olinadigan mahsulot turlari uchun umumiy bo’lgan belgilardan birining miqdori ahamiyatiga proporsional ravishda taqsimlanadi. Alohida turdagi mahsulotlarni olishga ketgan xarajatlarni ekspert yo’li bilan baholash va ularni ma’lum bir ko’rsatkichlarda aks ettirish ; Ma’lum bir ekindan (mollar guruhi, turi) olinadigan mahsulot turi bo’yicha xarajatlarni, markazlashgan tartibda o’rnatiladigan iqtisodiy jihatdan asoslangan koeffisiyentlarni qo’llash yordamida, sentner – koeffisiyent va boshqa shartli birliklarning miqdoriga proporsional taqsimlanadi. Ularni aniqlashda mahsulot turlaridan birining birligiga to’g’ri kelgan xarajat bir deb qabul qilinadi, boshqa mahsulotlar birligiga qilingan xarajatlar shu birlikka nisbatan olinib koeffisiyent ko’rinishida ifodalanadi; 5.Xarajatlar mahsulotni sotish bahosi bo’yicha bahola-gandagi mahsulot qiymatiga proporsional taqsimlanadi. Misol uchun Samarqand viloyatidagi barcha toifadagi xo’jaliklarining2014 yilma’lumotlari olingan. Masalan: g’alla ekinlarini yetishtirish va yig’ib-terib olishdagi ishlab chiqarish xarajatlari: g’alla, g’alla chiqiti va poxol tannarxidan tashkil topadi va quyidagicha hisoblanadi: Bu yerda: FT – 1 sentner g’alla tannarxi, so’m; FEI/ChX - g’alla ekinlarini yetishtirish uchun ishlab chiqarish xarajatlari, so’m; BMX - boshqa mahsulot (poxol) xarajatlari, so’m; FM - g’alla miqdori, sentner; FChM - g’alla chiqitlari miqdori, sentner. FC - g’alla chiqitlaridagi, g’allaning salmog’i, % Sutchilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi: sutga - 90% buzoqqa - 10% ming so’m Bu yerda: ST - 1 sentner sutning tannarxi, so’m; BT - 1 bosh buzoqning tannarxi, so’m; SSI/chX - sigirni saqlashga va oziqlantirishga ketgan ishlab chiqarish xarajatlari, so’m; BMX - boshqa mahsulot (go’ng)xarajatlari, so’m; SM - sut miqdori, sentner; BS - buzoq soni, bosh. 0,9 va 0,1 - mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanganda sigirni saqlashga va oziqlantirishga ketgan xarajatlar salmog’i, % Qo’ychilik podasi bo’yicha xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi: Olingan qo’ziga tegishli xarajatlar - 15% Bu yerda: QT - qo’zi tannarxi, so’m; QPSI/ChX - qo’ylar podasini saqlash va ishlab chiqarish xarajatlari,so’m; BMX - boshqa mahsulot xarajatlari, so’m; QX - qo’ziga ajratilgan xarajatlar, so’m; S - shu mahsulotning salmog’i, %; QS - qo’zi soni, bosh. JT- jun tannarxi, so’m; TMT - tirik vaznda go’sht mahsuloti tannarxi, so’m. 4.Mahsulot tannarxini pasaytirish imkoniyatlari Mahsulot tannarxi qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining muhim omili va bir vaqtning o’zida ko’rsatkichi bo’lib hisoblanadi. Har qanday mahsulot birligining tannarxi ikki miqdor nisbatiga: ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot sifatiga bog’liq bo’ladi. Tannarx quyidagi hollarda pasayishi mumkin: 1.Agar mahsulot o’zgarmagani holda, xarajat miqdori kamaysa. 2.Agar yalpi mahsulot miqdori ko’payib, xarajatlar o’zgarmasa. 3.Agar yalpi mahsulotining o’sish sur’ati xarajatlar o’sish sur’atidan ilgari ketsa. Mahsulot tannarxi omillari qishloq xo’jaligida turli tumandir. Ularni 3 guruhga bo’lish mumkin: 1.Tannarxning 2 tarkibiy qismiga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot miqdori. 2. Faqat xarajat miqdori. 3. Faqat mahsulot miqdori. 1 – guruhga: a).xodimlarning moddiy manfaatdorligi. b).ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentrasiyalash. v).ishlab chiqarish texnologiyasini qisqa vaqtda va sifatli bajarish. 2 – guruhga: a).ishlab chiqarishning mehnat sig’imi. b).ishlab chiqarishning yer sig’imi. v).ishlab chiqarishning fond sig’imi. g).ishlab chiqarishning material sig’imi. 3 – guruhga: a).qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi va hayvonlar mahsuldorligi. b).ekin maydonlari va poda strukturasi. v).mahsulotni saqlash usullari. Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish xarajatlari, mahsulot tannarxi, korxona xarajatlari, qo’shimcha mahsulot, texnologik tannarx, to’la tannarx, reja tannarx,taxminiy tannarx, haqiqiy tannarx, shartli-o’zgaruvchan xarajatlar,shartli-o’zgarmas xarajatlar. Savollar1.Ishlab chiqarish xarajatlari tushunchasi nima? 2.Mahsulot tannarxi tushunchasi va turlari? 3.Mahsulot tannarxini hisoblash usullari qanday? 4.Mahsulot tannarxini pasaytirish qanday yo’llar bilan amalga oshiriladi? Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling