O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Ixtisoslashtirishning shaklllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish imkoniyatlari


Download 1.77 Mb.
bet80/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

3.Ixtisoslashtirishning shaklllari, ko’rsatkichlari va samaradorligini oshirish imkoniyatlari

Ixtisoslashtirish quyidagi turlarga bo’linadi:


1. Xo’jalik ichidagi ixtisoslashtirish. Bunda mahsulot ishlab chiqarish xo’jaliklar ichidagi bo’limlar, fermalar, brigadalar va oilalar bo’yicha ixtisoslashadi;
2.Xo’jaliklararo ixtisoslashtirish. Bunda turli xil mahsulotlar yetishtirish bo’yicha korxonalar o’rtasida mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo’jaliklararo cho’chqachilik yoki qoramolni bo’rdoqiga boquvchi, buzoqlarni o’stiruvchi fermalar, mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar va h.k. tashkil etiladi;
3.Tarmoqlar ichida ixtisoslashtirish. Bunda bir tarmoq ichida, chunonchi chorvachilikda - qoramolchilik, cho’chqachilik, qo’ychilik kabi sohalar bo’yicha, dehqonchilikda esa g’alla, paxta, sabzavot, poliz kabi mahsulotlarni yetishtirish bo’yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Xo’jalikda ixtisoslashtirishni to’la xarakterlash uchun ixtisoslashtirish koeffisiyenti ko’rsatkichi qabul qilingan. U quyidagicha hisoblanadi:



Bu yerda, 100 - alohida tarmoq bo’yicha tovar mahsulotlarining umumiy hissasi,%


H - tarmoqdagi tovar mahsulotlarining turlari bo’yicha hissasi, % da;
n - tovar mahsulotlarining hissasi bo’yicha tartib nomeri (eng yuqoridan boshlab).
Masalan: paxtachilikka ixtisoslashgan xo’jalikda tovar mahsulotlar strukturasi quyidagilardan iborat bo’lsin (jami tovar mahsulotga nisbatan foiz hisobida): paxta-50%, don-30%, sut-15% va boshqa turdagi mahsulotlar esa 5%. Shu ma’lumotlar asosida ixtisoslashtirish koeffisiyenti quyidagicha hisoblanadi.

Bu koeffisiyent qancha bir butunga yaqin bo’lsa, ixtisoslashtirish darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Agar ixtisoslashtirish koeffisiyenti 0,35 bo’lsa, past darajadagi ixtisoslashtirish; 0,35dan 0,50gacha o’rta; 0,50dan 0.6o gacha yuqori; 0,60 dan katta bo’lsa, chuqurlashtirilgan ixtisoslashtirish deyiladi;


4.Zona yoki iqtisodiy tumanlar bo’yicha ixtisoslashtirish. Bunda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo’yicha zona yoki iqtisodiy tumanlar bo’yicha mehnat taqsimoti joriy qilinadi. Masalan: sobiq ittifoq bo’yicha Boltiq bo’yi respublikalari chorvachilik mahsulotlari yetishtirishga, Kavkaz orti respublikalari choy va uzumchilikka, O’rta Osiyo respublikalari asosan paxtachilikka, pillachilikka va qorako’lchilikka ixtisoslashgan edi. Shuni ko’rsatish kerakki, xo’jaliklarning ixtisoslashtirish darajasi yetishtirilayotgan bitta yoki bir qancha tovar mahsulotlarining salmog’iga qarab turlicha bo’lishi mumkin. Bunda bir turdagi tovar mahsuloti yetishtirishga asoslangan xo’jalik tor doirada ixtisoslashgan, yetishtirilayetgan uch, to’rt xil tovar mahsulotlarining har qaysisining salmog’i deyarli bir xilda(20-30%) bo’lsa, bu xo’jalik past darajada ixtisoslashgan; bir yoki undan ko’proq tovar mahsulotlarining har biri kattaroq salmoqni(40-60%) egallasa, unda xo’jalik o’rtacha darajada ixtisoslashgan bo’ladi. Masalan: xo’jalikda yetishtirilgan tovar mahsulotning asosiy qismini paxta egallasa - u paxtachilikka, don egallasa - g’allachilikka, qorako’l teri egallasa-qorako’lchilikka ixtisoslashgan bo’ladi. O’zbekistonning tabiiy va iqtisodiy sharoitlari shuni taqozo etadiki, bunda mahsulotning bir turini emas, balki ikki va undan ham ko’proq turini yetishtirishni ixtisoslashtirish mumkin. Masalan: shahar atrofida joylashgan xo’jaliklar mahsulotlarning sut-sabzavot, sabzavot-kartoshka-chorva, chorva-g’alla, sabzavot-meva, uzum kabi qator turlarini yetishtirishga ixtisoslashgandir.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda shakllanayotgan va rivojlanayotgan ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari bunga misol bo’laoladi.
Qishloq xo’jaligida tarmoqlarni qo’shib olib borishning va ixtisoslashtirishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko’rsatkichlar tizimi bilan aniqlanadi:
1.100 ga. qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga va haydaladigan yerga, 1 ta xodimga, 100 so’mlik asosiy ishlab chiqarish fondlariga va 100 so’mlik joriy ishlab chiqarish xarajatlariga to’g’ri kelgan yalpi va tovar mahsulot qiymati;
2.100 ga haydaladigan yerga to’g’ri kelgan g’alla, paxta, go’sht, sut va boshqalar;
3.Mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, mahsulot ishlab chiqarish rentabelligi.
Demak, mahsulot yetishtirish uchun qayerda qulay sharoit mavjud bo’lsa, mahsulot birligining tannarxi va bahosi arzonlashsa, bu xo’jalik va iste’molchilar uchun shuncha foydalidir.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling