O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish


Download 1.77 Mb.
bet78/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

5.Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning samaradorligini oshirish

Qishloq xo’jaligini intensivlashtirish, uning yo’nalishiga, sur’atiga va samaradorligiga ta’sir ko’rsatadigan ko’p omillarga bog’liq. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishda muhim rol qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirishga tegishli. U o’z ichiga nafaqat mashina texnikasidagi taraqqiyotni, balki ishlab chiqarishni tashkil qilish va texnologiyasidagi, fanni rivojlantirishdagi, ilg’or tajribadan foydalanishdagi taraqqiyotni ham oladi.


Tuproqni ishlashni yaxshilash, qo’shimcha organik va mineral o’g’itlar solish, meliorativ ishlarni o’tkazish, barcha kompleks agrotexnik tadbirlarni bajarish tuproqning iqtisodiy unumdorligini oshirishga, dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni o’stirishga imkon beradi.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirish samaradorligini oshirish yo’llari quyidagilar:
a).qishloq xo’jaligida fan-texnika taraqqiyotini rivojlantirish;
b).qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida investisiya va kapital qo’yilmalarning o’sishi;
v).qishloq xo’jaligi moddiy texnika bazasini mustahkamlash.
g).ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizasiyalashtirish darajasini oshirish;
d).qishloq xo’jaligini kimyolashtirishni rivojlantirish (mineral o’g’itlar solish va kimyoviy o’simliklarni himoya qilish vositalarini qo’llash)
ye).qishloq xo’jaligini meliorasiyalash (sug’orish, zaxini qochirish, boshqa ishlarni rivojlantirish)
j).qishloq xo’jaligi uchun kadrlar tayyorlashni takomillashtirish.
Intensivlashtirishni izchillik bilan amalga oshirishning muhim sharti qishloq xo’jaligiga ajratilgan kapital qo’yilmalarning o’sishidir. Qishloq xo’jaligida mahsulot ishlab chiqarishni asta-sekinlik bilan sanoat asosiga o’tkazishga imkon beruvchi kuchdan, iqtisodiy potensialdan foydalaniladi.
Qishloq xo’jaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, traktorlar, kombaynlar, avtomobillar va boshqa texnikalarni yetkazib berishni ko’paytirish ishlab chiqarish jarayonlarida mexanizasiyalashtirish darajasini asta-sekinlik bilan oshirishning dehqonchilikda va chorvachilikda ishlab chiqarishni kompleks mexanizasiyalashtirish va avtomatlashtirish joriy qilishning ishonchli asosi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda shudgorlash, g’alla ekish, paxta ekish, qator oralariga ishlov berish, g’allani yig’ishtirish ishlari to’liq mexanizasiyalashgan.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning yetakchi yo’nalishlaridan biri kimyolashtirishdir. Organik va mineral o’g’itlarni solish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishga, qo’shimcha mablag’lar qaytimini tezlashtirishga imkon beradi va bevosita tuproq unumdorligini o’zgartirishga yordam beradi.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning yana bir muhim yo’nalishi meliorasiya hisoblanadi. Bu tuproqning iqtisodiy unumdorligini oshirishning va dehqonchilik samaradorligini oshirishning kompleks va uzoq muddat ta’sir qiluvchi omilidir. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishning yuqori fan-texnika darajasiga fan yutuqlarining rolini har tomonlama oshirish bazasida erishilishi mumkin. Olimlar diqqatini qishloq xo’jaligi ekinlarining yuqori hosilli navlarini va mollar va parrandalarning yuqori mahsulli zotlarini yaratishga, kasalliklar va zararkunandalarga qarshi kurashishning samarali vositalarini ishlab chiqishga, samarali texnologik jarayonlar va mexanizasiyaning yangi vositalarini ishlab chiqishga, qishloq xo’jaligining texnik darajasini oshirishga, ishlab chiqarishni tashkil qilishning shakllarini takomillashtirishga va boshqalarga qaratish dolzarb vazifadir.
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirish ishlab chiqarishga qo’yilgan, sarflangan har bir so’mdan ancha oqilona foydalanishni ko’zlaydi. Izchil intensivlashtirish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini sifat jihatdan qayta tashkil etish va uning samaradorligini oshirishning yetakchi omili hisoblanadi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling