O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
4.Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning hal qiluvchi sharti har bir gektar yerdan va har bir bosh moldan olinadigan mahsulotni ko’paytirish hisoblanadi. Intensivlashtirish jarayoni nafaqat bir gektar yerga yoki bir bosh molga qo’shimcha mablag’ning o’sishini bildirib qolmasdan, balki ulardan samarali foydalanishni ham bildiradi. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi sarflangan xarajatlar hajmiga taqqoslaganda har bir gektar yerdan arzon va yuqori sifatli mahsulotni yuqori sur’atda olishda ifodalanadi. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish, yer, moddiy texnika va mehnat resurslaridan faol foydalanish, tabiiy va iqtisodiy sharoitlarni har tomonlama hisobga olishni talab qiladi. Nazariy jihatdan har qanday yer uchastkasiga, har qanday hajmda, har qanday kapitalni qo’yish mumkin, lekin bu o’z-o’zidan ma’lumki, agar shu mamlakatda shu paytda barcha sharoitlar, ya’ni iqtisodiy, texnikaviy, madaniy va boshqa sharoitlar mavjud bo’lishiga bog’liq. Qishloq xo’jaligini rivojlantirishga sarflanadigan xarajatlar oqilona sarflanishi kerakki, bunda xo’jalik har bir birlik xarajatga ko’proq mahsulot va maksimum foyda olishi kerak. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlar tizimi orqali aniqlanadi. Ular orasida birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganlari quyidagilar: - bir gektar yerga to’g’ri kelgan yalpi mahsulot Si- intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, so’m/ga; YaM-yalpi mahsulot qiymati, so’m; Yer -yer, gektar. Xo’jalik yalpi mahsuloti taqqoslama baholarda baholanadi. Bunday baholanish ushbu ko’rsatkichni dinamikada, shuningdek bir xil sharoitda ishlaydigan qator xo’jaliklar faoliyatini taqqoslashni o’tkazishda foydalanish imkonini beradi. Hosildorlikning oshishi va bir vaqtning o’zida unga sarflangan tannarxning pasayishi intensivlashtirish samaradorligining yuqori darajada ekanligini bildiradi. Bunday holatda yerga sarf qilingan har bir so’m nafaqat xarajatlarni qoplaydigan qo’shimcha mahsulot olib kelmasdan, balki qo’shimcha sof daromad olish imkonini ham beradi: - bir gektar qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri kelgan yalpi daromad: Bu yerda, YaD - yalpi daromad (sof mahsulot), so’m; Q/XYaYe – qishloq xo’jaligiga yaroqli yer,gektar. Bu ko’rsatkich ancha takomillashgan ishlab chiqarish vositalarida, ilg’or texnologiyada, qishloq xo’jaligi ekinlarining yuqori navi va mollar zoti hamda boshqalarda bajarilgan, qo’shimcha mablag’lardan ancha oqilona foydalanishni aks ettiradi. -bir gektar qishloq xo’jaligiga yaroqli yerga to’g’ri kelgan sof daromad yoki foyda: bu yerda SD- sof daromad, so’m; F- foyda, so’m Bu ko’rsatkich alohida ahamiyatga ega. Modomiki, sof daromad qo’shimcha qo’yilmalarning asosiy manbai hisoblanar ekan, u holda kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirish va mustahkamlash uning hajmiga bog’liq. Qishloq xo’jaligini izchillik bilan intensivlashtirish qo’shimcha mablag’larning ancha yuqori, tez qaytarilishiga va mos ravishda sof daromadning o’sishiga olib keladi. Qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi, shuningdek quyidagi ko’rsatkichlar bilan ham xarakterlanishi mumkin: -bir birlik mehnat xarajatlari hisobiga ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad) hajmi: Bu yerda: MeXar - mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan mehnat xarajatlari, kishi/soat; -bir so’mlik asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlari hisobiga olingan yalpi mahsulot (yalpi va sof daromad): Bu yerda AsF - asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati, ming so’m; AyF - aylanma fondlar qiymati, ming so’m. Shunday qilib, qishloq xo’jaligini intensivlashtirishning iqtisodiy samaradorligi bir gektar yerdan ishlab chiqariladigan mahsulotning ko’payishida, mahsulot birligiga sarflangan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlarining pasayishida o’z aksini topadi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling