O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov
Paxtachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
Download 1.77 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-jadval O’zbekistonda va Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2005-2014 yy.)*
2.Paxtachilikning rivojlanishi, hozirgi ahvoli va istiqboli
O’zbekistonda paxtachilik ikki yarim ming yildan buyon rivojlanadi. Ammo, uning yuqori samaradorligidan foydalanish ayrim davrlarda keskin tafovut qiladi. Buni asosiy ishlab chiqarish ko’rsatkichlaridan ham ko’rish mumkin (1-jadval). 1-jadval O’zbekistonda va Samarqand viloyatida paxta yetishtirish dinamikasi (2005-2014 yy.)*
* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plam. Toshkent 2013 yil va O’zbekiston qishloq xo’jaligi. Toshkent 2015 to’plam materiallari. O’zbekistonning mustaqil mamlakat bo’lib rivojlanish yillarida yalpi paxta mahsuloti kamaydi. 2000 yilda respublika 3030 ming tonna yoki 1990 yilga nisbatan 41% ga kam paxta xom-ash’yosi ishlab chiqildi. Shu yillarda ekin maydoni 17,9% ga qisqardi, gektaridan hosildorlik esa 24,2% ga pasaydi. Paxtachilikda bunday holatga yo’l qo’yilishi obyektiv va subyektiv sabablar bilan bog’liq. Mustaqil rivojlanish yillarida paxta maydonini qisqartirish hisobiga sug’oriladigan g’alla, ayniqsa, bug’doy ishlab chiqarish ko’paytirildi. Sug’oriladigan yerlar meliorativ holatining yomonlashishi, mineral o’g’itlar me’yorining kamayishi, suv tanqisligi va h.k. gektaridan olinadigan hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatdi. Lekin, g’o’za ekiladigan maydonlarning kamayishiga qaramasdan O’zbekiston uning yalpi hajmi bo’yicha jahonda 5, paxta tolasini jahon bozorida sotish bo’yicha 3- o’rinni egalladi. Bu nisbatlar yildan-yilga kamayib bormoqda. Chunki, respublikamizda chetga paxta tolasi chiqarishdan ko’ra tayyor mahsulot eksport qilish tendensiyasi jadallik bilan davom etmoqda. Buni 10 yillardan buyon har yili kuz oylarida bo’lib o’tadigan Toshkent Xalqaro paxta yarmarkasi natijalaridan ham bilsa bo’ladi. Birgina 2013 yilda respublikamiz ana shunday yarmarkada 480 ming tonna tola va 500 mlrd so’m AQSh dollarilik to’qimachilik mahsulotlari eksport qilishga shartnoma tuzdi. Bu jarayon keyingi yillarda ham ijobiy tomonga o’zgarib bormoqda. Ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, 1 tonna tola sotishdan ko’ra, xuddi shu 1tonnadan qayta ishlangan mahsulotlarni sotish 4-5 marta ko’proq foyda olish imkoniyatini beradi. 2004 yilni o’zida g’o’za maydoni 1340,6 ming ga.gacha kamayib, yalpi hosil 3540,0 ming tonnani tashkil etib, hosildorlik 26,4 sentnergacha yetkazildi. 2009 yildan boshlab paxta ekin maydonlarining qisqarish tendensiyasi mavjud bo’ldi. Bu yili paxta ekin maydonlari 1339 ming gektardan 2014 yili 1301 ming gektarga tushib qolgan. Lekin intensiv omillar ta’siri ostida hosildorlik mos ravishda 25,4 dan 26,1 sentner/gektarga oshdi. Samarqand viloyatida paxta ekin maydonlari 2009 yildagi 100 ming gektardan 2014 yilda 94,7 ming gektarga kamaygan. Shu davrda hosildorlik esa mos ravishda 23,5 dan 23,6 sentner/gektarga oshganligini ko’rish mumkin O’zbekistonda keyingi yillarda ertapishar va o’rtapishar 20 dan ortiq navlar keng maydonlarda ekilib kelinmoqda. Mamlakatimizda paxtachilikni yanada rivojlantirish uchun joriy etilayotgan dehqonchilikning yangi zamonaviy tizimida ustuvor yo’nalish qilib quyidagilarni belgilash mumkin: Tuproq unumdorligi va paxta hosildorligini oshirishning asosiy yo’li almashlab ekishdir. Hozirgi kunda fermer xo’jaliklarida almashlab ekishning 1:1 sxemasi (g’alla 50 %, paxta -50 %) va 1:2 sxemasi (g’alla 33,3 %, paxta 66,7 %) keng qo’llanilmoqda. Bu sxemalarda tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun takroriy ekinlardan, ayniqsa, don – dukkali ekinlardan keng foydalanish talab qilinadi. Kelajakda sho’rlangan va sho’rlanishga moyil bo’lgan yerlar uchun paxta – beda almashlab ekishning 2:3:1 sxemasini (2 dala beda, 3 dala paxta, 1 dala g’alla) o’rganishni tavsiya etish mumkin. Raqobatbardoshli intensiv tipdagi navlarni to’g’ri tanlash va uni urug’chiligini tashkil qilishning ahamiyati kattadir. Ekishga faqat standart talabiga javob beradigan urug’larni yetkazib berishga erishish bilan ayni vaqtda urug’chilik ishlari ilmiy asosda olib borilgandagina maqsadga erishiladi. O’g’itlash tizimida o’g’itlarning me’yori, qo’llash muddati o’simlikning talabi asosida o’tkazilishi shart. Dehqonchilikda «qaytarish» qonuniga qat’iy amal qilish va g’o’zani o’stirishda resurs tejovchi agrotexnologiyalarni joriy etish, ayniqsa suv sarfini tejaydigan, tuproqqa ishlov berish sonini kamaytirishga qaratilgan texnologiyalarni joriy etishga erishish talab qilinadi. Fermerchilikda ishlab chiqarishni mexanizasiyalash, uni davr talabi darajasiga ko’tarish, fan–texnika, ilg’orlar tajribasini ishlab chiqarishga joriy etish chora – tadbirlarini ko’rish hamda g’o’zani hashorat va kasalliklardan saqlashda uyg’unlashgan usuldan keng foydalanish, bunga ayniqsa biologik usulga e’tiborni kuchaytirishning ahamiyati beqiyosdir. Texnologik jarayonlarni o’tkazishda texnologik intizomni buzilishiga aslo yo’l qo’ymaslik kerak. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling