O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


Download 1.77 Mb.
bet46/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

Tayanch iboralar:

Tabiiy unumdorlik, sun’iy unumdorlik, iqtisodiy unumdorlik, absolyut unumdorlik, nisbiy unumdorrlik, tuproq boniteti, yer rentasi, differensial renta, yerni iqtisodiy baholash, yer kadastri, differensial sof daromad.




Savollar

1.Qishloq xo’jaligida yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida xususiyatlari qanday?


2.Respublika yer fondi, uning tarkibiy qismlari qanday?
3.Yerlarning iqtisodiy bahosi nima?
4.Tuproq unumdorligining turlari va uni oshirish yo’llari qanday?
5.Davlat yer kadastrining zaruriyati va tuzilishi?
6.Yerdan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlari qaysilar?


7-BOB.QISHLOQ XO’JALIK MODDIY-TEXNIKA RESURSLARI VA ULARDAN SAMARALI FOYDALANISH


«Qishloq xo’jaligini zamonaviy texnologiya, texnika va uskunalar bilan ta’minlash hamda ularning ishlab chiqarish imkoniyati va sifati dehqonlarni qoniqtiradigan darajada bo’lishi kerak»
I.Karimov


1.Asosiy vositalar: mulk shakllari, klassifikasiyasi, bahosi va takror ishlab chiqarish

Qishloq xo’jaligini intensiv rivojlantirish hozirgi bosqichida mavjud ishlab chiqarish salohiyatning samaradorligini oshirishda, moddiy-texnika bazasini kengaytirish, qayta tashkil qilish va rekonstruksiya qilish birlamchi ahamiyatga egadir.


Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi deganda, qishloq xo’jaligida mavjud bo’lgan barcha mehnat vositalari va mehnat buyumlari yig’indisi tushuniladi. Uning tarkibiga yer resurslari, ishlab chiqarish imoratlari, inshoatlari, qishloq xo’jaligi mashinalari va jihozlari, transport vositalari, mahsuldor va ishchi hayvonlari, ko’p yillik daraxtlar, suv resurslari, urug’lik, chorva ozuqalari, neft mahsulotlari, o’g’it, kimyo vositalari va boshqalar kiradi.
Qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi iqtisodiyotniig boshqa tarmoqlaridan bir qator xususiyatlari bilan farq qiladi:
Birinchidan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasida yer asosiy rol o’ynaydi. Qishloq xo’jaligi asosiy ishlab chiqarish vositalarining rivojlanishi bevosita yerdan qay darajada foydalanishga bog’liq. Yerning unumdorligi hap xil bo’lib, mahsulot birligi ychyn har xil miqdorda xarajat sarflanadi. Bu esa har xil unumdorlikka ega bo’lgan yerlarda bir xil miqdorda asosiy va aylanma vositalarga ega bo’lish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Ikkinchidan, qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasi har doim tabiiy sharoitlar ta’sirida bo’ladi. Qishloq xo’jaligi hududiy xarakterga ega bo’lib, har bir hududda tuproq - iqlim sharoitlari har xil bo’lishi tufayli har xil tizimdagi mashinalardan foydalanishga to’g’ri keladi. Shuning uchun hududlarda va hududlar ichidagi xo’jaliklarda moddiy-texnika bazasining tarkibi ham har xil bo’ladi.
Uchinchidan, qishloq xo’jaligida ish davri bilan ishlab chiqarish vaqti bir biriga mos kelmasligi tufayli, ishlab chiqarish mavsumiy xususiyatga ega bo’lib, bu moddiy-texnika vositalaridan unumli foydalanishga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarish mavsumiy bo’lishi zahira urug’lik, ozuqa, yoqilg’i moylash materiallari va boshqalarga ega bo’lish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
To’rtinchidan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasining bir qismi jonli orga­nizm (ishchi hayvonlar, mahsuldor mollar, parrandalar, ko’p yillik daraxtlar va hokazo)lardan iborat bo’lib, ulardan samarali foydalanish uchun ma’lum ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lmoqlik kerak.
Beshinchidan, qishloq xo’jaligi taraqqiy etgan transport xizmati, sifatli yo’l qurilishini amalga oshirish, qishloq xo’jaligi texnikalarini ta’mirlash va saqlash ko’p miqdorda sarf-xarajatlar qilishni taqozo etadi,
Shuningdek, har qanday ishlab chiqarish kabi kishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ham ishlab chiqarish vositalarining me’yoriy hajmda mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Iqtisodiy nazariya fanidan ma’lumki, mehnat predmeti bilan mehnat qurollari birgalikda ishlab chiqarish vositalarini tashkil qiladi.
Mehnat predmetlariga ta’sir ko’rsatib, mahsulot ishlab chiqarishda odamlar tomonidan foydalaniladigan hamma buyumlar mehnat vositalari (qurollari) deyiladi. Odam mehnati ishlab chiqarishning qaysi moddiy elementlariga qaratilgan bo’lsa, o’sha moddiy element mehnat predmeti deb ataladi. Jamoa, fermer va dehqon xo’jaliklari ixtiyorida bo’lgan mana shu ishlab chiqarish vositalari, ishlab chiqarish fondlari shaklida namoyon bo’ladi, bularning tarkibiga pulda baholanmagan, ya’ni korxonaning balansi aktivida ko’rsatilmagan tabiiy ishlab chiqarish vositalari kirmaydi. M: yer va suv to’liq baholanmaydi, quyosh issiqligi, shamol va boshqalar mutloq baholanmaydi.
Ishlab chiqarish fondlari qishloq xo’jaligida alohida iqtisodiy kategoriya shaklida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish fondlari respublikamiz milliy daromadining asosiy qismini tashkil qiladi. Hozirgi paytda ASMda foydalanilayotgan ishlab chiqarish fondlari jami xalq xo’jaligi fondlarining 35-40% tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish fondlari jamoa mehnatining jamg’arilishi bir yo’la to’la aylanish — ya’ni ularni pul shaklidan moddiylashgan buyum shakliga, moddiylashgan buyum shaklidan tovar shakliga, tovar shaklidan pul shakliga aylanish - davrida namoyon bo’ladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy ahamiyatiga, qo’llanish usullariga va xizmat qilish muddatiga qarab asosiy va aylanma fondlarga bo’linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari deb, ishlab chiqarish jarayoni­da bir necha bor ishtirok etib, o’zining tashqi ko’rinishini o’zgartirmaydigan, qiymatini mahsulot tannarxiga asta-sekinlik bilan o’tkazib boruvchi vositalarga aytiladi. Bularga ishlab chiqarish binolari, inshoatlar, mashina va asboblar, transport vositalari, xo’jalik va ishlab chiqarish inventarlari, ishchi va mahsuldor hayvonlar, ko’p yillik daraxtlar va boshqa, ya’ni bir yildan ortiq ishlatiladigan vositalar kiradi.
Asosiy fondlar eng avvalo:
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari;
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga bo’linadi.
1.Ishlab chiqarish asosiy fondlari o’z navbatida yana ikki guruhga bo’linadi:
a).qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari;
b).qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan aso­siy ishlab chiqarish fondlari.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish asosiy fondlari (a- va b- bandlarda) yil boshiga 53887324,2 ming so’mni, yil oxiriga 80945228,5 ming so’mni tashkil etgan yoki 50,2% ga ko’paygan.
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashishiga qarab qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan asosiy ishlab chiqarish fondlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • binolar - mahsulot, texnika va chorva mollarini saqlashga mo’ljallangan imoratlar (omborxonalar, mashina-traktorlarni saqlashga mo’ljallangan imorat va bostirmalar, molxonalar va sh.k.);

  • inshoatlar - suv taqsimlovchi va oqizuvchi inshoatlar, quritish, navlarga ajratish jihozlari, issiqxonalar, yem-xashak saqlash handaqlari quduqlar, ichki xo’jalik yo’llari, suv saqlash minoralari va h.k;

  • kuch uzatish qurilmalari - suv, elektr energiya, gaz kabilarni bir joydanikkinchi joyga uzatib beruvchi qurilmalar (suv, gaz quvurlari, elektr tarmoqlari va boshqalar);

  • mashina va uskunalar –a) kuch beruvchi mashinalari, b) ishchi mashinalar, v) turli xil uskunalar. Kuch uzatish mashinalariga asosan g’ildirakli va o’rmalovchi traktorlar kiritiladi. Ishchi mashinalar asosan qishloq xo’jaligi mashinalari, ya’ni plug, chizel, mola, borona, seyalka va h.k. lardan iboratdir. Uskunalar tarkibida turli xil o’lchov va rostlovchi laboratoriya asboblari hisobga olinadi;

  • transport vositalari - yuk avtomobillari, ot aravalardan iborat;

  • ishchi hayvonlar – tirik, jonli tortuvchi kuchlar ot, ho’kiz, tuya va boshqalardan iboratdir;

  • mahsuldor mollar - asosan katta yoshdagi yirik shoxli mollar, ya’ni mahsulot beradigan mollardir;

  • ko’p yillik mevali daraxtlar - bular hosil yoshidagi madaniy mevali daraxtlar va ihota daraxtlaridan iborat;

  • yerlarni meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan kapital sarflar, yerlarni tekislash, to’qayzorlarni o’zlashtirish va boshqa yerlarning melio­rativ holatini yaxshilashga qaratilgan mablag’lardir.

Qishloqxo’jaligiga mo’ljallanmagan ishlab chiqarish fondlariga sanoat ishlab chiqarish vositalari, qurilish vositalari, savdo va umum ovqatlanish vositalari va boshqalar kiradi.
2.Noishlab chiqarish asosiy fondlariga uy joylar, klub, bolalar bog’chalari, maktablar va ularning uskuna va inventarlari kiradi.
2014 yil hisoboti bo’yicha Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boshqarmasiga qarashli fermer xo’jaliklarida noishlab chiqarish asosiy fondlari:yil boshiga 736920,7 ming so’mni, yil oxiriga 782260,6 ming so’mni tashkil etgan yoki 6,2% ga ko’paygan.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish fondlarining strukturasining anchagina salmog’i imorat, inshoatlar 60%dan ko’proq, kuch va ish mashinalari, transport vositalari va moslamalari 17% atrofida, ish va mahsuldor hayvonlar 10% tashkil etadi.Samarqand viloyati qishloq va suv xo’jaligi boqarmasiga qarashli fermer xo’jaliklarida 2014 yilda asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastlabki qiymat yil boshiga) 54624244,9 ming so’mni va yil oxiriga 81727489,1 ming so’mni tashkil etdi. Qoldiq qiymat esa yil boshiga 42854107,1 ming so’mni va yil oxiriga 65630877,9 ming so’mni tashkil etgan. Ularning harakati mos ravishda 1,5 martaga o’zgarganligini ta’kidlash mumkin.
Qishloq xo’jalik korxonalarida asosiy fondlar natura va pul holida hisobga olinadi va rejalashtiriladi.
Natura ko’rsatkichlari asosiy fondlarning miqdori va sifati, shuningdek, xo’jalikning ishlab chiqarish quvvati to’g’risida fikr yuritish imkonini beradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini pul bilan baholashda uning dastlabki qiymatiga xo’jalikka yetkazib berish xarajatlarini qo’shib hisoblanadi. Sotib olish qiymati va xo’jalikka olib kelish qiymati birgalikda asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki balans qiymatini tashkil etadi. Yosh mollarni katta yoshdagi mahsuldor yoki ish hayvonlariga o’tkazishda ularning parvarish qilishdagi tannarxi bilan baholanadi.
Asosiy fondlarning quyidagi pul shakllari mavjud:
1.Boshlang’ich qiymat - asosiy fondlarni tashkil etishdagi haqiqiy sarflangan xarajatlar.



DQ–asosiy vositalarning dastlabki qiymati, so’m


B– ulgurji baho, so’m
K– ta’minot tashkilotining savdo ustamasini hisobga olish koeffisiyenti.
X– asosiy vositalarni xo’jalikka yetkazib berish, uni o’rnatish, foydalanishga topshirish xarajatlari, so’m
2.Tiklanish qiymati– asosiy fondlarni sotib olish uchun sarflangan xarajatlar.



TQe va Tqya – eski va yangi traktorning tiklash qiymati, so’m


Yoqe va Yoqya – eski va yangi texnika uchun teng baholi yoqilg’i xarajati salmog’ining qiymati, so’m
MHe va Mhya – eski va yangi traktor uchun 1 sh.e.gektar hisobiga mexanizatorlar mehnat haqi, so’m.
3.Qoldiq qiymat– asosiy fondlar qiymatidan eskirgan fondlar qismini chiqarib tashlashdan qolgan qismidir.



QQav– asosiy vositalarning qoldiq qiymati, so’m


Dq– dastlabki qiymat, so’m
Am– yillik amortizasiya me’yori, foiz
M– asosiy vositalarning xizmat muddati (yil yoki bajarilgan ish hajmi)
Asosiy fondlar qiymati ma’lum bir davrlarda qayta baholanib boriladi. O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2001 yil 6 yanvarda tasdiqlangan «2001 yil 1 yanvar holatiga asosiy fondlarni qayta baholashni o’tkazish tartibi» ning 1.7 bandida «Turli yillarda balansga olingan chorva, asosiy fondlar tarkibiga 1999 yil 1 yanvarigacha kiritilgan ishchi va mahsuldor mollar 5,9-koeffisiyent bilan, 1999 yilda kiritilganlari – 3,3, 2000 yilda kiritilganlari – 1,8-koeffisiyenti bilan qayta baholanishi kerak. Shaxsiy mulk – ishchi va mahsuldor mollar qayta baholanmaydilar. Yosh chorva mollari, parranda, quyon, tajriba o’tkaziladigan hayvonlar, ko’chat materiallar sifatida ko’chatzorlarda yetishtiriladigan ko’p yillik daraxtlar asosiy fondlarga kirmaydi, ular aylanma vositalar tarkibida hisobga olinadi» deb ko’rsatilgan.
Boshqa asosiy fondlar uchun ham qayta baholash koeffisiyentlari ishlab chiqiladi.O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tomonidan 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizomning (MISV, MV va DSQ ning AV tomonidan 4.12.2002 yilda 1192-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan qarori bilan tasdiqlangan) 7-bandini ijro etish maqsadida 2015 yil 1 yanvar holati bo’yicha asosiy fondlar qiymatini qayta baholash indekslari ishlab chiqilgan.
Bu indekslar asosiy fondlarni navbatdagi qayta baholashda qo’llash mumkin bo’lgan usullardan biri sifatida korxona va tashkilotlarga tavsiya etiladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida eskirib boradi, ya’ni dastlabki sifatini yo’qotib boradi, ma’lum muddat o’tgandan keyin ular ishga yaroqsiz bo’lib qoladi va ularni yangisi bilan almashtirish zaruriyati tug’iladi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari jismoniy va ma’naviy eskiradi. Asosiy fondlarning foydalanish jarayonida eskirishi uning jismoniy eskirishidir. Jismoniy eskirish 2 xil bo’ladi:
1.Asosiy vositalarning ishlab chiqarish jarayonida, foydalanish natijasida asta-sekin o’z holatini (parametrini) o’zgartirishi;
2.Asosiy vositalarning bekor turishi va ochiq maydonlarda qarovsiz qoldirilishi natijasida detallarining ishdan chiqishi va korroziyaga uchrashi.
Bu xildagi eskirishlar ularning foydalanish darajasiga bog’liq. Bundan tashqari fondlar ma’naviy ham eskiradi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling