O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-jadval O’zbekistonning tabiiy ozuqa ekin maydonlarini sifat jihatidan BAHOLASH (yaylovlarning turlari bo’yicha)


Download 1.77 Mb.
bet43/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

8-jadval
O’zbekistonning tabiiy ozuqa ekin maydonlarini sifat jihatidan
BAHOLASH
(yaylovlarning turlari bo’yicha)


Yaylovlarning turlari

Ozuqa birliklarida hosildorligi, kg/ga

Bug’doyning ekvivalent hosildorligi, s/ga

Yaxshi yaylovlar

Bug’doyiqli yaylov

230

1,92

Yirik o’tli-shashirli yaylov

300

2,50

Archalar orasidagi har xil bug’doyiq yaylov

260

2,17

O’rtacha yaylovlar

Betagali-bug’doyiqli yaylov

210

1,75

Har xil o’tlar o’sadigan pistazor

200

1,67

Har xil o’tli-betagali yaylov

320

2,67

Qamishzor

200

1,67

Qashshoqlashgan yaylovlar

Har xil o’tli-toifalashgan yaylov

150

1,25

Har xil o’tli-efemer bodomchali yaylov

120

1,00

Har xil o’tli-adirdagi shuvoqli yaylov

170

1,42

Har xil o’tli, butazorlar orasidagi yaylov

180

1,50

Ko’ng’irbosh-toifalashgan yaylov

140

1,17

Arpazor

180

1,42

Juzg’unzor

140

1,17

Jo’san-toifalashgan yaylov

140

1,17

Har xil o’tli-chayirli yaylov

160

1,33

Oq saksovulzor

100

0,83

Singrenli yaylov

110

0,92

Dag’al-efemerli yaylov

150

1,25

Sho’rali-efemer shag’alakli yaylov

140

1,17

Tereskenli yaylov

100

0,83

Yantoqzor

180

1,50

Shuvoq-betagali yaylov

170

1,42

Jo’sanzor

110

0,92

Sho’rali-toifalashgan yaylov

130

1,08

Har xil o’tli-boshoqli o’simliklar o’sadigan yaylov

240

2,00

Qashshoq yaylovlar

Bir yillik sho’razor yaylov

130

1,08

Har xil o’tli-kakrali yaylov

140

1,17

Pastak har xil o’tli-boshoqdoshli o’simliklar o’sadigan yaylov

120

1,00

Boyalishzor

90

0,75

Keyreukzor

80

0,67

Har xil o’tli to’qayzor

90

0,75

Qizilmiya o’sadigan yaylov

100

0,83

Partekzor

80

0,67

Ajriqli yaylov

170

1,42

O’ta qashshoq yaylovlar

Norboyalishzor yaylov

60

0,50

Yulg’unzor

70

0,58

Qora saksovulzor

70

0,58

Biyurg’unzor

40

0,33

Adraspanzor

20

0,17

Donasho’razor

10

0,08

Ma’muriy tumanda ozuqa ekin maydonlarining o’rtacha hosildorligi tegishli balandlik mintaqasidagi yaylovlarning hosildorligi va har bir tipining maydoni hisobga olingan holda aniqlanadi.


1 ga ozuqa ekin maydonlarining normativ mahsuldorligi bug’doy hajmiga qayta hisoblab chiqilgan ozuqa birliklaridagi o’rtacha hosildorligi va normativ qiymatini aniqlash davridan oldingi yildagi o’rtacha xarid narxining hosilasi sifatida aniqlanadi.
1 ga ozuqa ekin maydonlarining normativ qiymati ham sug’oriladigan haydov yerga o’xshash tarzda aniqlanadi, bunda ozuqa ekin maydonlarining unumdorligi ular bilan bog’liq bo’lgan balandlik mintaqalarida joylashganligiga qarab foydaning hisoblab chiqilgan miqdori quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:
cho’l mintaqasida — 3,2 foiz;
tog’oldi mintaqasida — 4,1 foiz;
tog’ mintaqasida — 7,0 foiz.
Yaylovlarning sug’oriladigan mintaqalarga tutashgan uchastkalari sug’oriladigan haydov yerga mos tarzda 0,01 koeffisiyentini qo’llangan holda baholanadi. Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida sug’oriladigan haydov yerlar bo’lmagan taqdirda, bunday yerlarning normativ qiymati shartli ravishda tumanning sug’oriladigan mintaqasi
bo’yicha asosiy ekin maydonlarining tuzilmasi qo’llanilgan holda hisoblab chiqiladi.
Baliqchilik hovuzlari, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning normativ qiymati faqat belgilangan mezonlarga muvofiq yagona yer solig’ining to’lovchilari hisoblangan qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bo’yicha aniqlanadi. Bunda imoratlar, inshootlar va xonadonlar deganda ularning faoliyat ko’rsatishi va xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan imoratlar, inshootlar, omborlar, dala shiyponlari, bostirmalar, xonadonlar va maydonlar tushuniladi.
Baliqchilik hovuzlari bilan band bo’lgan yerlarning normativ qiymati tuman bo’yicha sug’oriladigan haydov yerlarning o’rtacha normativ qiymati bo’yicha aniqlanadi.
Imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning normativ qiymati joylashgan mintaqasi va ixtisoslashuviga qarab asosiy qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati bo’yicha 2 koeffisiyentini qo’llagan holda aniqlanadi.
Xo’jaliklarning ixtisoslashuvi hisobga olingan holda asosiy qishloq xo’jaligi ekin maydonlari deganda:
sug’oriladigan yerlardagi paxtachilik-g’allachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, sholichilik, tamakichilik va chorvachilik xo’jaliklari uchun — sug’oriladigan haydov yerlar (sug’oriladigan mintaqa);
sug’oriladigan yerlardagi bog’dorchilik-uzumchilik xo’jaliklari uchun — sug’oriladigan bog’lar, bog’lar bo’lmasa — tokzorlar yoki boshqa ko’p yillik daraxtlar bilan band bo’lgan yerlar (sug’oriladigan mintaqa);
lalmi yerlardagi bog’dorchilik-uzumchilik xo’jaliklari uchun — lalmi bog’lar, bog’lar bo’lmasa — tokzorlar yoki boshqa ko’p yillik daraxtlar bilan band bo’lgan yerlar (lalmi-yaylov mintaqa);
yaylovlardagi qorako’lchilik va chorvachilik xo’jaliklari uchun — yaylovlar (lalmi-yaylov mintaqa);
lalmi yerlardagi g’allachilik va chorvachilik xo’jaliklari uchun — lalmi haydov yerlar (lalmi-yaylov mintaqa) tushuniladi.
Qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisida qishloq xo’jaligi ekin maydonlari bo’lmagan taqdirda, imoratlar, inshootlar va xonadonlar bilan band bo’lgan yerlarning normativ qiymati (sug’oriladigan yoki lalmikor-haydov) asosiy qishloq xo’jaligi ekin maydonlari joylashgan mintaqada o’rtacha tuman normativ qiymati bo’yicha 2 koeffisiyenti qo’llangan holda aniqlanadi.
Yuqoridagi uslubiyotdan foydalangan holda Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi paxtachilik bilan shug’ullanuvchi “Eshniyoz o’g’li Zohid” fermer xo’jaligi misolida 1 ga. paxta bilan band maydonning me’yoriy qiymatini aniqlaymiz. Paxta maydoni 50 gektar, yer uchastkasining bonnitet balli 60 ga teng, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi foydasining hisoblab chiqilgan miqdori 18% ga teng, hisoblab chiqilgan foydaning kapitallashuv foyizi 5 ga teng.
Demak, 1ga. paxta ekinining me’yoriy unumdorligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
MUp = MHp * XBp = 0,4 s/ga * 60 ball * 88 ming so’m = 2112 ming so’m.
1 ga. paxta maydonidan olinadigan hisoblab chiqilgan foydani aniqlaymiz:



Shundan keyin 1 ga. paxta maydonining me’yoriy qiymatini aniqlaymiz:





Demak 1 ga. paxta maydonining me’yoriy qiymati 838162 so’mga teng ekan.
Jami paxta maydonining me’yoriy qiymati (50* 838162) 41908100 so’m bo’lar ekan.
Fermer xo’jaligi 50 ga. yer uchun bir yilda {(41908100*6)/100} 2514486 so’m yagona yer solig’i to’lar ekan.
Yerning bozor bahosi yer uchastkalarining talab va taklifi miqdoriga bog’liq holda, ya’ni oldi-sotdi jarayonida vujudga keladi. Yer uchastkasining egasi normal sharoitda yerini sotadi, qaysiki, agar yerni sotishdan olinadigan mablag’ bankka qo’yilganda foiz shaklida keltiradigan daromad, shu yerni ijaraga berganda olinadigan rentadan kam bo’lmagan holda.
Yerning bahosi boshqacha qilib aytganda – kapitallashgan yillik yer rentasidir.





Bu yerda, YerB - yerning bahosi, so’m;
YerRen - yer rentasi, so’m;
SsF - ssuda foizi, %.

Qishloq xo’jaligida yerning bahosi, yer solig’i va ijara haqining iqtisodiy asosi va yerga bo’lgan mulk huquqini ro’yobga chiqarishning iqtisodiy shakli, yer egalari o’zlashtiradigan daromad sifatida yuzaga chiqadigan yer rentasihisoblanadi. Renta munosabatlari yerlarni qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi uchun, shuningdek noqishloq xo’jalik zaruriyati uchun ham ijaraga berilganda paydo bo’ladi. Yer rentasining: differensial va absolyut shakli mavjud. O’z navbatida differensial renta ham ikki shaklda differensial renta I va differensial renta II ga bo’linadi.


Differensial renta I ning tashkil topishi yer resurslarining chegaralanganligi, ularning sifati jihatidan turli-tumanligi, shuningdek qishloq xo’jalik oborotiga nafaqat yaxshi yerlarni, shuningdek o’rtacha va yomon yer uchastkalarini ham jalb qilish zaruriyati bilan bog’langan, yer uchastkalarining joylashgan o’rinlaridagi farqlarga ham bog’liq. Yer egalari sifat jihatidan turlicha bo’lgan yer uchastkalariga bir xil miqdorda mehnat va mablag’ sarflab, ulardan har xil natija oladilar. Yaxshi yerlardan foydalanuvchi yer egalari, yomon yerda ishlaydiganlarga nisbatan, har bir gektaridan qo’shimcha mahsulot oladilar. Ular mahsulot birligi hisobiga oz miqdorda jonli va buyumlashgan mehnat sarflaydilar. Ularga mahsulot birligini ishlab chiqarish ancha arzonga tushadi, ularda mahsulotning individual qiymati past bo’ladi, natijada mahsuldorlik bo’yicha differensial renta I ga aylanadigan qo’shimcha daromad vujudga keladi. Masalan, unumdorligi bo’yicha har xil yer uchastkalariga bir xil miqdorda mablag’ sarflangan bo’lib, ulardan olingan ishlab chiqarish samarasi turlicha. Natijada 1 s mahsulotni ishlab chiqarishning individual bahosi (ishlab chiqarish xarajatlari plyus o’rtacha foyda) birinchi (yomon) uchastkada ancha yuqori bo’lib, ikkinchisida (o’rtacha) va uchinchisida (yaxshi) - eng past bo’ladi, har bir uchastkadagi jami mahsulot bahosi esa bir xil bo’ladi. Lekin bozorda uchala uchastkadan keltirilgan mahsulotlar bir xil bahoda, ya’ni yomon yer uchastkasining ishlab chiqarish sharoitlari bilan aniqlanadigan bozor bahosida sotiladi. Unda o’rtacha va yaxshi yer uchastkasidagi ijarachilar, 1s mahsulotni ishlab chiqarish individual xarajatlari ijtimoiy xarajatlaridan past bo’lganligi uchun mos ravishda har bir sentnerga qo’shimcha foyda oladilar va uni differensial renta I sifatida butun mahsulot hajmi uchun yer egalariga mos ravishda to’laydilar.
Differensial renta I, shuningdek yer uchastkalarining bozorga yaqin yoki uzoq joylashishiga qarab transport yo’llari va boshqalar oqibatida ham hosil bo’ladi. Bu farqlar mahsulot birligiga to’g’ri keladigan transport va boshqa xarajatlarning notekisligini keltirib chiqaradi, bu esa joylashgan joyiga qarab differensial renta I tashkil topishi uchun sharoit yaratadi.
Differensial renta II ishlab chiqarishni intensivlashtirish jarayonida yer uchastkalariga qo’shimcha mablag’ sarflash hisobiga olinadi. Yer uchastkasiga sarflangan bir xil miqdordagi xarajatlar turli xil qaytimga (samaradorlikka) ega bo’lishi mumkin. Ma’lumki, qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarishning ijtimoiy bahosi, ancha kam unumli xarajatlardan olinadigan mahsulot ishlab chiqarish bahosi bilan aniqlanadi, ancha unumli xarajatlar odatdagi o’rtacha foyda normasini va yana ortiqcha foyda - differensial renta II ni keltiradi.
Differensial renta II, qo’shimcha mablag’ hisobiga tashkil topadigan, ishlab chiqarishning individual va ijtimoiy bahosi o’rtasidagi farqga teng. Differensial rentaning ikkala turining ham tashkil topish xarakteri taqsimot munosabatlarining xarakteriga bog’liq emas. Rentani kim o’zlashtirishi o’zgarmay qoladi. Rentaning tashkil topish sharoitidan uni taqsimlash masalasi ham hal qilinadi. Differensial renta I yerdan foydalanuvchilardan olinadi va butun jamiyat manfaatlari uchun foydalaniladi va qandaydir bir qismgina yerdan foydalanuvchilarning ixtiyorida, ishlab chiqarishni rag’batlantirish maqsadida, qoldiriladi. Differensial renta II, taqsimlanishida, tuproq unumdorligini o’sishining qanchasi yerdan foydalanuvchiga bog’liq bo’lsa, u rentaning shu qismini o’zlashtirish huquqiga ega. Differensial renta II ning yer unumdorligini yaxshilashda qatnashishiga mos keladigan qismi jamiyatga kelib tushadi.
Jamiyat va yerdan foydalanuvchilar o’rtasida rentalar taqsimlanishining real sharoiti bayon qilingan prinsiplarni hisobga olgan holda konkret sharoitlardan kelib chiqib hal qilinadi. Lekin yer rentasi bilan ijara haqini bir narsa deyish noto’g’ri bo’ladi. Ijara haqi renta bilan birga, boshqa elementlarni yerdan qurilgan bino va inshootlarning amortizasiyasini va boshqalarni o’z ichiga oladi. Agar yer ijaraga berilganda mayda yer egasiga beriladigan ijara haqiga faqat qo’shimcha mahsulotning hammasi emas, balki dehqon ijarachining zaruriy mahsulotining bir qismi ham kiradi. Ijara haqi - bu yer egasining u yoki bu yer uchastkalaridan oladigan barcha daromadidir. Yer rentasi- bu yer uchastkasidan foydalanish huquqi uchun to’lanadigan daromad.
Yerga xususiy mulkning qonun yo’li bilan mustahkamlanishi, shuningdek, yerning ijaraga berilishi absolyut rentaning paydo bo’lishiga olib keladi. Differensial rentadan farq qilib absolyut renta alohida yer uchastkalarinig unumdorligidagi farqlarga va qo’shimcha sarf qilingan xarajatlarning unumdorligiga bog’liq bo’lmaydi. Ijarachilar yer uchun ijara haqini qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi unga o’rtacha foydadan ortikcha daromad keltirish sharti bajarilgandagina, o’rtacha foyda uchun zararsiz qilib to’laydilar. Bundan ko’rinadiki, yerga xususiy mulkchilik oqibatida qishloq xo’jalik mahsulotlari bahosi, yomon yerning ishlab chiqarish sharoiti bilan aniqlanadigan ishlab chiqarish bahosidan yuqori bo’ladi. Yomon yer uchastkasini ijaraga olgan ijarachilar qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bahosidan oshadigan bahoda sotib, yer egalariga absolyut renta shaklida o’zlashtiradigan, o’rtacha foydadan yuqori daromad keltiradilar. Shunday qilib, barcha ijarachiga berilgan yer uchastkalari yer egalariga absolyut renta keltiradi.
Yer egalari ijara haqi shaklidagi absolyut rentani faqat qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun foydalaniladigan yer uchun emas, balki bino va inshootlarni qurish uchun mo’ljallangan yer uchastkalari uchun, shuningdek, foydali qazilmalarni qazib olish maqsadida ijaraga berilgan yer uchun ham oladilar.
Qurilish uchastkalari uchun to’lanadigan absolyut rentaning xususiyati shundan iboratki, uning miqdoriga joylashgan o’rniga qarab to’lanadigan differensial renta katta tasir ko’rsatadi.
Demak, qanday turi bo’lishidan qatiy nazar, boshqa barcha ma’lumotlar bilan bir qatorda, renta – yerning bahosini o’rnatishda muhim rol o’ynaydi.
Yerning aniq bozor bahosini o’rnatish uchun yer kadastri ma’lumotlari zarur; faqat shu asosda yer resurslarining sifati va boshqa xossalarini hisobga olgan holda obyektiv baholash mumkin.
Yer kadastri – bu davlat tomonidan yer to’g’risida obyektiv ma’lumotlarni olish maqsadida o’tkaziladigan yerning ucheti, ro’yxatga olish va baholash bo’yicha harakati tizimi; kadastr shunday qilib, davlat tomonidan maxsus amalga oshiriladigan hisob-kitob-baholash tadbirini ifodalaydi. U yerning holati, miqdori, sifati va baholash huquqlari to’g’risida ishonchli ma’lumotlar va hujjatlardan iborat bo’ladi.
Davlat kadastri yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilishni ta’minlash, yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar huquqlarini himoya qilish, yerning bahosini, yer solig’ini, ijara haqini o’rnatish uchun obyektiv asos yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning kadastri quyidagi operasiyalarni o’z ichiga oladi:
-yerdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatidan o’tkazish;
-yerning miqdor va sifat jixatidan ucheti;
-yerni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy bahosini hisobga olib)
Ro’yxatga olish,ya’ni yerlarni naturada chegaralari aniqlangandan keyin mulk qilib, egalik qilish uchun, foydalanishga va ijaraga berishni rasmiylashtirish va hujjatlarini berish maxsus organlar qarorlari asosida o’tkaziladi. Yer uchastkalarining huquqiy holatlari haqidagi ma’lumotlar yerning davlat kadastr kitobida aks etdiriladi va yer mulki, yerdan foydalanish va yerni ijaraga berish, yer maydonidan maqsadli foydalanishning obyektlari va subyektlari to’g’risidagi ma’lumotlardan tashkil topadi.
Yerning miqdor jixatdan ucheti yerning mavjudligini, uning mulkdori va yerdan foydalanuvchilar obyektlari bo’yicha va ekin turlari bo’yicha (ekinzorlar, kshp yillik daraxtlar, pichanzorlar, yaylovlar) taqsimlanishini o’z ichiga oladi.
Yerning sifat jixatdan ucheti yer-kadastr rayonlashtirishni, yerlarning klassifikasiyasini, ekologik va texnologik xossalari bo’yicha ularning xarakteristikasini, tuproq guruxlanishlari (gruppirovkalari) ini ifodalaydi.
Yerning uchetini olib borishda unumdor yerlarning qiymatlilik darajasi o’rnatiladi, nooqilona foydalanilayotganlari, kam unumli va xatoliklarga yo’l qo’yilgan yerlar, qishloq xo’jaligi ekinlaridan degredasiya qilingan yerlar ajratib olinadi.
Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar ularning ishlab chiqarish qobiliyatini, joylashishini va boshqa xossalarini hisobga olgan holda baholanadi.
Tuproq bonitirovkasi– bu, taqqoslama agrotexnika darajasi va dehqonchilik intensivligida o’tkaziladigan tuproqning unumdorligi bo’yicha taqqoslama bahosi. Bonitirovkalashda qo’llaniladigan ko’satkichlar tizimiga qishloq xo’jaligi ekinlari hosildorligi, shuningdek, tuproqning unga o’zaro bog’langan ancha barqaror xususiyatlari: tuproqning, gumusning fizik tarkibi, pastga singish miqdori, tuproqning kislota bilan ta’minlanishi, yuvilganligi va boshqalar kiradi. Bu ko’rsatkichlar bilan tuproq baholash guruxlari bo’yicha jami tuproq balli hisoblaniladi.
Qishloq xo’jaligida renta munosabatlarini tartibga solishning zaruriy sharti yerni iqtisodiy baholashning mavjudligidir. Bu bir tomondan, xo’jalik yuritish obyektiv sharoitlarida differensial rentani taqsimlashga ta’sirini ancha asosli chegaralash, boshqa tomondan yerdan foydalanuvchilar ishlarining sifatini yaxshilash imkonini beradi.
Yerlarning iqtisodiy bahosi uning qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositasi sifatida qiymatini xarakterlaydi.Tuproq bonitirovkasidan farqli o’laroq, bu yerda yer tabiat mahsuli emas balki, xo’jalik yuritish iqtisodiy sharoiti bilan to’xtovsiz bog’langan ishlab chiqarish vositasi sifatida baxolanadi.Uning asosida tabiiy va ishlab chiqarishning iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqadigan yerning sifati (iqtisodiy unumdorligi)dagi farqlar yotadi.
Iqtisodiy baholashda nafaqat tuproqning sifat xarakterisitkasi (boniteti), balki, 100 ga.ga to’g’ri kelgan xodimlar soni, 1 ga.ga to’g’ri kelgan kuch beruvchi va ishchi mashinalar, o’g’itlarni qo’llash, vegetasiya davrida namlik miqdori (kolichestvo osadkov) va boshqalar kabi ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Baholash qishloq xo’jalik ekinlarining haqiqiy hosildorligi va ularni ishlab chiqarish xarajatlari haqida uzoq muddatli (5 yildan kam bo’lmagan) yalpi ma’lumotlar asosida o’tkaziladi va tuproq boniteti singari ballarda ifodalanadi.
Yerni iqtisodiy baholash ikki aspektda amalga oshiriladi.
1.Ishlab chiqarish vositasi sifatida yerni umumiy iqtisodiy baholash.
2.Alohida qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish samaradorligi bo’yicha qisman baholash.
Haydaladigan yerlarni, ko’p yillik daraxtlarni, pichanzorlarni, yaylovlarni va butun qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni umumiy iqtisodiy baholash, shuningdek alohida ekinlar ishlab chiqarish samaradorligi bo’yicha haydaladigan yerlarni baholash (qisman baholash), ularning boniti rovkasi asosida ajratilgan, tuproqning agro ishlab chiqarish guruhlari bo’yicha o’tkaziladi.
Yerni iqtisodiy baholash uchun asosiy ko’rsatkichlar qilib quyidagilar olinadi:
1.Asosiy qishloq xo’jalik ekinlarining 1 ga dan olingan hosildorlik s/ga;
2.Kadastr baholarida 1 gektarga to’g’ri kelgan o’simlikchilik yalpi mahsuloti bo’yicha hisoblangan ekin turlari bo’yicha yerning unumdorligi, so’m;
3.Xarajatlarning qoplanishi (kadastr baholarida yalpi mahsulot qiymatini uni ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati), so’m;
4.1 ga dan olingan differensial sof daromad (DSD) (nisbatan yaxshi yerlardan olingan ortiqcha qo’shimcha mahsulotning qiymatini aks ettiradigan; sof daromadning bir qismi), so’m.
Differensial renta I va II larni o’z ichiga oluvchi DSD, bir vaqtning o’zida yerning sifati va dehqonchilikni intensivlashtirish daromadni hisobga olgan holda yerdan foydalanish iqtisodiy samarasining umumiy miqdorini aks ettiradi. DSD yalpi mahsulot qiymatini baholash ko’rsatkichlari va xarajatlarining qoplanishi asosida quyidagicha aniqlanadi:



D-yalpi mahsulot qiymatida DSD ning hissasi; XQ - qishloq xo’jaligi xarajatlarning qoplanishi darajasi, so’m; 1,35 - xarajatlar qoplanishining dastlabki darajasi;
Xarajatlarni qoplash darajasi 1,35 dan yuqori bo’lganda DSD ham mos ravishda ijobiy miqdor bo’ladi. U xarajatlarni qoplash bo’yicha va yalpi mahsulotlar qiymati bo’yicha yerni baholashning qo’shimcha o’sishiga nisbatan proporsional o’sadi. Xarajatlarni qoplash 1,35dan kam bo’lganda DSD salbiy miqdorga aylanadi. Yerdan oqilona foydalanish va uning unumdorligini to’xtovsiz oshirish yerlarni, yuqorida ta’kidlangan, yagona davlat yer kadastri asosida har tomonlama miqdor va sifat jihatdan hisobga olishni tashkil qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi.Davlat yer kadastrini olib borish barcha darajalarda yer islohotlari va yer resurslari bo’yicha mos komitetlarga yuklatiladi.



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling