O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84
Bog'liq
True

4.13. Informativlik
Avtomobilning informativligi deganda, uning harakat ish-
tirokchilarini kerakli axborot bilan ta’minlay olish qobiliyati 
tushuniladi. Haydovchi harakatlanish jarayonida o‘zi bosh qaradigan 
transport vositasidan axborot oladi (ichki axborot) va bir vaqtda 
geometrik ko‘rish maydonidagi transport vositalaridan axborot oladi 
(tashqi axborot).
Informativlik ko‘rish orqali (forma, transport vositasi o‘lcham-
lari, kuzov rangi, salonning elementlari, rangli ishora jihozlari) 
tovushli (tovushli ishora, radioaxborot, dvigatel, transmissiya va 
boshqa shovqinlar) va taktik (boshqarish organlarining haydovchiga 
ta’sir reaksiyasi) axborot olinadi.


50
Transport vositasining tashqi informativligiga quyidagilar kiradi: 
passiv informativlik, transport vositasining energiya sarflamas-
dan axborot berish xususiyati. Bunga qiyofa, o‘lcham, kuzovning 
rang-tasvir xususiyati va transport vositasiga o‘rnatilgan yorug‘lik 
qaytarish qurilmalari kiradi: aktiv informativlik, transport vositasining 
ma’lum miqdorda energiya sarflab axborot berish xususiyati. Bunga 
yoritish tizimi, yorug‘lik va tovushli ishoralar berish kiradi. Transport 
vositasining rang-tasvir xususiyatlari quyi 
dagi talablarga javob 
berishi kerak: ishoralilik, ya’ni oqimdan transport vositasini yaqqol 
ajralib turish xususiyati: tiniqlilik, ya’ni transport vositasi vazifasini 
rang, belgi va grafik asosida belgilash. Psixofiziologik komfort – bu 
kuzatuvchining ko‘rish qobiliyatiga rangning uzoq muddat ta’sir etishi 
natijasida psixofiziologik holatning buzilmasligi. Transport vositasiga 
qo‘yiladigan talab lardan biri, uning rangi bilan atrof-muhit rangining 
farqi. Masalan, yashil avtomobil bahor va yozda, kulrang va jigarrang 
kuzda, oq qishda boshqa ranglardan farq qilib qolmasdan, balki 
atrofdagi ranglar bilan qo‘shilib ketishi mumkin.
Ochiq ranglar bilan bo‘yalgan avtomobillar statistik ma’lumot-
larga qaraganda kamroq yo‘l-transport hodisalariga uchraydi. 
Shuning uchun xavfsizlik nuqtayi nazaridan, transport vositalarini 
sariq, qizil, to‘q sariq ranglarga bo‘yash ma’qul.
Nurqaytargichlar unga tushadigan yorug‘lik oqimini yorug‘lik 
manbayiga qaytaradigan qurilmadir. Xalqaro namuna (standart)larga 
asosan, nurqaytargichlar qorong‘i paytlarda o‘ziga tushgan yorug‘lik 
nurini qaytarish yo‘li bilan transport vositasi gabaritini belgilash uc-
hun mo‘ljallangan. Nurqaytargichlarning sifati yorug‘lik kuchi koef-
fitsiyenti bilan aniqlanadi, ya’ni ro‘paradagi yo‘nalishda nurqaytar-
gichning aks ettirishi, yorug‘lik kuchiga, yoritilishning berilgan bur-
chak ostida nurqaytargichda yoritilish nisbatiga baholanadi.
Sharsimon nurqaytargichlarning ijobiy tomoni shundaki, 
ular katta burchaklar diapazonida yorug‘lik oqimini aks ettirishi 
natijasida 175° gacha chegarada ko‘rinishni ta’minlaydi. Bundan 
tashqari, ular egri chiziqni yuzalarda qo‘llashlari mumkin. Ularning 
kamchiligi yorug‘lik kuchi koeffitsiyentining yuqori bo‘lmaganligi 
uchun chiroqlar yorug‘ligida 100 m masofada ko‘rishni ta’minlaydi.
To‘g‘ri prizmasimon nurqaytargichlarning ustunligi, yorug‘lik kuchi 
koeffitsiyentining yuqoriligi 600 metrgacha bo‘lgan masofada ko‘rishni 


51
ta’minlaydi. Ularning kichik burchak ostida nurqaytarishi 35° asosiy 
kamchiligi hisoblanib, egri yuzalarda qo‘llash imkoniyatini bermaydi.
Transport vositasining avtonom yoritish tizimi tashqi yoritil ganlik 
yetarli bo‘lmagan sharoitda ko‘rinishni ta’minlashga mo‘ljallan-
gan. Hozirgi paytda ishlab chiqariladigan barcha avtomobil lar o‘z 
tarkibida ikki xil yoritish (uzoq va yaqin) chirog‘i bilan jihoz lanadi. 
Bundan tashqari, avtomobillarga keng burchakli tumanga qarshi 
chiroqlar, uzoqni ko‘rsatadigan projektorlar, orqaga yurgizgan 
da 
yonadigan chiroqlar o‘rnatilishi mumkin. Qorong‘i paytda shaharda 
harakatlanganda ishlatiladigan chiroqlar ustida tadqiqot ishlari olib 
borilmoqda.
Tashqi yoritkich signalizatsiyasi tizimi yo‘lda boshqa hara-
katlanish ishtirokchilariga nisbatan transport vositasi holati 
to‘g‘risida axborot berish uchun xizmat qiladi. Tashqi yoritish 
signalizatsiyasi beradigan axborot keyingi yo‘l-transport vaziyatini 
baholashga ko‘maklashadi.
Yorug‘lik signalizatsiyasiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
– 
turli yo‘l-transport vaziyatlarida beriladigan axborotning 
ishonchliligini ta’minlash;
– juda kichik vaqt oralig‘ida ishoralarni xatosiz qabul qilishni 
ta’minlash;
– ko‘rish orqali qabul qilishda ko‘zni qamashtiradigan noqulay-
lik bo‘lmasligi lozim.
Yorug‘lik signalizatsiyasi priborlarining informativligini aniqlay-
digan asosiy xususiyatlari ularning joylashuvi, rangi, yorug‘lik 
kuchi, o‘lchami, qiyofasi ish tartibi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan komlekt tashqi 
yoritish priborlari soni shakllangan: tormozlash, oldingi va orqa 
gabarit chiroqlar, oldingi va orqa burilish ko‘rsatkichlari, davlat 
raqami belgisi yoritgichli avtopoyezd belgisi. Sanab o‘tilganlardan 
tashqari, xalqaro namunalar tavsiya etgan qo‘shimcha signallar mav-
jud avtomobil eshigi ochilganda gabarit o‘lchami oshganini bildiruv-
chi signal, harakatlanish sekinlashuvini yorug‘lik ko‘rsat kichi, kontur 
chiroqlari, yon chiroqlar, ogohlantiruvchi uchburchak lar va boshqalar.
Tovushli informativlik – bu transport vositasining haydovchini 
tovushli informatsiya bilan ta’minlash. Tovushli ishora bilan 
ko‘rish informatsiyasini, ya’ni ularni alohida qabul qilgandan ko‘ra 


52
yaxshi natija beradi. Tovushli ishoraning ustunligi shundaki, uni 
haydovchi ko‘rish informatsiyasidan ajralmagan holda, ya’ni boshqa 
tomonga burmasdan qabul qilishi mumkin. Tovushli informatsiyani 
shakllantirishda, shovqin uning qabul qilish imkoniyatini pasaytiri-
shini hisobga olish zarur. Shovqin darajasidan tovush darajasi o‘rta-
cha 20 dB va absolut chegaradan 40 – 60 dB yuqori bo‘lishi kerak.
Taktik informativlik – bosim, tebranish kabi holatlar ta’sirida 
teri yuzasida sezishning shakllanish xususiyati. Transport vositasini 
boshqa 
rishda bunday xususiyatlar boshqarish organlari orqali 
beriladi. Boshqarish organlari informatsiya 
ni doimiy ravishda 
(rul chamba ragi) yoki vaqt-vaqti bilan (tormoz tepkisi, burilish 
ko‘rsatkichini ulash dastasi) beradi.
Boshqarish organlarining vazifasidan qat’i nazar, ularning kabi-
nada joylashuvi quyidagi prinsiplarga asosan amalga oshirilishi kerak: 
harakatni tejash, ya’ni harakatlar soni va masofasi imkoni boricha ka-
mroq; harakatning oddiyligi; harakatning tugashi keyingi harakatni 
boshlashga qulay bo‘lishi; oyoq va qo‘llar orasida yuklarning optimal 
taqsimlanishi; bosh qarish organlarining joylashuvi oyoq va qo‘llar ha-
rakatlanishi zonasida bo‘lishi. Ikkinchi darajali boshqarish organlari-
ning o‘rnatilishi, yo‘l qo‘yiladigan uzoqlikda bo‘lishi; harakatning ste-
reotipligini ta’minlanish va tasodifan ulanishning imkoni bo‘lmaydi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling