O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Avtomobilning boshqariluvchanligi


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84
Bog'liq
True

4.11. Avtomobilning boshqariluvchanligi
Boshqaruvchanlik deganda, avtomobilning haydovchi bergan 
yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishini ta’minlash xususiyatiga aytiladi. 
Avtomobilning boshqa foydalanish xususiyatlaridan ko‘ra, ko‘proq 
boshqaruvchanlik haydovchi bilan bog‘liq. Boshqaruvchanlikni 
yaxshi ta’minlash uchun avtomobilning konstruktiv ko‘rsatkichlari, 
haydovchining psixofiziologik tavsifnomasiga mos kelishi kerak.
Avtomobilning boshqariluvchanligi bir necha ko‘rsatkichlar bilan 
baholanadi. Bulardan asosiysi: avtomobilning aylanma harakatlani-
shida egrilik trayektoriyasining chekka qiymati, egrilik trayektoriyasi 
o‘zgarishida tezlik qiymatining chekka miqdori, avtomobilni boshqa-
rishda sarflanadigan energiya miqdori, berilgan harakat yo‘nalishidan 
avtomobilning o‘z-o‘zidan chetga chiqish qiymati miqdoridir.
Boshqariladigan g‘ildiraklar yo‘l notekisliklari ta’siridan 
doimiy ravishda o‘zining neytral holatidan chetga chiqib turib
boshqariladigan g‘ildirakning neytral holatini saqlashi va 
buri 
lishidan keyin o‘z neytral holatiga qaytish qobi 
liyatiga, 
boshqariladigan g‘ildiraklar stabilizatsiyasi deyiladi. Boshqarila di-
gan g‘ildiraklar og‘irlik va tezlik stabilizatsiya turlariga bo‘linadi.
Og‘irlik stabilizatsiyasi oldingi osma shkvorenining ko‘nda-
lang qiyaligi bilan ta’minlanadi. G‘ildirak burilganda, shkvoren 
ko‘ndalang qiyaligi sababli avtomobil ko‘tariladi, lekin u o‘z og‘irligi 
bilan burilgan g‘ildirakni avvalgi holatiga qaytishga harakat qiladi.


47
Tezlik stabilizatsiyasi momenti, shkvorenning bo‘ylama qiyaligi 
natijasida vujudga keladi. Shkvoren shunday joylashganki, uning 
yuqori uchi orqaga, pastki uchi esa oldinga yo‘nalgan. Shkvoren 
o‘qi yo‘lni, shina bilan yo‘l kontakti oldidan kesib o‘tadi. Shuning 
uchun avtomobil harakatlanish paytida, g‘ildirash qarshilik kuchi, 
shkvoren o‘qiga nisbatan stabilizatsiya momentini vujudga keltiradi.

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling