O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov


 Piyodalar to‘plangan joylarda avtomobilni boshqarish


Download 2.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/84
Sana27.08.2023
Hajmi2.72 Mb.
#1670440
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84
Bog'liq
True

5.3. Piyodalar to‘plangan joylarda avtomobilni boshqarish 
va ularni bosib ketish hodisalarining oldini olish
Haydovchilar uchun harakatlanish davrida eng xavfli bo‘lgan 
joylar 
– 
bu piyodalarning o‘tish joylari va ularning to‘planishi 
mumkin bo‘lgan joylar (teatrlar, savdo do‘konlari, muassasalar, 
tashkilotlar, zavodlar va boshqa shunga o‘xshash joylar).
Haydovchilar piyodalar to‘plangan joylarda yo‘l harakati xavf-
sizligini ta’minlash uchun piyodalarni bosib ketish hodisalari va 
shu hodisaga olib kelgan sabablarni hamda ko‘p uchrab turadigan 
xavfli holatlarni va bunday holatlarda qanday xatti-harakatlar qilish 
kerakligini bilishlari kerak.
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga 
ko‘ra, YTHda halok bo‘layotgan piyodalar soni ba’zi bir 
mamlakatlarda quyidagicha taqsimlanar ekan:
Portugaliya – 38,8 %
Vengriya – 23,4 %
Polsha – 37,1 %
Angliya – 21,8 %
Gretsiya – 30,2 %
Norvegiya – 21,9 %
Piyodalarni bosib ketish hodisalarining tahlili shuni ko‘r satadiki, 
ularning asosiy sababchilari piyodalarning o‘zlari ekan:
Qoidabuzarliklar:
YTH, %
Piyodalar
62 – 67
Haydovchilar
22 – 25
Boshqa qatnashchilar
7 – 13
Statistika ma’lumotlari yana shuni ko‘rsatadiki, piyodalar 
tomonidan asosan quyidagi qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilar ekan:
Qoidabuzarliklar
YTH, %
Belgilanmagan joydan o‘tish, yaqin kelib qolgan
transport vositasining oldidan o‘tish
33
To‘satdan transport vositasining
orqasidan chiqib qolish
9
Trotuar bo‘lishiga qaramay yo‘lning qatnov qismida harakatlanish
16,5 – 14,0
Boshqa qoidabuzarliklar
(e’tiborsizlik va boshqalar)
8,5 – 11,5
Bolalar tomonidan ham yuqorida ko‘rsatilgan qoidabuzarliklarga 
yo‘l qo‘yiladi, lekin ular oqibatida sodir bo‘ladigan YTH ancha farq 
qiladi:


62
Qoidabuzarliklar
YTH, %
Yaqin kelib qolgan transport vositasining oldidan o‘tish
55,1
Transport vositasining orqasidan chiqib qolish
19,4
Belgilanmagan joydan o‘tish
30,5
Piyodalar o‘tish joylarida avtomobilni xavfsiz boshqarish 
uchun haydovchi yo‘l harakati jarayonida vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi kerak. 
38-rasmda piyodalar o‘tish joylarida ko‘p vujudga keladigan xavfli 
vaziyatlar ko‘rsatilgan.
38-rasm. Svetoforning yashil chirog‘i 
yonganida o‘tishni tugatmagan 
piyodani bosib ketish.
39-rasm. Sabri tugagan piyodaning 
yaqin kelib qol gan avtomobilning 
oldidan yo‘lni kesib o‘tishi.
38-rasmdan ko‘rinib turibdiki, transport vositalari uchun yashil 
chiroq yonganida chorrahada to‘xtab turgan avtomobillar ko‘rinish 
masofasini cheklab qo‘ygani uchun, eng chekkada kelayotgan 
avtomobil haydovchisi piyodani o‘z vaqtida ko‘rmay qolishi oqi-
batida piyodani bosib ketishi mumkin. Bunday vaziyatlarda hodi-
saning oldini olish uchun haydovchi tezlikni kamaytirishi va 
avtomobilni tormoz berib to‘xtatishga tayyor bo‘lishi kerak.
Piyodalar o‘tish joyiga yaqinlashib kelayotgan haydovchi 
piyodaning sabr-toqatini yaxshi bilishi ke 
rak. Piyodalar yo‘l 
ni 
kesib o‘tishda 30 sekund davomida transport vositalarini o‘tkazib 
yuborishga sabr qilib turishi mumkin.
30 sekunddan ke yin sabri tugagan piyoda harakat taqiqlanganiga 
qa ra may yaqin kelib qolgan avtomobilning oldidan yo‘l ni kesib 
o‘tishga harakat qiladi (39-rasm).
Piyodalarning eng ko‘p tarqalgan salbiy odatlaridan biri, bu 
ularning xatti-harakatlarining noma’lumligidir. Yo‘l yoqasida to‘xtab 
turgan piyoda to‘satdan harakatni orqaga yoki oldinga boshlab 


63
yubo rishi (har xil tezliklarda) oqi batida ham ko‘pgina YTH sodir 
bo‘lishi mumkin.
Ko‘p hollarda piyodalar chap tarafdan kelayotgan avtomobilni 
o‘tkazib yuborib, zudlik bilan yo‘lni kesib o‘ta boshlashlari mumkin 
(41-rasm).
40-rasm. Ko‘rinishi
cheklanmagan holatlarda piyodani
bosib ketish.
41-rasm. Qarama-qarshi ko‘rinishda 
harakatlanayotgan avtomobilning 
orqasidagi piyodaning to‘satdan chiqib 
qolishi.
Yuqoridagi holatlar va piyodalarni bosib ketish hodisalari 
bolalar bilan sodir bo‘ladigan YTHga ham taalluqlidir.
Bolalar bilan sodir bo‘ladigan YTHning oldini olish uchun 
haydovchi quyidagilarni bilishi va zarur ehtiyot chorasini ko‘rishi 
kerak:
1. Bolalar to‘planib turgan joyda signal berish, tezlikni 
kamaytirish va hushyorlikni oshirish.
2. Bolalar to‘plangan joyda ulardan biri yoki bir nechtasi to‘pdan 
ajralib chiqib, yo‘lning qatnov qismida to‘satdan paydo bo‘lib qolish 
ehtimoli.
3. 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yo‘l-transport vaziyatini 
to‘g‘ri baholay olmasligi va hokazo.


64

Download 2.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling