O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Murakkab yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
8.2. Murakkab yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish
Qorli va sirpanchiq yo‘llarda harakatlanish Qor yog‘ayotganda avtomobilni xavfsiz boshqarish ancha murakkablashadi. Qor yog‘ayotganida haydovchi albatta oyna tozalagichlarni va oynaning isitish tizimini ishga tushirishi kerak. Harakatni boshlashdan oldin g‘ildiraklar osti tozalansa va unga qum yoki shag‘al tashlansa, yanada yaxshi bo‘ladi va avtomobil sirpanmasdan joyidan qo‘zg‘ala oladi. Haydovchi avtomobilni boshqarar ekan, signal chiroqlarining ifloslanib qolishini unutmas- ligi va ularni tez-tez tozalab turishi zarur bo‘ladi. Odatda, qorning qalinligi 30 – 40 sm bo‘lgan yo‘llarda avtomobil harakatlana oladi. Bunday sharoitda haydovchiga to‘xtash va uzatmalar qutisining uzatmasini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi. Chunki avtomobil kichik tezlikda harakatlanayotgani uchun qorda tiqilib qolishi mumkin. Agar avtomobil to‘xtab qolsa yoki qor uyimidan o‘tishi kerak bo‘lsa, uni 10 – 15 m orqaga yurgizib, to‘siqdan asta-sekin o‘tish yaxshi natija beradi. 83 Agar yo‘l qoplamasi tepkilangan qordan iborat bo‘lsa, bunday yo‘l larda g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda ka- mayib ketadi. Statistika ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, yo‘l qop la- masi ho‘l bo‘lgan joylarda 33,0 % va muzlagan joylarda 77,0 % gacha YTH avtomobilning sirpanib ketishi oqibatida sodir bo‘lar ekan. Yo‘lning qatnov qismi tepkilangan qordan iborat bo‘lganda, yo‘l yoqasidagi qor tepkilanmagan bo‘lishi mumkinligini har doim unutmaslik kerak. Ayniqsa, qarama-qarshi yo‘nalishda avtomobillar harakatlanayotganida haydovchi yo‘l berishi uchun yo‘l yoqasiga chiqib ketganda ozgina tormoz berishi ham avtomobilning sirpanib ketishiga olib keladi. Agar yo‘lda avtomobillarning ko‘p o‘tganligi oqibatida chuqur izi qolgan bo‘lsa yoki tramvay yo‘li o‘tgan bo‘lsa, bunday sharoitlarda ularni hisobga olish kerak, chunki rels va uning yonidagi g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti juda ham kichik bo‘ladi. Relslarni kichik burchak ostida kesib o‘tish va g‘ildiraklar o‘qining bir paytda bir tomonda bo‘lib qolmasligini ta’minlash kerak. Chuqur izlardan chiqib ketish uchun boshqariluvchi g‘ildirak- larni oldin teskari tomonga, keyin esa kerakli yo‘nalishga aylantirish to‘siqlardan o‘tishni ta’minlaydi. Sirpanchiq yo‘llarda haydovchi sharoitdan kelib chiqqan holda tezlikni tanlashi, agar avtomobil yonga sirpanib ketsa, g‘ildirakni sirpangan tarafga burishi va asta-sekin orqaga, ya’ni kerakli yo‘nalishga burishi kerak. Sirpanchiq yo‘llarda hech qachon keskin va qattiq tormoz bermasdan, asta-sekin ilashmani ajratmagan holda tormoz berish va faqat tezlik 10 km/soat dan kamaygandagina ilashmani ajratish xavfsizlikni ta’minlaydi. Sirpanchiq yo‘llarda tormoz berganda g‘ildiraklar blokirovka (qo‘zg‘almas) holatga tushib qolmasligi kerak. Keskin tormoz berganda boshqariluvchi g‘ildiraklar avvalroq blokirovka bo‘lib qoladi va natijada avtomobil boshqaruvchanlikni yo‘qotib qo‘yadi. Sirpanchiq yo‘llarda g‘ildiraklardagi bosimni 1/3 qismga kamaytirish g‘ildirak bilan yo‘lning ilashish yuzasini kattalashtiradi va bu usul ham yaxshi natija beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling