O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Tog‘li yo‘llarda avtomobilni boshqarish
Haydovchi uchun eng murakkab bo‘lgan yo‘l sharoitlaridan biri, bu tog‘li yo‘llardir. Tog‘li yo‘llar va dovonlar boshqa yo‘llarga qaraganda o‘ziga xos belgi (xususiyat)lari bilan keskin farq qiladi. Tog‘li yo‘llar boshqa yo‘llarga qaraganda tepalikka ko‘tarilish va tushishlar, keskin burilishlar, ko‘rinish masofasining juda cheklanganligi, yo‘lning bir tomonini jarlik tashkil etishi, tosh va qorlar ko‘chishi ehtimolining yuqoriligi, yog‘ingarchiliklar oqibatida yo‘l qoplamasining sirpanchiq tuproq bilan qoplanib qolishi mumkinligi kabi belgilari bilan ajralib turadi. Tuman tushishi ehtimoli ham tog‘li yo‘llarda yuqori bo‘ladi. Yo‘l okean sathidan ko‘tarilgani sari havo bosimining kamayishi oqibatida dvigatelning quvvati kamayadi, agar dvigatel karterida moy yetarli darajada bo‘lmasa, ishqalanishning ortib ketishi oqibatida uning qismlari qisilib, aylanmay qolishi, tormoz tizimining doimo ishlashi natijasida uning samaradorligi keskin kamayib ketishi mumkin. Bunday sharoitda haydovchidan, birinchi navbatda, yo‘l harakati qoidalariga to‘liq amal qilish va avtomobilni boshqarishda yuqori mahorat talab etiladi. U yo‘l vaziyatini to‘g‘ri baholay olishi, keskin burilishlarda, ko‘tarilish va tushishlarda tezlikni to‘g‘ri tanlay olishi hamda kerakli uzatmada harakatlanishni bilishi kerak. Agar yo‘l balandlikka ko‘tariladigan qiyalik bo‘lsa, haydovchi pastroq uzatmada avtomobilni tezlashtirib borib, bu balandlikdan o‘tib olishi kerak. Agar bu uzatmada dvigatelning quvvati yetmay qolsa, past pog‘onaga zudlik bilan o‘tib olish kerak. Yuqoriga chiqayotganda to‘xtash tavsiya etilmaydi. Balandlik tugayotgan joyda haydovchidan e’tiborni yanada kuchaytirish talab etiladi, chunki balandlikdan keyin tik nishablik boshlanishi mumkin. Past qiyalikka tushayotgan g‘ildiraklarning yo‘l bilan ilashish koeffitsiyenti kamayadi, bu esa, o‘z navbatida, avtomobil turg‘unligining kamayishiga olib keladi. Tormoz berayotganda ilashmani ajratmaslik kerak. Kichik uzatmada pastga harakatlanish va yonilg‘i uzatishni kamaytirish tez-tez tormoz berishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa, o‘z navbatida, tormoz barabanini o‘ta darajada qizib ketishdan saqlaydi. 86 Dovonlarda va boshqa yo‘llarda ham haydovchining ishini og‘irlashtiradigan sharoitlardan biri – bu burilishlardir. Avtomobil kichik radius egriliklarida harakatlanayotganida markazdan qoch- ma kuch hosil bo‘ladi va u avtomobilning yonga sirpanib yoki ag‘anab ketishiga ham olib kelishi mumkin. Agar yo‘l sirpanchiq bo‘lsa, sirpanib ketish ehtimoli yanada ortadi. Burilishlarga yaqinla- shayotganda haydovchi harakat tezligini sirpanib ketish sharti bo‘yicha bo‘lgan chegara tezligidan pasaytirib harakatlanishi kerak. Rulning burilish burchagini asta-sekin ko‘paytirib borib, burilishning yarmiga kelganda yana tezlikni oshira boshlashi mumkin. Rulni burayotganda haydovchi rul chambaragini qo‘yib yubormasligi va uni doim bitta qo‘li bilan ushlab turib, ikkinchisini sirpantirgan holda kerakli holatga o‘tkazib, so‘ng mahkam ushlagach, burishni davom ettiradi (52-rasm). 1-holat 2-holat 3-holat 52-rasm. Rulni burish ketma-ketligi. O‘zaro ajralish joylarida haydovchi jarlik tarafda va ko‘tarilishda harakatlanayotgan avtomobillarga yo‘l berishi kerak. Yo‘l harakati qoidalariga asosan, tiklik va nishabliklarda haydovchiga ilashmani ajratgan yoki uzatmalar qutisini betaraf (neytral) holatida harakatlanish taqiqlanadi. Qiyaliklarda to‘xtab turganda, avtomobil o‘z-o‘zidan yurib ketmasligi uchun g‘ildiraklar ostiga bironta narsa (tosh, maxsus moslamalar) qo‘yishi, agar texnik nosozlik vujudga kelsa, avtomobilni maxsus ajratilgan joylarga o‘tib to‘xtatishi kerak. Bulardan tashqari, tog‘li yo‘llarda harakatlanganda haydovchi quyidagilarga amal qilishi kerak: – avtomobil to‘xtaganida joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi uchun moslamalarni o‘rnatish; 87 – avtomobilning texnik holatini va to‘liq jihozlanganligini tekshirish; – uzoq cho‘zilgan tushishlarda kichik uzatmada harakatlanish; – nishablik kichik bo‘lgan yo‘llarda uzatmalar qutisi neytral holatda bo‘lsa, dvigatelni o‘chirmasdan harakatlanish; – tajribasi yetarli bo‘lmaganda tog‘li yo‘llarda avtomobilni tajribasi yuqori bo‘lgan haydovchiga topshirish (ayniqsa, odam tashilayotganda) va hokazo. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling