O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
IX. AVTOMOBILNI TEJAMKORLIK BILAN
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
IX. AVTOMOBILNI TEJAMKORLIK BILAN
BOSHQARISH USULI Avtomobildan foydalanilayotganda uni tejamli boshqarish natijasida yonilg‘i sarfini kamaytirish xalq xo‘jaligi uchun ham, shaxsiy haydovchilar uchun ham juda foydalidir. Bugungi kunda avtomobildan foydalanish davrida asosiy xarajatlar yonilg‘iga sarflanyapti. Shuning uchun har bir haydovchi qaysi rusum- dagi avtomobilni boshqarmasin, yonilg‘i sarfining qanday omillarga bog‘liqligini va avtomobilni boshqarishda qaysi usul eng kam yonilg‘i sarfiga olib kelishini bilishi kerak. Bulardan tashqari, yonilg‘ini kam sarflash dvigatelning ishlashidan vujudga keladigan chiqindi gazlar- ning, ayniqsa, zaharli chiqindi gazlarning kamayishiga, bu esa, o‘z navbatida, atrof-muhit ifloslanishining kamayishiga olib keladi. Avtomobilning yonilg‘i bo‘yicha tejamkorligini baholashda bo- sib o‘tilgan yo‘l yoki bajarilgan transport ishiga to‘g‘ri kelgan yonilg‘i sarfidan foydalaniladi (l/100km yoki l/tkm). Rivojlangan mamlakatlarda yonilg‘i tejamkorligi ma’lum hajmdagi yonilg‘i bilan avtomobil qancha masofani o‘ta olishini aniqlab, baholash joriy etilgan. Avtomobillarda yonilg‘i sarfining katta bo‘lishi bir qancha omillarga bog‘liq bo‘lib, ularni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: – transport vositasining va unga o‘rnatilgan dvigatelning konst- ruk siyasiga; – transport vositasidan foydalanish qoidalari va ularning texnik xizmat ko‘rsatish sifatiga; – har xil yo‘l sharoitida avtomobilni boshqarish texnikasiga; – transport vositasining massasiga; – dvigatelning foydali ish koeffitsiyentiga. Yonilg‘i sarfi transport vositasida qanday transmissiya qo‘llanilishiga, dvigatelning litrli hajmi, silindrlar soni va boshqa qism va agregatlariga qarab har 100 km uchun har xil bo‘ladi va u transport vositasini ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan uning texnik tasnifida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Yengil avtomobillarda 4 pog‘onali uzatmalar qutisi o‘rniga 5 pog‘onali uzatmaning qo‘llanilishi ham yonilg‘ini tejaydi. Transport vositalaridan foydalanish qoidalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish deganda, dvigatel karteriga va boshqa qismlariga 91 texnik pasportda ko‘rsatilgan moy va yonilg‘ini belgilangan miqdorda quyish, yonilg‘i uzatish tarmog‘ining bikrligini ta’min lash, ularning ifloslanishini oldini olish, karburatorlarni to‘g‘ri sozlash, o‘t oldirish tizimini va klapanlarni to‘g‘ri sozlash, chiqarish tizimining ifloslanib qolishi yoki boshqa turdagi shovqin o‘chirgichlarni o‘rnatish, buzuq termostatni qo‘llamaslik kabilar tushuniladi. Har xil yo‘l sharoitlarida avtomobilni tejamli boshqarish texni kasi asosan haydovchiga, uning malakasiga va bilimiga bog‘liq bo‘ladi. Avtomobilni har xil yo‘l sharoitlarida to‘g‘ri boshqarish 25 % gacha yonilg‘ini tejash imkoniyatini beradi. Yonilg‘i sarfi birinchi galda dvigatelning issiqlik temperatura- siga bog‘liq bo‘ladi. Dvigatel o‘t oldirilgandan ke yin ma’lum muddat u qizdirilishi kerak. Har xil turdagi dvigatellar uchun optimal temperatura uning texnik pasportida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Agar dvigatel sovuq bo‘lsa, silindrga yuborilayotgan yonilg‘i qorishmasi bug‘lan- magan holda bo‘ladi va to‘liq yonmaydi. Dvigatelning tempera turasi 95°C dan 75°C ga tushganida yonilg‘i sarfining 3 – 5 % ga, 65°C gacha pasayishi esa 20 % gacha yonilg‘i sarfining ortishiga olib keladi. Ma’lumki, harakat tezligi yonilg‘i va moy sarflanishining ortishiga olib keladi. Polyak olimlarining «Fiat – 127P» avtomobilida o‘tkazgan tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, bu avtomobilda 120 km/s tezlikda yonilg‘i sarfi har 100 km. ga 8,6 l, 140 km/s. tezlikda esa, 12 l ni tashkil etgan, ya’ni tezlikning 20 km/s ga ortishi yonilg‘i sarfining deyarli 5 % ga ortishini ko‘rsatgan. Xuddi shunday tadqiqotlar «Fiat – 125P» avtomobilida o‘tkazilga nida quyidagi natijalar olingan: Tezlik, km/s 50 70 90 120 Yonilg‘i sarfi, l/100 km 6,1 6,8 7,8 11 l.dan ko‘p Bu tadqiqotlar Fiat – 125P avtomobili uchun eng optimal tezlik 90 km/s, Fiat – 126P avtomobili uchun esa 70 – 80 km/s bo‘ladi degan xulosaga olib kelgan. Tadqiqotlar yana shuni ko‘rsatadiki, kichik tezlikda harakat- lanish ham yonilg‘ini tejashga olib kelmaydi, chunki avtomobil sekin harakatlanishga majbur bo‘ladi, natijada tirsakli val tezroq aylanadi. Avtomobilni boshqarishda tezlanish – salt holatda sekinlashishi ham yaxshi natijalar berishi mumkin. Buning uchun haydovchi ruxsat etilgan tezlikkacha avtomobilni tezlashtiradi (bu vaqt oralig‘ida yonilg‘i sarfi ortadi), so‘ng uzatmalar qutisini betaraf holatga keltirib, 92 harakatni davom ettiradi. Bu vaqt oralig‘ida yonilg‘i sarfi kamayadi, agar dvigatel o‘chirib qo‘yilsa, tejamkorlik yanada ortadi. Bu usuldan foydalanayotganda shuni unutmaslik kerakki, karburatorli dvigatellar salt holatda ishlaganida eng ko‘p zaharli gazlar chiqaradi, dizelli dvigatellar esa teskarisi, ya’ni kam zaharli gaz va qurum chiqaradi. Tezlanish – salt holatida harakatlanish asosan yo‘nalishlarda harakatlanayotgan avtobuslarda keng qo‘llaniladi. Bu usuldan bo‘ylama yo‘nalishda tik balandlik va nishabliklar bor joylarda foydalanish ham yaxshi natijalar beradi. Bunday yo‘l sharoitida haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlashni unutmasligi kerak. Avtomobilni juda tez joyidan qo‘zg‘atadigan va tez tormozlab to‘xtatuvchi haydovchi yonilg‘ini ko‘p sarflaydi. Tog‘li joylarda harakatlanganda ham yonilg‘i ko‘p sarf bo‘ladi. Buning asosiy sababi balandlik ortgan sari havo bosimi kamayadi. Masalan, 3 – 4 ming km balandlikda dvigatelning quvvati 25 – 30 % ga kamayadi. Bunday sharoitda tajribali haydovchilar qiyalikka avtomobil yetib borguncha tezlikni kattalashtirib, uning kinetik quvvatini oshiradi, pastga tushayotganda esa yaqin masofada keskin burilishlar bo‘lmasa, avtomobil o‘z og‘irlik kuchi va yig‘ilgan kinetik quvvati hisobiga harakatlanib boradi. Agar avtomobilni to‘xtatish joyi avvaldan ma’lum bo‘lsa, haydov- chi avtomobilning inersiyasi hisobiga harakatlanib borishi va iloji boricha tormoz tizimidan foydalanmasligi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shahar sharoitida chorrahalarda harakatlanish svetofor yordamida boshqarilayotgan va ko‘chada «yashil chiroq» uslubi qo‘llanilgan bo‘lsa, haydovchi shunday tezlikni tanlashi kerakki, u ko‘chani boshidan-oxirigacha to‘xtamasdan harakatlansin. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan avtomobillarning asosiy qismida avtomatik uzat- malar qutisi o‘rnatilmagan. Avtomatik uzatmalar qutisi avtomobilni boshqarishni osonlashtiradi, ammo shu bilan bir paytda, oddiy uzat- malar qutisi bor avtomobillarga nisbatan yonilg‘i sarfini 10 – 15 % ga oshishiga olib keladi. Haydovchi oddiy (shesternyali) uzatmalar qutisidan to‘g‘ri foydalanganda yonilg‘i sarfini birmuncha kamay- tirish mumkin. Har bir uzatmada harakatlanish tezligining chega- rasi har xil bo‘lgani uchun yonilg‘ining tejalishi haydovchi ning mahorati va malakasiga bog‘liq bo‘lib, yonilg‘i sarfi 25 % gacha bir-biridan farq qilishi mumkin. Haydovchilar uzatmalar qutisidagi 93 pog‘onalardan foydalanganlarida har bir uzatmadagi maksimal te- zlik iloji boricha minimal bo‘lishiga va to‘g‘ridan to‘g‘ri uzatmada ko‘proq vaqt harakatlanishiga erishishlari kerak. Bu usulda avtomo- bilga ortiqcha yuklanish tushmas lik asosiy omil bo‘lib qolishi ker- ak, aks holda, yonilg‘i sarfini kamaytirib bo‘lmaydi. Yuqoridagilarni umumlashtirib, avtomobilni noto‘g‘ri boshqarish texnikasi yonilg‘i sarfini qanchaga oshirish mumkinligini eslatib o‘tish mumkin: 1. Dvigatelni noto‘g‘ri yurgizib o‘t oldirish, belgilangan temperatu- ragacha qizdirmaslik va avtomobilni joyidan qo‘zg‘a tish – 15 – 20 %. 2. Harakatlanish davomida uzatmalar qutisidan noto‘g‘ri foyda- lanish – 15 – 25 %. 3. Avtomobilning kinetik energiyasidan to‘liq foydalanmas- lik – 20 – 30 %. 4. Harakat tezligini noto‘g‘ri tanlash – 40 %. 5. Avtomobilga ortiqcha yuklanish tushirish – 15 – 25 %. 6. Qoplamasi qoniqarsiz yo‘llarda harakatlanish – 15 – 20 %. 7. Harakat jadalligi yuqori bo‘lgan yo‘llarda harakatlanish – 5 – 20 %. Yonilg‘ini tejamli boshqarish bo‘yicha so‘nggi tavsiyalar: – agar dvigatel sovuq bo‘lsa, yonilg‘i uzatish tepkisini 2 – 3 marta bosib qo‘yish; – havo to‘siqchasi tugmasini (zaslonka) oxirigacha tortib ushlab turish; – ilashmani uzib turib, o‘t oldirish kalitini burash; – havo to‘sqich tugmasini dvigatelning qizishiga qarab soz lash; – agar dvigatel issiq bo‘lsa, kalitni burab o‘t oldirish; – salt holatda dvigatelni bir daqiqadan ko‘p ishlatmaslik; – harakatni boshlashdan oldin dvigatelni issiqlik indikatorining strelkasi belgilangan chiziqqa kelgunicha qizdirish; – avtomobilni joyidan shiddat bilan tezlatmaslik; – to‘xtayotganda shiddat bilan tormoz bermay, avtomobilning kinetik energiyasidan to‘laroq foydalanish; – imkon boricha bir tekis tezlikda harakat qilish; – havo tozalagichni toza tutish; – avtomobilga zarur bo‘lmagan yuklarni ortmaslik; – g‘ildiraklardagi havo bosimini nazorat qilib turish; – havo konditsionerini faqat zarur vaqtlardagina ishlatish. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling