O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
Suv to‘siqlaridan o‘tish
Daryo va boshqa suv havzalaridan kechib o‘tishdan avval uning chuqurligini, yer qatlamining qattiqligini va kechuv joyida har xil chuqurliklar va katta toshlar bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rish kerak. Kechuv joyi aniqlangandan keyin, uni belgilab chiqish lozim. Buning uchun qoziqlar qoqib, unga bayroqchalar osib qo‘yish kerak. Kechuvga tushish va chiqish joylari tekis, kechuvning chuqurligi esa yengil avtomobillar uchun 0,4 – 0,5 m, qolganlari uchun 0,6 – 0,8 m dan oshmasligi kerak. Bu chuqurlik shamollatgich shkivining balandligi bilan cheklanadi. Agar shkiv suvga tegib qolsa, aylanganida suvni sachratish oqibatida svechalar ho‘llanib qolishi oqibatida dvigatel o‘chib qolishi mumkin. Kechuvni boshlashdan oldin radiator to‘siqlari yopilishi va avtomobil oqimga nisbatan burchak ostida birinchi uzatmada harakatlanishi mumkin bo‘lgan eng katta tezlikda yurishi kerak. Agar avtomobil kechuvda to‘xtab qolsa, uni shatakka olib chiqarish yoki biron-bir usul bilan g‘ildiraklar ostiga taxtani qo‘yib chiqarib olish mumkin. Kechuvdan oldin svechalarni va yuqori kuchlanishli o‘tkaz- gichlarga moy quyish hamda hajmini aniqlash shuplarini berkitish yaxshi natija beradi. Kechuv tugagandan so‘ng avtomobil to‘xtatilib, dvigatel va transmissiyaga suv kirgan-kirmaganligi aniqlanadi. Agar suv agregatga kirib qolgan bo‘lsa, uni to‘kib tashlab, moy almash tiriladi. Harakatni boshlaganda tormoz tepkisini oz-ozdan bosib borib, tormoz kolodkalari quritiladi. 88 Kechuv joyi muzlagan davrlarda undan o‘tish uchun muzning qalinligi va mustahkamligi tekshiriladi. Buning uchun har 15 – 25 m masofada muz teshilib, uning qalinligi aniqlanadi. 15 sm qalinlikdagi muz 2 t og‘irlikdagi avtomobilni, muzning har 5 sm ga qalinlashishi esa qo‘shimcha 1 t ni ko‘tara oladi. Muzning xavfsiz qalinligini avtomobilning og‘irligiga qarab quyidagicha aniqlash ham mumkin: h = 1t G , sm, bu yerda: h – muzning qalinligi; G – avtomobilning to‘liq massasi, t. Muzdan o‘tishda avtomobilning eshiklari doim ochiq bo‘lishi va haydovchidan boshqa odam kabinada bo‘lmasligi kerak. Harakat bir tekis bo‘lishi, rul keskin burilishlarsiz va tormoz bermay, to‘xtamay davom ettirilishi kerak. Muz darz ketsa yoki egilsa, haydovchi cho‘chib ketmasdan tezlik ni asta oshirib, xavfli joydan o‘tib olishi kerak. Muzdan avtomo billar kolonna bo‘lib o‘tishiga to‘g‘ri kelsa, ular orasidagi masofa 30 – 40 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Muzda to‘xtab turgan avtomo bilni aylanib o‘tish taqiqlanadi. Orqaga muzdan o‘tishda o‘tish yo‘laklari orasidagi masofa 70 – 100 m dan kam bo‘lmasligi kerak. Download 2.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling