O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi j. R. Qulmuhamedov, K. M. Nazarov
Tartibga solinmagan va solinadigan chorrahalarda
Download 2.72 Mb. Pdf ko'rish
|
True
5.2. Tartibga solinmagan va solinadigan chorrahalarda
harakatlanish Haydovchining tartibga solinmagan va solingan chorrahalardan o‘tish tartibi yo‘l harakati qoidalarida bayon qilingan. Bu yerda chorrahalarda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan xavfli vaziyatlar va haydovchilarning amalga oshirishi kerak bo‘lgan xatti-harakatlari ko‘rib chiqiladi. Chorrahalar harakatining tartibga solinishi yoki solinmaganligi uch turga bo‘linadi: – tartibga solinmagan chorrahalar; – vaqtincha tartibga solingan chorrahalar; – tartibga solingan chorrahalar. Bugungi kunda faqat jadalligi kichik bo‘lgan sodda chorraha- lardagina harakatni tartibga solmaslikka ruxsat etiladi. Chorrahada harakatni svetofor yordamida boshqarish shartlari- ning mezonlari maxsus kurslarda o‘rganiladi. Tartibga solinmagan chorrahalarda harakat xavfsizligi va tezlik yonlama ko‘rinish masofasiga va chorraha hududini haydovchining ish o‘rnidan ko‘ruvchanligiga bog‘liq bo‘ladi (35-rasm). Rasmdan ko‘rinib turibdiki, «A» avtomobilning haydovchisi chap tarafdan yaqinlashib kelayotgan avtomobilni ko‘ra olmaydi. Shuning uchun yaxshisi tezlikni kamaytirishi va zarur bo‘lsa to‘xtashi kerak. Ba’zi paytlarda chorraha yaqinidagi avtomobillar, ayniqsa, yuk avtomobillari avtobuslarning ko‘rinish chegarasini cheklab qo‘yishi mumkin (36-rasm). Chorrahada xavfsiz harakatlanish uchun haydovchi avtomobilning tezligini yonlama ko‘rinish masofasiga qarab tanlashi kerak (37-rasm). Quyidagi jadvalda to‘rt tomonli teng ahamiyatli chorrahalarda yonlama ko‘rinish masofasiga qarab xavfsiz tezliklarning tavsiya etilgan qiymatlari berilgan. Agar avtomobil tavsiya etilgan tezlikdan yuqori bo‘lgan tezlikda harakatlansa, YTHning sodir bo‘lish ehtimoli ortib ketadi. Yonlama ko‘rinish masofasi, m 12 21 32 45 62 76 120 Tavsiya etilgan tezlik, km/s 20 30 40 50 60 70 80 60 35-rasm. «T» simon chorrahada haydovchi ko‘ra oladigan chegara. 36-rasm. Chorrahadagi avtomobillarni boshqa avtomobillar uchun ko‘rinish chegarasining cheklab qo‘yilishi. 37-rasm. Chorrahadagi ko‘rinish masofasini aniqlash sxemasi: L a – asosiy yo‘ldagi ko‘rinish masofasi; L ik – ikkinchi darajali yo‘ldagi ko‘rinish masofasi. Agar svetofor kunning ma’lum bir davrida o‘chirib qo‘yilib, faqat sariq chirog‘i lipillab (yonib-o‘chib) tursa yoki harakatni tartibga soluvchi tomonidan boshqarib turilsa, chorrahada harakatlanish vaqtincha tartibga solingan deb ataladi. Tartibga solingan chorrahalarda (svetofor yoki tartibga soluvchi tomonidan) harakatlanish tartibga solinmagan chorrahalarga qaraganda yengil bo‘ladi. Bunday chorrahalarda haydovchidan yo‘l harakatlari qoidalariga to‘liq amal qilish talab etiladi, xolos. Haydovchilar yo‘l harakati qoidalarida svetoforning chiroqlariga mos ravishda qanday harakat qilishlari har tomonlama aniq va tushunarli bayon qilingan. Yo‘l harakati qoidalari va boshqa me’yoriy hujjatlarga asosan piyodalarning o‘tish joyi asosan chorrahalarda rejalashtirilgan bo‘ladi. Ikki chorraha orasidagi masofa (peregon) katta bo‘lgandagina piyodalarning o‘tish joyi chorrahalar oralig‘ida ham qurilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling